Dili vayronadin, jono, tavuqqi’ qilma dogʻingni,
Buzilgan mulkdin albattakim sulton xiroj etmaz.
soʻzlarida shoirning qaysi ijtimoiy guruh manfaatini yoʻqlaganligi oʻz – oʻzidan ravshan. Bu hol Navoiy gʻazalchilik traditsiyasining keyingi asrlarda ham davom ettirilganligini koʻrsatuvchi dalildir. CHunki oʻzbek adabiyotida gʻaza janrini yuqori bosqichga koʻtargan hassos shoir Navoiyning she’rlarida anna shunday xarakterdagi baytlar oz emas.
Gulxaniyning ayrim gʻazallari yorni sifatlaydigan «Ey buti shirin, labi simin, Tani rangin qabo» singari misralar bilan boshlansa, ba’zi birlarida oshiq – lirik qahramonning ichki kechinmalarini ochishga yordam beradigan mubolagʻani («Didan mann bar labi la’li mayolude, k – bud, Metaronad nashai sad xum sharob az chashmi man») uchratamiz. «Biri» radifli gʻazalida shoir Farhodu shirin, Layli – yu Majnun qissalariga ishora qilib, gʻazalga yangi ruh, yangi ma’no baxsh etishga erishganki, bu Gulxaniyning talmeh sa’natini muvaffaqiyatli ravishda qullanganini koʻrsatadi. SHoir lirikasida xalq hikmatini eslatuvchi satrlar ham bor:
Oʻz makonini tila hargiz qafasdin qochsa qush,
Eyki istarsiz koʻngulni, zulfi ham forin koʻring.
Gulxaniy gʻazallarining tili ham umuuman soda va tushunarlidir, uning she’rlarida ozorbayjon tili (toshga – «dosha», istayman – «istaram», qilaman – «aylaram», koʻp – «choʻx» kabi) va qadimgi tojik tili («namedoman» tilining «menadonam» tarzida qoʻllanishi kabi) elementlari ham mavjudki, bu hol gʻazal avtorining ozorbayjon adabiyotidan xabardor ekanligini, fors – tojik klassiklari asarlari ustida ishtiyoq bilan ish olib borganini koʻrsatadi. Biroq Gulxaniyning «Majmuai shoiron» da keltirilgan tojik tilidagi qasidasining oʻziyoq shoirning qasidachilikda yutuqqa erisha olmaganini koʻrsatadi. Qasida 52 misradan iborat boʻlib, u Umarxonga bagʻishlanadi:Qasida:
Sahargah bulbuli shoʻrida nolae Sar kard, Zi xuni dida guli surx doane tar kard.
Matlai bilan boshlanib, toshbib (muqaddima) qismida bahor ayyomining jozibali manzarasi tasvirlanadi. Shundan soʻng shoir asl maqsadiga Umarxon saltanatini maqtashga kirishadi: Fors – tojik va oʻzbek klassik adabiyotidagi eskirgan, shablon iboralari, tasviriy vostalarni qoʻllab, xon hokimiyatini ta’riflaydi, uning oʻzini esa yer yuzida eng odil, eng farosatli hokim qilib koʻrsatishga intiladi. Qasidada Umarxon hokimyat tepasiga kelishi bilan butun Fagʻona xonligi yer yuzining jannatiga aylandi deb tasvirlanadi, Umarxon quyoshdan yuqori qoʻyiladi. Shoir qasidani quyidagi bayt bilan tugatadi:
Tu Gulxaniy ba xudo tahya mekuni mekun,
Har on chi Anvariy dar roʻzgʻori Sanjar kard.
(Sen, Gulxaniy, shoir Anvariy Sanjar Saroyida xudoga sigʻinganingdek, hamisha xudoga sigʻingan).
Qasidaning mazkur baytida Gulxaniy mashhur madhiyachi, qasida janrining tanilgan ustozlaridan biri, ayni vaqtda umrining oxirlarida shohlarni maqtashdan pushaymon boʻlgan shoir Anvariy hayotiga ishora qilib, oʻzining Umarxonga boʻlgan munosabatini ravshan koʻrsatadi. Umuman esa bu qasida shoir ijodi uchun xarakterli emas.
Quyidagi oʻzbekcha gʻazali baytlarida yor vasli firogʻida azob chekuvchi oshiqning yuragidagi qora qon qatlamlarini lola koʻksidagi qora dogʻlarga oʻhshatib, oʻz fikriga badiiylik bahsht etadi, oʻquvchini ancha murakkab his tuygʻulariga olib keladi:
Lola koʻksidek bagʻrim tah-batah qora qonlar,
Hajr iltilosidir naylay el musilmonlar.
Bir dam ayla mardumligʻ, diydam ichra manzil gil,
Duri dilu sochsinlar maqdamingga mujgonlar.
Gulxaniyning tojikcha g‘azallari ichida “Bidch” (Ber) radifli gʻazali muhim ahamiyatga ega gʻazal ochlik va yupunlikdan azob chekib, xonga arz qilgan jur’atli, rostgoʻy, hazil – pichinga oʻtkir bir navkar timsolini namoyon etadi.
Gazal shoirning hayot qiyinchiliklarini boshidan kechirayotgan yillari ma’sulidir. Gazal matni “ Majmuan shoiron ” tazkirasida Gulxaniy hayoti va shaxsiyati haqidagi masnaviy ma’lumotlaridan soʻng keltiriladi:
Hazratim, ochlikdan oʻldim, egani non ber menga,
Kofir oʻlgʻayman agar desamki, bahmon ber menga.
Moshu bugʻdoy, gurunch berkim, shular menga kerak,
Hech aytmasmanaqiqu, la’li marjon ber menga.
Egnimga chopiq berib, qornimni toʻygʻaz non bilan,
Senga billohkim demasman: dinu shymon ber menga.
Naukaring ochlikdan oʻlsa, nega xayting kelmagay,
Ey tibibi hoziqim, doriyu darmon ber menga.
Nonu jon ber, benavolik dardidan qutqar meni,
Men qancha aytdimki, qorun ganjidek kon ber menga.
Gulxaniyni er yigitlar eoʻpidan kamsitmagil,
Foʻta ber otber, qilich ber, toʻnu chakmon ber menga.
Do'stlaringiz bilan baham: |