Mavzu: zahiriddin muhammad boburning hayoti va adabiy merosi



Download 417,3 Kb.
bet81/91
Sana23.07.2022
Hajmi417,3 Kb.
#842275
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   91
(Muinzoda tarjimasi)
Gazalning maqtasi (oxirgi bayti) ham juda harakterlidir. Unda lirik qahromonning oʻz hazratidir uni “er yigitlar qatoridan kamsitmaslik” haqidagi istagi ifodalanadi. She’rni ma’lum ma’noda sipohiy saqlash borasida xonga berilgan qoʻllanma desa ham boʻladi. Chunki shoir, hokim oʻz naukarlariga qaramogʻi, ularning xizmatlarini avaqti – vaqti bilan taqdirlanib tuzishi kerak, degan fikrni ilgari surishga harakat qiladi.Gazal markazida oʻz davridan norozi boʻlib, xonning naukardorlik sistemasini fosh etuvchi shoir obrazi turadi.Anashu obrazning maqsadi gʻazal maglayida bayon etiladi, obraz xarakterining boshqa tomonlari esa qolgan baytlarida birin – ketin ochila boradi. Gʻazalda zorlanish, talab, kesatish, umid ohanglari biri – biri bilan almashinib, chorasini qolqon kishining ruhiy holati, ichki olami ravshan koʻrinadi. Umuman, xulosa qilib shuni aytish kerakki, Gulxaniy lirikada “ba jabr shoh”, “ba payraviy shoh”. Prinsipiga amal qilib she’rlar yozgan boʻlsa – da, lekin unda bu prinspdan chetga chiqish mayllari ham koʻrinadi. Nazira tarzida yozgan gʻazalda oʻz turmush sharoitini aks ettiradi, paziyani real turmush bilan bogʻlashga urinadi.Gulxaniyning eng muhum ijodiy fazilati shundan iboratki, u XIX asr falkloriy sifatida oʻzbek xalqining donishmandligini ifoda etgan masallar, maqdlarni toʻplab, oʻzining Mashhur “Zarbulmasal” asarini yaratdi. Gulxaniy “Zarbulmasal” ni yaratishda xalq ogʻzaki ijodi bilan birga buyuk hind masali “Kalila va Dimna” dan, Firdavsiy, Jomiy, Hofiz Sheroziy, muslihiddin Sa’diy, Alisher Navoiy kabi ulugʻ va moʻtabar shoirlarning asarlaridan ham foydalandi. “Zarbulmasal” XIX – asrning 80 – yillaridayoq rus sharqshunoslarining e’tiborini oʻziga tortib, 1890 – yili Qozon universiteti bosmoxonasida nashr etilda va rus tilida tarjima qilindi. 1948 yili samarqandlik adabiyotshunos R.Muqumiy Gulxaniy va uning adabiy merosi haqidagi ishlarini umumlashtirib, “Gulxaniyning va adabiy foliyati ” mavzuida nomzodlik dissertatsiyasi yoqladi. Gulxaniy ijodini ilmiy jihatdan baholashda H. Yaqubouning Gulxaniy asarlari nashriga yozgan kichik soʻzi, akademik U.Abdullaevning “Oʻzbekadabiyoti tarixi” darsligidagi adabiy portreti, akademik A. Qayimovning “Qoʻqon adabiy muhiti” monografiyasida Gulxaniy hayoti va ijodiga ajratilgan oʻrinlarning, Oʻz K A haqiqiy a’zosi M. Qoʻshjonov va tilshunos olima X.Nazarovaning “Zarbulmasal”ning badiiy xususiyatlari, tili va uslubini oʻrganishga doir ishlari muhim ahamiyatga ega boʻlib, biroq Fahiddin Shshoqovning amalga oshirgan tadqiqotlari katta qadam boʻldi. Bu olim Gulxaniy va uning davriadabiyoti bilan bogʻliq juda koʻp manbalarni “Zarbulmasal”ning badiy xususiyatlarini, koʻpsonli qoʻlyozma va bosma nusxalarini qiyosan oʻrganib, uning tanqiday matnini tayyorladi hamda 1976 yil Toshkentda nashr etildi. F. Ishoqov 1997 yil 16 dekabrda “Gulxaniy “Zarbulmasal”ning ilmiy – tanqidiy matni” mavzuida doktorlik dissertatsiyasini yoqladi. Uning ishlarida ayniqsa “Zarbulmasal” ning til xususiyatlari keng koʻlamda oʻrganildi.
“Zarbulmasal” soʻzi arabcha “zarb” va “masal” soʻzlarining birikmasidan hosil boʻlgan qoʻshimcha soʻz boʻlib, adabiy atama sifatida masal, maqol, masal keltirib soʻzlamoqlikni anglatadi. Gulxaniy “Zarbulmasal” asarini yozish uchun koʻp tayyorgarlik koʻradi; masal janrining xususiyatlarini yaxshi oʻzlashtiradi. Jamiyatning turli tabaqa kishilari bilan muomala – munosabatda boʻlib,xalq maqollarini, hikmatli soʻzlarni toʻplaydi. “Zarbulmasal” shunchalik oddiy bir allegorik asar boʻlib qolmay, qushlarning xarakteriga,asardagi mavqeiga mos ravishda ustolik bilan ishlatilgan maqollar va hikmatli soʻzlarga boy boʻlgan asarlar “Zarbulmasal” sujeti hikiyachilik asosida qurilganligi bilan oʻzbek adabiyotidagi Rabgʻuziy va Xoja qissa – hikoyalariga, undagi majoriylik, qushlari, hayvonlar tilidan soʻzlash; Pandnomalik xususiyati jihatidan esa, sharqda keng tarqalgan “Kalila va Dimna” asariga yaqinlashadi. Asarda 300 dan ortiq maqollar keltirilgan. Jumladan:
“Bitar ishning boishgʻa – yaxshi kelur qoshigʻa”, “Bemor tuzalgusi kelsa, tabiboʻz oyogʻi birla kelur”, “Teng - -tengi birla, tezak qopi birla”, “Maqtangan qiz toʻyda uyalar”, “oyni ertak birla yashirsa boʻlurmi?”, “Chumchuq semursa, botmon boʻlurmi?”, “Olakoʻzanak ola boʻlsa ham, arslon boʻlmas, olatoʻgʻonoq olgʻir boʻlsa ham, ahvoli ma’lum”, “Choʻpni xor tutsang, koʻzga tushar”, “Ebi birlon soʻzlaganning qurboni boʻl”, “yaxshi nafas – yarim mol”, “chuchvarani hom sanabsan”, “Otash urmas qoʻngʻizni, bolasi urur toʻngʻizni”, “Holva degan birla ogʻiz chuchumas”, “Oti ulugʻ, sufrasi qurugʻ”, “Sichqon sigʻmasi nigʻa gʻalvir bogʻlar dumigʻa”, “ Shirin – shirin soʻzlasang, ilon inidan chiqar, achchiq – achchiq soʻzlasangmusulmon dinidin chiqar”, “zoʻri behuda miyon meshikanad”, “qalb qazoni qaynamas, qaynasa ham quyilmas”, “Yumruq bukilib sang boʻlmas, echki yuqurib lang boʻlmas”, “Qizni kim suymasa, qimizni kim ichmas”, “Karnaychadan nima ketar, bir puf”, “Yaxshilar topib soʻzlar”, “Kichkina demang bizni, koʻtarib uramiz sizni”, “Oʻzingni er bilsang, oʻzgani sher bil”, “sigir suv ichgancha, buzoq muz yalar”, “Fanimasini siylamas”, “Yomondga yondoshsang balosi yuqar, qozonga yondoshsang qorasi yuqar” va shungaa oʻxshash juda koʻp maqol va hikmatli soʻzlar keltirilgan.
Gulxaniy “Zarbulmasal” asarida oʻz davrining eng muhim masalalarini badiiy ifodalab bergan. Feadal sinfning chirib borishi, bu sinf xalq – atvorining tanazzuli, mamlakatning vayronligi “Zarbulmasal” asarida allegorik obrazlarda oʻz ifodasini topgan. Xususan, hayotiy obrazlar, realistik saxnalar, harakterli portretlar (Yapoliqqush, Boyqush, Shoʻranil, Koʻrqush, Kerdan va boshqalar), hajviy boʻyoqlar, falsafiy muhoqamalar – bularning hammasi masalning eng muhim estetik fazilatidir. Asardagi kichik badiiy priyomlardan biri shuki, unda har bir salbiy obraz bir – birini hulq – atvorini ayamasdan fosh qiladi. Masalchining xalq orasidagi toʻplagan “Zarbulmasal” ining asosiy qahramonlari qushlardir unda eng yirtqich qushlardan tortib oddiy qushlargacha namoyon boʻladi, ba’zan yoʻl – yoʻlakay vahshiy onlar (maymun, tulki), uy onlari (tuya, boʻtaloq, eshak) hashoratlar (chayon) obrazlari ham asarda koʻzda tashlanadi. Lekin bularning hab biri insonlarning hulq – atvorini, qiliqlarini, harakterini, turmushini ifoda etadi. Shu bilan birga, asarda bir qator kishilarning realistik obrazlari ham gavdalantiriladi. Zotan, Gulxaniy xalq turmushini yaxshi bilardi. U kambagʻal dehqonlar, kosiblar, chorakorlar, qarollar, goʻlahlar, choʻponlar, katta er egalari, amaldorlar, toʻquvchilar, olimlar, ruhoniylar va boshqalarning hayotini, xarakterini, ichki olamini diqqat bilan oʻrgandi.bu kuzatishlar shorga “Zarbulmasal” da migar xalboqi, poʻstindoʻs Yodgor bulotqi, Qoʻchqor soʻfi, ashur yirtiq qassob, umar kafishdoʻz, Muhammad xoʻja mufti, Niyozcha ogʻaliq kabi hayotiy shaxslaring satrik obrazlarini yaratish imkonini berdi. Bu obrazlar yapoloqqush va Boyqush orasidagi voqealar bilan bevosita bogʻlanadi hamda masalning kompozitsiyasini toʻldirish uchun xizmat qiladi. Asarda tasvirlangan obrazlarning koʻpchiligi–ular xoh hayvonlar, qushlar obrazi, xoh kishilar obrazi boʻlsin – yaramas illatlar sifatida gavdalanadi. Feodallarga xos ochkoʻzlik, shuhratparastlik, maqtanchoqlik koʻproq Boyoʻgʻli, Kordon, Yapoloqqush obrazlarida mujassamlantirilgan boʻlsa, kishilar, hayvon va hashoratlar obrazlarida yaramas xulqlar – kaltabinlik, farosatsizlik, manmanlik va boshqalar ifodalanadi. Masalning muhim xususiyatlaridan biri shundaki, satirik obrazlarning xarakteri, asosan, ularning oʻzaro munosabatlari, suhbatlari davomida fosh boʻla boradi. Boyoʻgʻli, Koʻrqush, Kordan, Yapoloqqushlar bir – birlarining. illatlarini ayamay ochib tashlaydilar. Masalan, Kordan Boyoʻgʻlining xasis – murdorligini, ming chor devordan bir chordivor kam boʻlsa, qizini bermasligini, oʻtaketgan takabbur va xudbinligini fosh qilish bilan birga uning qarindosh – urugʻlari ham huddi shunday xarakterga ega ekanligini, ularning faqatgina oʻz shaxsiy manfaatini koʻzlashini, ta’magir, axloqsiz va tarbiyasizligini ayamay fosh etadi.
Asarda koʻzga tashlanuvchi badiiy obrazlar oʻzlarining tur va tabiatlariga koʻra uch xildir: qushlar obrazlari, hayvon – hashorat obrazlari, kishilar obrazlari.Qushlar obrazlari asarning bosh rejasiga qoʻyilgan asosiy obrazlarboʻlib, hayvon – hashorat va kishi obrazlari qushlarning oʻzaro suhbatlarida, ular tomonidan keltirilgan naqlu riviyatlarda namoyon boʻladi: Qushlarning tur va nomlari, ularning xatti – harakatlari asarga shu qadar tabiiy, jonli mazmun bagʻishlaydiki, uni oʻqiyotgan kishi qushlar orasida bohs ketayotganini unitib, qushlar diologlarini odamlar suhbati deb qabul qiladi. “Zurbulmasal”da Yapoloqqush bilan Boyoʻgʻli oʻrtasidagi qudachilik munosabatlari ipiga qoliplash usuli bilan bogʻlangan bir qancha masal, qissa va hikoyatlar ham mavjudki, bular “Tuya bilan boʻtaloq”, “Maymun bilan Najjor” hamda “Toshbaqa bilan chayon”dir. Shundan “Tuya bilan Boʻtaloq” masali koʻrqush bilan hud – hud boshida keltiriladi. Masalda bir sarbon, uning tuyasi va boʻtaloqi haqida soʻz boradi. Bola – chaqasi koʻp ayolmand tuyakash oʻz roʻzgʻarini tebratish, tirikchiligini oʻtkazishuchun tuyakashlik qilardi. Kunlardan birida, odatiga koʻra, sarbontuyasiga yuk ortib yoʻlga tushadi, tuya orqasidan uning boʻtalogʻi ergashadi. Yuk ogʻir, manzil uzoq. Ochiqqan va charchagan boʻtloq onasidan biroz toʻxtashni zorlanib soʻraydi. Lekin onasi chorasiz edi. Gulxaniy bu masalda sarbon, Tuya va Boʻtaloq orqali jamiyatdagi tengsizlikni, uning ogʻir mashaqqatlarini bayon qiladi. Xalq uchun “tirikchilik toshdan qattiq” edi: Sarbon oʻz gʻamida, Tuya ham, Boʻtaloq ham jamiyatishlab chiqaruvchi kuchlarining timsoli sifatida xalq obrazini gavdalantirib turadi: “Tuya bilan Boʻtaloq” masali chuqur xalqchilik ruhi bilan sugʻorilgan asardir. Biz masalni oʻqir ekanmiz, tuyaning ilojsizligini, ogʻir mehnat ostida qolganligini tushinamiz va ma’lum ma’noda unga xayrixohlik bildiramiz Boʻtaloq obrazi yordamida ifodalanadi. Bu masal, “Maymun bilan Najjor” singari, aruzning saribahrida yozilib, ta’sirchan vazmin ohangda oʻqishna talab etadi. Masalda mehnatkash xalqning ekspluatatarlarga qarshi noroziligi juda passiv shikoyat tarzida ifodalangan “Toshbaqa bilan Chayon” gulxaniy masallari ichida dramatizmning kuchliligi bilan ajralib turadi. Bu masal safarning foydasini ifodalash maqsadida Kordon tilidan Turumtoyga Bazanda va Navozanda nomli ikki kabatarning sarguzashtini xikoya qilib berish orqali bayon qilinadi. Bazandaning safarga joʻnash uchun oshiqqanini bilgan Navozanda unga qarab: “Safarga koʻp haris boʻlmaki, anda bir nuqta ziyoda boʻlsa, saqar boʻlur” . “Safarda rafiq kerak . . . yaxshi rafiq birla safar qilsang, saodat toprsan va yamon rafiq birla shaqolat”, deb oʻz soʻzini tasdiqlash maqsadida Toshbaqa bilan Chayon sarguzashtiga ishora qiladi. Avvala shuni eslatib oʻtish kerakki, Toshbaqa bilan Chayon haqidagi masal xalq ogʻzaki ijodining mahsuli boʻlib, anashu masal orqali qalam ahllari oʻzlarining progressiga qarashlarini, axloqiy – didaktik fikrlarini olgʻa surganlar.
Masalning qisqacha mazmuni quyidagicha: bir kuni Toshbaqa froqdan Hijozga safar qilmoqchi boʻladi. Toshbaqa ehtiyoj tufayli Chayon bilan yoʻlga chiqada. Toshbaqa Chayondan yomonlik sodir boʻlishini bilsa ham, lekin uni yana yoʻlga solmoqchi va buning uchun oʻz saxovati, tutgan ishi bilan unga ibrat koʻrsatmoqchi boʻladi. Lekin yaxshilikka yamonlik koʻrgach, suv tubiga shoʻngʻib, Chayonni halok qiladi. Xullas, Gulxaniy “Toshbaqa bilan Chayon” masali orqali oʻzining muhim didaktik qarashlarini, kishilarni dushman bilan doʻst tutinmaslikka undovchi fikrni bayon etadi.
“Maymun bilan najjor” masali Kakshmir oʻlkasining boy peyzaji, sermeva joylari, xushboʻy gullari, kirish xordigʻini chiqaruvchi, unga rohat baxsh etuvchi shirin suvlarining realistik tasviri bilan boshlanadi. Bu masalda shoir bir qator muhim fikrlarni olgʻa suradi: hunar va hunar ahlini ulugʻlaydi; qoʻlingdan kelmaydigan ishga urinma, degan fikrni allegorik obrazlar hatti – kati orqali ifodalaydi.
Masalda Najjor (duradgor) obrazi muhim oʻrin tutadi. U oʻz ishiga mohir hunar ahllaridandir. Najjor uchun ijtimoiy – foydali mehnat bilan shugʻillanish har narsadan ham muhim. Shoir “Koʻngil yogʻoch yoʻqligidan qilib dard” satri bilan duradgorning ishsiz turalmasligini ta’kidlaydi. Maymun esa hunarning ahamiyatini fahmlab, uni oʻrganmoqchi soʻngra bolalariga oʻrgatmoqchi boʻladi. Ammo farosatsizlik tufayli dumi yogʻoch orasiga qisilib qoladi va dumidan ayriladi.Shoir masali oxiridagi:
Odamni jinsida yoʻq qissasi, Qoldi aning dumchasining hissasi.
Kaysi bilan hikoyaga juda yaxshi yakun yasab berdi, qoʻlidan kelmaydigan ishga tutganlarning ahvoli anashunday boʻladi, demoqchi.
Asarning ahamiyatliligining yana bir hususiyati shundaki asarning ham shakli, ham mazmuni, ham badiiy tasviriy vositalarining qoʻllanilishi jihatidan xalq ogʻzaki ijodiga, hayoti maishiy ertaklarga oʻxshab ketishidir. Shuni qayd qilib oʻtish kerakki, “Zarbulmasal” ning tili, xususan, ibora, ifodalari anchagina murakkabdir; shu bilan birga, unda arabcha va forscha soʻzlar, tojikcha iboralar, maqollar ham koʻpgina uchrab turadi. Xulosa oʻrnida shuni aytishimiz mumkinki, asar oʻzbek adabiyoti tarixida masal janrining boshlanishi sifatida nihoyatda muhim ahamiyatga egadir.
Jahon otin Siddiqbobo qizi – Uvaysiy XVIII asrning ohirgi va XIX asrning I yarmida yashab ijod etgan iste’dodli shoiradir.Uvaysiyning faoliyati va ijodiy merosini oʻrganishda adabiyotshunosligimiz xiyla katta yutuqlarga erishdi, yangi ma’lumotlar qoʻlga kiritildi. Shu jumladan, Uvaysiy avlodidan boʻlgan kishilarning bergan ma’lumotlari ham muhimdir. Chunonchi, Andijon viloyatining Marhamat tumanidagi Sverdlov territoriyasida hayot kechirgan Holjon Abuqodirovaning oʻz ota-bobolari toʻgrisida qilgan hikoyalari ana shunday muhim ma’lumotlardandir.
Holjon otin hikoyasidan ma’lum boʻlishicha, Uvaysiy va uning farzandlari, nabiralari oʻtmishda zamondan jabr–sitam koʻrib juda ogʻir sharoitda hayot kechirganlar.
Feodal hukmron doiralarning maddoh shoirlari xalqning ahvolini koʻz yumib, Umarhonni koʻklarga koʻtarib maqtab she’rlar yozgan bir vaqtda, Uvaysiy she’riyat maydoniga zamona kulfatidan kuyganlarning bulbuligoʻyosi boʻlib chiqib, figʻonu nola chekkan edi:

Download 417,3 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   91




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish