Din Nodiradin kamol topdi,
Iqbol rafiqu mulki obod.
Yuqoridagi singari savof ishlarni amalga oshirish Nodira faoliyatining qatiy shioriga aylangan edi.Uning:
Aylagil obod tavfiqu adolat mulkini;
Komila mavlo yoʻlida himmati mardona tut.
bayti mazkur shiorning badiiy ifodasidir. Ammo nasoz ijtimoiy muhit Nodiraga vafo qilmadi: Feadal jamiyatdagi ayovsiz kurash Mohlaroyim singari nodir san’atkorlarni oʻz manfati yoʻlida qurbon qildi: Aqli doniy va ezgu fazilatlar sohibi Nodirai davron nomi bilan shahrat qozongan shoira 1842 yili Qoʻqon bosib olingan paytda Amir Nasrullo tomonidan qatl etildi. Nodiraning fojiasi haqidagi ma’lumotlar shoir Mutribning “Shohnomai devona Mutrib” dostonida, Muhammad domla attorning “Tuhfatut – tavorih” kitobida, Mirzo olimning “Ansobus – savotin va tavorihi xavoqin” kitobida, Samarqandlik mir Abdullxayxojaning bir kitobida ham bayon qilingan.
Nodira ishq-muhabbat, ilm-ma’rifat, el-yurt, doʻstlik, osoyishlatik, obodonlik va maishiy farovonlik haqida asarlar yaratgan edi. Albatta, uning bevosita mamlakat va xalq hayoti bilan aloqador boʻlgan she’r va gʻazallarni aholining turli qatlamlari, jumladan mehnatkash tabaqalar “marhabo”siga musharraf boʻlgan, uning “shoir uldurki, rayiatga tarahhum qilsa”, “Shod qilgilbandalarning koʻnglini ehson etib” degan soʻzlari xalqqa ma’qul tushgan va Nodiraning shoira sifatidagi muborak ovozini xalq ovozi, xalq istak-orzusi bilan ma’lum darajada hamohang qilgan.
Masalan, u xonni adolatparvarlikka chaqirib bunday degan edi:
Boyla kim mumtoz erursen barcha sultonlar aro,
Shod qilgil bandalarning koʻnglini ehson etib...
Fuqaro xoliga gar boqmasa har shoh, anga
Hashmatu saltanatu rifatu shon-barcha abas.
Shoh uldurki rayiatga barahhum qilsa,
Yoʻq esa qoidai amnu omon barcha abas...
Nodira ba’zan adolatsiz shohdan hikoyat qildilarki, shubhasiz, bu hikoyat ma’lum darajada uning oʻz atrofiga muhitidan shikoyati edi;
Doda keldim, ey salotin sarvari, dodim eshit
Sen shahu men bevafo, tutf ayla faryodim eshit
kabi misralari Nodiraning bevosita arz-dodi oʻz his tuygʻulari ifodasiday koʻrinsa-da, bunda “shohdan lutfu marhamad” tilab arz qilgan kishining “dod faryodlari” ham oʻz ifodasini topgan.
Chunki, shoira, bir tomonda saroy saltanati va hashamatini; ikkinchi tomonda qashshoq va xor, gʻarib va bevafo kishilarni koʻrdi. Mana shu qashshoq va gʻarib kishilarga achindi; ularning farovon va osoyishta yashashini istadi. U saltanat egalari, avvalo podsho xalqqa rahm-shafqat qilsa, “fuqaro holi” dan xabar olsa, el-yurt osoyishta va farovan boʻlishi mumkin deb oʻylar edi. Shuning uchun u hukumdorni fuqaroparvar, rahmdil, sahiy va odil kishi boʻlishiga da’vat etadi. Albatta, bunday davatlar bilan podsholarni adolatli qilish, el-yurtning osoyishtaligi va farovonligini vujudga keltirish mumkin emas edi, lekin shunday fikr va maqsadning zaminida xalqqqa muhabbat yotadi.
Shoira she’rlarida Umarxonni madh etadi, uni mubolagʻa bilan maqtab ta’riflaydi. Unga boʻlgan muhabbati toʻgʻrisida yozgan baytlaridan “Lazzatli she’ri Umar sohhibqiron” anqib turajagini aytadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |