Iqbol yoft fahmi maoni zifitratash....
Ravnaq girift she’r ba davru zamoni ...
Bu davrda shoira Uvaysiy ham oʻz ijodiy ishini davom ettirib, bir necha dostonlar jumladan “Voqea Muhammad Alixon” manzumasini yoza boshladi.Yetmish yashar keksa shoir Mavlono Nodir esa oʻnlab she’rlar va “Haft gulshan” asarini bunyod etib, yuqorida aytib oʻtganimizdek, adolatli shoh sahiy hukmron, donishmand olim, haqiqiy oʻqish va mashuqlar obrazini yaratdi. Nodiraning tuhfa qilingan bu asar oʻsha davr oʻzbek adabiyotida muhim voqea edi.
Bu davrda Nodiraning oʻzi ham she’r yozishni toʻxtatmadi. Oʻzbekcha Nodira va Komila tojikcha Maknuna taxalluslari bilan gʻazallar bitdi va devonlar tuzdi.
Tojikcha devon muqadimmasida noma’lum kotib-shoiraning Mohlaroyim fazilatlari va xizmatlari haqida “Kamol dengizining gavhari; izzu iqbol sadafining duri noyobi, ul xotunlar toju” degan soʻzlari; shuningdek, Nodiraning oʻzbekcha va tojikcha “yoqimli va shirin-shirin she’rlar”yozganligi haqidagi muhim ahamiyatga egadir. Chunki, shu “Majmua” (devon)da keltirilgan she’rlar muqaddimada qayd etilgan fikrlarni toʻla tasdiqlaydi.
5000 misradan koʻproq boʻlgan 333 she’rni oʻz ichiga olmish bu “Devon”dagi gʻazallarning birida Nodira: “Men gavharlikda Jayhun daryoga etsam ham, bir zara tuproqman” deb quyidagilarni yozadi:
Qatrai obam gar az gavhar ba jayhun merasam,
Zarrai xokam gar az rif’at ba gardun merasam.
Bu yurak soʻzlari Maknunaning oliyjanobligidan, kamtarligidan darak beradi.
Katta falsafiy fikrlar bilan toʻla boʻlgan bu “Devon”dagi she’rlarining birida shoira:
To buvad poi jahli Maknuna,
Az sari justuju ne gardam bos.
(Maknunaning oyoqlari harakatda eka,izlashdan qolmaydi)-desa, boshqa bir she’rida:
Unemed hast ki subxi umedi mo birasad
Nihoyati shabi zaindoni balo birasad...
(Umidimiz borki, iqbol quyoshi chiqachak, zindon qorongʻuliklari nihoyasiga etajak), - deb yaxshi kunlarni orzu qiladi. Shoira falakning mojarolariga, “dardu alamga mubtalo” qiluvchi hollarga qarshi inson erkinligi toʻgʻrisida oʻylagan. “Zindon qorongʻuligiga barham beruvchi iqbol quyoshi” borlab chiqishini orzu qilgan.
Mohlaroyim 1962 yilda Namangan topilgan “Devon”i hijriy 1233 (melodiy 1824) yilda tuzilgan boʻlib, unda shoiraning 180 she’ri (11 muxammas, 2 musaddas, 1 musamman, 1 tarje’band, 1 tarkiband, 1 firoqnoma; 136 she’ri oʻzbek tilida, 44 she’ri tojik tilida) keltirilgan. “Devon”da Hotif, Hozeq, Gulxaniy, Dabir, Mushrif, Fazliy she’rlari ham bor. Muhimi shundaki, bu devonga Navoiyning “Koʻngul jon birla boʻldi hamrohing, men dard ila turdum”, Mullo Abduqodir Bedilning “Ilohiy pora ta’mkin deh dami vahshiy nigohonro” kabi gʻazallariga shoira tomonidan bogʻlangan muhammaslar ilova qilingan. Devondagi 103 banddan iborat muxammaslar, 11 bantli 2 musaddas, 5 bantli tarje’band muashshar (har bandi 10 misradan iborat) shoiraning faqat gʻazal janrida emas balki boshqa xilma – xil janrlarda ham mahorat bilan qalam tebratganini ochiq koʻrsatib turadi. Misol uchun shoiraning firoqnoma tarjidagi muashsharidan bir bandini koʻzdan kechiraylik. Uning lirik qahramoni nomus va hayoni yuksak darajada qadrlagan, sevgida, insoniy muomalada iffat, odob va andisha saqlashga ahd qilgan sadoqatli ayol,vafodor doʻstdir.
Nodiraning ishqiy gʻazallari shashmaqom yoʻllarining boy bir qimini tashkil etadi. Bu g`azal –qoʻshiqlar inson qalbini ilitadi, unda goʻzallik va nafosatga nisbatan muhabbat uygʻotadi, aql, xulqi va badiiy didini boyitadi shu ma’noda, uni pok muhabbat sadoqat va vafodorlik kuychisi sifatida qadrlaymiz uningcha, chinakkam oshiq ishq yoʻlida shamdek kuymak, parvonadek dovda oʻrtanmoq xislatiga, qudratiga ega boʻlishi kerak.
Uning “Kel dahrni imtihon etib ket” misrasi bilan boshlanuvchi hazali ham dunyo muhabbati ham dunyoga berilishni inkor etuvchi falsafiy asardir. Unda Yassaviylikning ham, Naqshbandiylikning ham sintezi bor.
Mohlaroyim – Nodiraning she’rlari oʻzbek va tojik she’riyatining muhim durdonalaridandir.Binobarin, shoiraning :
Do'stlaringiz bilan baham: |