Olovdek lovullab dil yonur,
Baxtliman janglarga уarasam!
Usmon Nosir
...Usmon Nosir deganda biz kimni tushunamiz? U shunday iste'dod egasiki, bamisoli tekkan joyini kuydirguvchi olovdir. Usmon Nosir ulug' va abadiy she'riyatning diydasidan oqib ulgurmagan shabnamdir, u hali qahqahaga aylanmay, lablarimizda manguga qotib qolgan nim tabassumdir. Uning she'rlari ko'z kabi tirik, jonli, tutqich bermas hayot poralaridir. ...Biz Usmon Nosirni qadrlaymiz. Chunki u she'riyatning tabarruk, muqaddas dargohida anvoyi bir chamandir, sira xazon bo'lmaydigan mo'jiza bog'yaratib ketdi.
Abdulla Oripov, 1983
Usmon she'riyatimizga shamolday kirib keldi. Balki bo Monday! U shunday to'polon va to'lqin bilan keldiki, uncha-muncha she'riy uslub va ijodni to's-to's qilib yubordi. U o'zimizda «0'zbekning Lermontovi», Moskva gazetalarida «Sharqda Pushkin pay do bo(ldi» deb yozishdi.
Turob To'la
Usmon Nosir 1912-yil 13-noyabrda Namangan shahrining «Chuqurko'cha» dahasida, Tanhogo'r mahallasida Mamatxo'ja va Xolambibi oilasida tug'ilgan. Usmon Masodiq o'g'li Nosirhoji ismli ikkinchi otasi va onasi bilan birga Qo'qonga ko'chib boradi, 20 yoshlarida uni «tabiatan shoir», «tug'ma shoir» deb ta'riflaydilar. Usmon «Yangi hayot» maktabida, 1925-1929-yillarda Qo'qondagi ikkinchi bosqich o'zbek maktabida, 1929-1930-yillarda Moskvadagi Kinematografiya davlat ilmgohining 1-kursida, 1933-yil sentabridan 1934-yilning mayigacha Samarqand Pedagogika akademiyasida tahsil oladi, badiiy ijod bilan shug'ullanadi. U 18 yoshidan to 24 yoshigacha bo'lgan davrda ijod qilgan. Shu 6-7 yil ichida "Quyosh bilan suhbat", "Safarbar satrlar", "Traktorobod", "Yurak", "Mehrim" kabi 5 ta she'rlar to'plami va "Norbo'ta", "Naxshon" kabi 2 ta doston, "Atlas", "Zafar", "So'nggi kun", "Dushman" kabi 4 drama yaratgan.
Usmon Nosir Cho'lponni o'zining eng buyuk ustozi deb hisoblagan. 1930-yillarning o'rtalarida Usmon boshqa qalamkash do'stlari qatori Toshkentga ko'chib keladi, Ittifoq miqyosidagi ko'pgina qurultoylarda qatnashadi. Uning "Haqiqat qalami" degan ilk she'ri 1927-yilda «Yangi yo'l» jurnalida bosilgan. Usmon Nosir 1937-yil 13-iyulda qamoqqa olinadi, 1938-yil 5-oktabrda o'n yilga ozodlikdan mahrum etilib, dastlab Toshkent, so'ngra Magadan, Kemerovo turmalarida qiynoqlarga bardosh beradi. U 1944-yii 23-martda Kemerovo viloyatidagi Mariinsk shahri lagerlaridan birida og'ir kasallikdan vafot etadi, qabri Suslovo qabristonidadir.
Usmon Nosir o'z ijodini, o'z she'rini umrning bahosiga tenglashtirgan:
Sen yuragimning chashma suvisan,
Sen ko'zlarimning gavhar nurlari.
Sening bahongni kim so'rasa, de:
«Bahom — umrning bahosiga teng».
Usmon Nosir Pushkinning "Bog'chasaroy fontani" va Lermontovning "Iblis" («Demon») asarlarini (1936-yilda), N.A.Dobrolyubovning "Haqiqiy kun qachon keladi?" asarini, V.I.Kirshonning "Ulug' kun" dramasini, Hayne, Gyote, Bayron ijodidan namunalarni o'zbekchaga o'girgan. Uning "Norbo'ta" dostoni fuqarolar urushiga, "Naxshon" dostoni arman xalqi hayotiga bag'ishlangan. "Atlas" dramasi esa talabalar hayotidan olingan bo'lib, unda sevgi, muhabbat, vafo va xiyonat mavzulari yoritilgan. Usmon Nosir teatr sahnasiga shoir va tarjimon sifatidagina emas, mohir dramaturg sifatida ham ko'tarilishni orzu qilar edi. Uning "Zafar" (1929), "Nazirjon Xalilov" (1930), "Dushman"(193l), "So'nggi kun"(1932) kabi pyesalar yozgani ma'lum. Shoirning "Atlas" pyesasi sahna yuzini ko'rmadi, "Go'ro'g'li" pyesasi esa yo'qoldi. Usmon Nosir Pushkinning "Yevgeniy Onegin«idan ham go'zal parchalar tarjima qilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |