Mavzuni mustahkamlash uchun savollar:
1. Adabiy muhit va janrlar poetikasi haqida soʻzlang.
2. G`oziy hayoti va ijodining manbalari haqida nimalarni bilasiz?
3.Hoziqning "Yusuf va Zulayho" dostoni mazmun-mundarijasi qanday?.
4. Tarixnavislik va yaratilgan tarixiy asarlar haqida nimalarni bilasiz?
5. Maxmur (matn va tadqiqot) asarlarini mutolaa qilish. Shoir asarlari qachon topildi?
6. Turkum hajviyalarda kimlar hajv etilgan. Ularning asosiy xususiyatlarini ayting?
7. Sayohat taassurotlari haqidagi muxammas.
8. Maxmur hajvlari va yumoriga xos an'analar kimlar ijodida koʻproq koʻrinadi?
9. Huvaydo hayoti va ijodining oʻrganilishi tarixini gapirib bering.
10. «Devoni Huvaydo» mukammal qoʻlyozma nusxasining kotibi va nashrga tayyorlovchi shaxslar kimlar edi?
11. «Devoni Huvaydoni»ning janr tatkibini qanday she'riar tashkil etadi?
12. Naqshbandiylik tariqati g`oyalarining Huvaydo ijodiga ta'siri nimalarda koʻrinadi?
13. Huvaydoning qissa va dostonlariga doir yangicha talqinlaiga munosabatingiz qanday?
14. Sirojiy, Samarbonu, Salohiddin Soqib, Mullo Yoʻldosh Xilvatiyning Huvaydo bilan bog`lanadigan qay jihatlarini bilasiz?
15. XIX-XX asr shoirlaridan kimlar Huvaydo ijodiga eigashgan, shoir ijodining ular ijodiga ta'siri qanday koʻrinishlarda namoyon boʻladi?
16. Shoirning joriy nashrlardagi asarlarini («Tanlangan asarlar», "Devon", «Rohati dil», «Ibrohim Adham» qissalari) mutoala qilib, taassurotlaringizni daftarda qayd eting.
17. Huvaydoning «naqshbandiylik tariqatining Huvaydosi» ekanligini chuqurroq aniqlang.
18. «Huvaydo va Muqimiy», «Huvaydo va Furqat» mavzularida referat ish tayyorlab, ilmiy anjumanlarda ma'ruza qiling.
19. «Rohati dil» asarining ma'rifiy-ta'limiy ahamiyati haqida chuqurroq fikr yuritib ilmiy manbalarda aytilgan fikrlaiga tanqidiy munosabatda boʻlib, oʻz mulohazalaringizni yozma ravishda bayon qiling.
20. Amiriy hayoti va ijodiga oid yangi ma'lumotlar, talqinlarga munosabatingizni bildiring.
21. Amiriy bilan Nodira shaxsiy va ijodiy munosabatlarini qanday talqin etasiz?
22. Amiriy she'riyatiga xos ibratli jihatlarni aniqlab bering.
23. Amiriyning homiy shaxs ekanligini isbotlovchi dalillar keltiring?
24. Amiriy g`azallaridan ikkitasini, tuyuqlaridan uchtasini yozma ravishda g`oyaviy-badiiy tahlil qiling
25. Gulxaniyningning tarjimai holi haqida soʻzlang.
Shoirning she’riy merosi haqida soʻzlang.
Zullisonaynlik an’anasi haqida soʻzlang.
She’riyatining oʻziga xosligiga munosabatingizni bildiring.
«Zarbulmasal» asari va sharq nasri an’analari haqida soʻzlang.
Asardagi g`oyalar va timsollar tizimi talqini qanday?.
Asar tarkibidagi masallar haqida soʻzlang.
Asar badiiyati, tili va uslubi haqida soʻzlang.
Uvaysiy she’riyatining mavzu va g`oyaviy koʻlami qanday?
Shoira ijodida ishq talqini qanday?
Ijtimoiy hayotga munosabati va xulosalariqanday?
«Shahzoda Hasan» va «Shahzoda Husayn» kabi dostonlari haqida soʻzlang.
«Voqeoti Muhammadalixon» (tugallanmagan) asari haqida soʻzlang.
Nodira va Umarxon munosabatlari qanday edi?
Shoiraning davlat arbobi sifatidagi faoliyati haqida soʻzlang.
Nodiraning she’riy merosi haqida soʻzlang.
Devondagi g`azal, muxammas, ruboiy, fard kabi janrlar tabiati qanday?.
Nodira she’riyatining mavzu qamrovi qanday?
Ishq va sadoqat, visol va hijron tarannumi haqida soʻzlang.
Muhammad Alixon (Xon)ning davlat arbobi sifatidagi faoliyati haqida soʻzlang.
Muhammad Alixon ijodida Navoiy va Fuzuliy an’analari qanday?
Do'stlaringiz bilan baham: |