Mavzu: XX asr oxiri XXI asr boshlarida globallashuv muommolari, harbiy va ekstrimistik xavf-xatarlarning


iii.Terrorizm tushunchasi va uning asosiy belgilari. Terrorchilik harakatlarining



Download 457,79 Kb.
Pdf ko'rish
bet6/22
Sana14.07.2022
Hajmi457,79 Kb.
#794506
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   22
Bog'liq
14 ma'ruza

iii.Terrorizm tushunchasi va uning asosiy belgilari. Terrorchilik harakatlarining 
vujudga kelish sabablari va tarixi.
Ma‘lumotlarga ko‗ra, hozir dunyoda 600 ga yaqin terrorchi tashkilotlar 
mavjud bo‗lib, ularning 80 foizi islom niqobi ostida faoliyat yuritadi. 
Ekspertlarning 
fikricha, 
dunyoda 
faoliyat 
ko‗rsatayotgan 
terrorchilik 
tashkilotlarining yuzdan oshig‗i eng zamonaviy qurollar bilan yaxshi
ta‘minlangan yirik uyushmalardan iborat. Ular turli qo‗poruvchiliklarni sodir 
etish jarayonida o‗zaro hamkorlik qiladilar, ma‘lumotlar almashadilar, zarur
hollarda, bir­birlariga harbiy, moliyaviy va boshqa shakldagi yordamni
ko‗rsatadilar.
Terrorizm mohiyatini bilish uchun dastavval uning tarixini o‗rganish talab 
etiladi. Tarixchi va siyosatshunos olimlarning terrorizm paydo bo‗lgan davr
haqidagi fikrlari bir-biridan sezilarli darajada farqqiladi. Ayrimlar fikricha, 
terrorizm yuzaga kelganiga hali ikki yuz yil ham bo‗lmagan. Masalan, V. Jarinov 


terrorizm kamida bir yarim asrlik tarixga ega, deb h i s o b l a y di. Boshqalar esa 
terrorizmning tarixi asrlar qa‘riga kirib boradi, deb hisoblashadi. Bunday 
yondashuv tarafdorlari har qanday siyosiy qotillikni terrorizmga tenglashtirishadi 
va, shu tariqa, terrorizm ildizini deyarli antik davrga olib borib taqashadi. 
Chunonchi, terrorizmni tadqiq qilish sohasidagi mutaxassis Ye.I. Stepanov bu 
masalada quyidagilarni aytadi: «Olimlar va siyosatchilarning katta qismi orasida 
terrorizmning revolyusion kelib chiqishi haqidagi fikr tarqalganini maxsus 
ta‘kidlab o‗tish zarur. Uning boshlanishini, odatda, XVIII asrdagi fransuz 
revolyusiyasiga hamda 1917 yilda Rossiyada sodir bo‗lgan revolyusiyaga olib
borib taqashadi. Aslida terrorizm juda qadim zamonlardan boshlangan, amaliyoti
esa turli shakllarda xilma-xil tarixiy davrlarga va ko‗plab siyosiy oqimlarga 
xosdir». Lekin terrorizmning yuzaga kelishi borasida bosh qa fikrlar ham
mavjud. Masalan, fransuz tarixchisi M. Ferro terrorizmni XI—XII asrlardagi 
hashshoshiylarning o‗ziga xos islomiy an‘anasi, deb hisoblaydi. N. Neymark esa, 
o‗z navbatida, hozirgi terrorizmning kelib chiqishini Napoleondan keyingi 
Tiklanish (Restavratsiya) davri bilan boglaydi. Terrorizm tadqiqotchilari orasida bu 
hodisani Bibliya yaratilgan davrlar bilan boglaydiganlar ham mavjud bo‗lib, ular 
o‗z birodari Hobilni o‗ldirgan Qobilni dastlabki terrorchi deb ataydilar (masalan,
M. Iordanov shunday deb hisoblaydi). Bir qancha mutaxassislar (I. Aleksander,
V. Chalikov va boshqalar) terrorizmni mutlaqo XX asr oxiri fenomeni, 
deyishadi.Bu masalani oydinlashtirish uchun terrorizm o‗zi nima, degan 
masalani aniqlab olish darkor. 
«Terrorizm» terminiga 200 ga yaqin ta‘rif berilgan, biroq hali ularning 
birontasi ham tan olinmagan. Bu boradagi bahs-munozaralar 30 yildan buyon 
davom etmoqda.Haqiqatan qam, ko‗pchilik terrorizm nima ekanligi haqida hali 
ham umumiy va birmuncha mavhum tasavvurga ega. Buning sababi,
nazarimizda, terrorizm madaniy an‘analar, ijtimoiy tuzilish va terrorizmga 
umumiy ta‘rif berish ni ancha qiyinlashtiruvchi boshqa ko‗plab omillarga bog‗liq 
ravishda turli mamlakatlarda turlicha namoyon bo‗luvchi, mo\iyatan juda
murakkab hodisa ekanligidadir. Shuning uchun ham bu hodisaga aniq va tugal 
ta‘rif berish juda qiyin. 
Ushbu fikrimizni tasdiqlash uchun terrorizmga berilgan bir nechta ta‘rifni 
keltirib o‗gaylik: «Terrorizm siyosiy maqsadda amalga oshiriladigan, asoslangan 
zo‗ravonlikdir» (B. Kroze, Buyuk Britaniya); «Terrorizm — siyosiy,
mafkuraviy yoki sotsial-revolyusion maqsadlar xamda intilish larga erish ish
uchun xukumatlarni, axoli doiralarini muntazam qo‗rqitib turish» (G. Deniker,
Shveysariya).
Terrorizm — bu «qo‗rqitish, majburlash yoki cho‗chitish vositasida siyosiy
maqsadlarga erish ish uchun zo‗ravonlikni ishlatish bilan taxdid solish yoki uni


ishga solish» (I. Aleksander taxriri ostidagi to‗plam, A Sh ). Xalqaro 
xuquqbo‗yicha tanik,li mutaxassis, professor Richard Falk terrorizmga ikki xil
ta‘rif beradi: «Siyosiy zo‗ravonlikning, uni kim — revolyu sion guruxmi yoki
xukumatmi — ishga solishidan qat‘i nazar, monand ravishdagi axloqiy va 
yuridik vaj-karsoni bo‗lmagan xar qanday turidir»; «tanlab o‗tirmasdan yoki aybsiz 
shaxslarga qarshi zo‗ravonlikni ishga soladigan siyosiy ekstremizm».
Biroq terrorizm tushunchasini ochib beruvchi, yuridik jixatdan bekamu 
ko‗st, mantiqiy jixatdan to‗g‗ri, mazmunan mutlaqo aniq, xalqaro va milliy 
huquqiy institutlar tomonidan so‗zsiz qabul qilingan universal ta‘rif haligacha
mavjud emas. G.V. Ovchinnikovaning fikricha, bu holat, eng avvalo, «terrorizm 
ta‘rif i ga va uni yuridik jixatdan «rasmiylashtirishga» yagona yondashuvni
qiyinlashtiruvchi asosiy omil o‘ta siyosiylashtirilganligi» bilan bog‗liq.Ushbu
muammoni hal qilish uchun, eng avvalo, terror va terrorizm tushunchalarini 
chegaralab olish zarur, chunki ular xorijda ko‘pincha sinonim sifatida ishlatiladi, 
bu esa mohiyatan to‗g‗ri emas. 
Terror
tushunchasi negizida siyosiy maqsadlarga erishish uchun 
zo‗ravonlikni qo‗llashga yo‗l qo‗yilishi to‗g‗risidagi tasavvur yotadi. Terror 
tushunchasi tarixan terrorizm tushunchasidan avval tarkib topgan. Hozirgi 
siyosiy voqelik sharoitida bu tushunchalar bilan tavsiflanadigan hodisalarii 
farqlash uchun ularni ajratib olish darkor. 

Download 457,79 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   22




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish