Mavzu: zahiriddin muhammad boburning hayoti va adabiy merosi


Xamaamro Gulxani gʻayr az xamoshi chora nest



Download 417,3 Kb.
bet78/91
Sana23.07.2022
Hajmi417,3 Kb.
#842275
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   91
Xamaamro Gulxani gʻayr az xamoshi chora nest,
Dar fani she’r on faridi roʻzgʻor omad barun…
Umarxonga uning iste’dodini maqtovchi gʻazallar ma’qul tushar edi. Saroyning maddoh shoirlari ham shuni istar edilar. Shuning uchun ham Fazliy Gulxaniyning bu gʻazalini: «Bu gʻamgin gʻazal Gulxaniydin erur, koʻngil gulshaniga tarovat berur» deb ta’riflagan edi.
Gulxaniy hayotining ohirgi davrlariga doir turlicha ma’lumotlar bor. Ba’zi bir manbalarda Gulxaniyning Umarxon vafotidan soʻng oʻz vataniga qaytib ketganligi tahmin qilinsa boshqa manbalarda uning Muhammadalixon tomonidan oʻldirilganligi aytiladi. Chunonchi, mazkur xon hokimiyatga kelgach, otasi davridagi kishilarni ta’qib ostiga oladi. Jumladan Gulxaniyni Yangiqoʻrgʻonga hokim qilib tayinlash bahonasi Balan Namangan hokimi bilan kelishib shoirni jun qopga solib Sirdaryoga tashlatib yuboradi. Gulxaniyning bunday fojiyali oʻldirilishini Avaz Muhammad Attorning «Tarixi jahonnamo» va aftori noma’lum «Tarixi Xoʻjand» qoʻl yozma asarlari tasdiqlaydi.
Xullas, Gulxaniydek iste’dodli shoirning xon va uning amadorlari tomonidan halok qilingan boʻlishi mumkin.
Agar Gulxaniyni XVIII asrning 70 – yillarida tugʻilgan deb tahmin qilsak oʻz – oʻzidan ravshanki, uning adabiy faoliyatining boshlanishi Namangan madarasalarida oʻqib yurgan vaqtlariga toʻgʻri keladi. Adadiyot maydoniga endigina qadam qoʻyayotgan Gulxaniyning dastlabki she’rlari taklidiy xarakterdagi xomaki she’rlar boʻlishi tabiiy edi. Lekin u asta – sekin kamol topa borib, mustaqil ijod qila boshlaydi. Albatta, Muhammad Sharifning dastlabki she’rlari madrasadagi she’r ihlosmandlari, shaxarda yashab ijod etgan shoirlar taxriridan oʻtgan boʻlishi mumkin. Gulxaniy ham oʻzbek, ham tojik tillarida bemalol qalam tebratgan. Fazliy ta’biri bilan aytganda u «Takallum qilur turki-yu forsiy erur she’r maydoning forisi» (ot chopari). Muhammad SHarif avval oʻz tahallusini Gulxaniy deb atab kelgan, keyinchalik esa uni Jur’at soʻzi bilan almashtirgan.
Bu Jur’atki avaal edi Gulxaniy, Erur barcha hazyon demaklik fani.
Qori Rahmatullo Vozih Gulhaniyning she’r va qasidalari borligini xabar qilgan oʻlsa ham, ammo u hanuzgacha topilgani yoʻq. Bizgacha shoirning 12 gʻazali va bir qasidasi Fazliy tazkirasi orqali etib kelgan, xolos. Bular «angushtam», «az chashmi man», «omad barun», «ey toʻti», «angusht» radifli hamda «Lola koʻksidek bagʻrim tahbatah qaro qonlar», «Terlamish may tobidan gulbargi ruhsorin koʻring» satrlari bilan bogʻlangan gʻazallari va boshqalardir. Ulardan ayrimlari Umarxon she’rlariga nazira tariqasida yozilgan. Gulxaniy lirikasiga nazar tashlar ekanmiz, shoirning adabiy taraditsiyaga, gʻazalchilik traditsiyasiga rioya qilganini darhol sezamiz. Unda lirik qaxramon-oshiqning qalb alamlari, ruhiy kechinmalari, ichki tugʻyonlari, mashuqaning oʻjarligi, yoriga bergan ozorlari tasvirlanadi, oshiqning yori «jabru jafo mazhari», «mehrsiz, oqibatsiz oy», jodu koʻzlari haridorini bedor qiluvchi, iltifotsiz va parosizdir. Oshiq hamisha yor visoliga intiladi, murod hosil qilolmaydi, gʻamga botadi. SHoir lirik qahramonning zabun holini koʻrsatish bilan birga bahorning goʻzal manzarasini ham chizib oʻtadi:

Download 417,3 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   91




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish