14-MAVZU: XX ASR OXIRI XXI ASR BOSHLARIDA GLOBALLASHUV
MUOMMOLARI, HARBIY VA EKSTRIMISTIK XAVF-XATARLARNING
YUZAGA KELISHI. ( 2 soat)
Reja:
1.Globallashuv muommolari.
2. Ekstremizm, aqidaparastlik va mutaassiblikning mazmun-mohiyati.
3.Terrorizm tushunchasi va uning asosiy belgilari. Terrorchilik harakatlarining
vujudga kelish sabablari va tarixi.
4. Soxta salafiylik harakatining yuzaga kelishi va g‗oyaviy asoslari.
5..Shavkat Mirziyoyevning BMT Bosh Assambleyasining 72-sessiyasidagi nutqida
terrorizmga qarshi kurashda xalqaro hamkorlik masalalari.
Tayanch so‘z va iboralar:
ekstremizm, diniy ekstremizm,
fundamentalizm, mutaassiblik, aqidaparastlik, terrorizm, xalqaro terrorizm,
xorijiylar, soxta salafiylar
.
Globallashuv jarayoni va bir xillikka intilish.
Hozirgi globallashuv
mafkurachilarining fikricha, xalqlarni davlatlarga bo‗lish
shartli xarakter kasb
etmoqda, shunday ekan, yagona axborot, ta‘lim va madaniy kengliklar
shakllanishiga bog‗liq holda insonlar hayot tarzida universiallik kuzatilmoqda.
Hozirgi davrda faqat turli davlatlar va mintaqalarning geografik alohidaligi
to‗g‗risidagini gapirish mumkin. Sayyora turli kengliklardan iborat bo‗lishiga
qaramay,
u ijtimoiy, siyosiy va iqtisodiy ma‘noda yaxlitlik alomatini namoyon
qilmoqda. Alohida mamlakat va xalqlar ijtimoiy, iqtisodiy va siyosiy hayotining
turli tuman ekanligi va xususiyatlaridan farq qiladigan yagona jahon hamjamiyati
shakllanmoqda.
Hozirgi zamon xalqaro munosabatlarining asosiy vazifalaridan biri davlatlar
o‗rtasida bo‗layotgan nizolarni hal etish yo‗llarini izlash bo‗lib qolmoqda, chunki
bu hol milliy manfaatlarning to‗qnashuvi asosida yuzaga keladi. Nizolarning oliy
ko‗rinishi urushdir. Xalqaro huquq va diplomatiya
asosida noharbiy tamoyillar
turishi kerak. Nizolarni harbiy vositalar bilan hal etish sub‘ektiv va ob‘ektiv
omillarni keltirib chiqaradi. CHunki harbiy vositalardan foydalanish dunyoda
ijtimoiy va siyosiy, iqtisodiy va madaniy nizolarni kuchaytiradi va voqealarning
o‗zgacha tus olishiga sabab bo‗ladi. Bunday vaziyat muammoni hal etishni yanada
chigallashtiradi. Muammolarni tinch yo‗l bilan hal qilishning yagona yo‗li xalqaro
huquq tamoyillari va me‘yorlariga asosan munosabatlar olib borishdadir. Bu
borada muammolarni hal etish, qarorlar qabul
qilish va davlatlararo
munosabatlarda muhim strategiyaga ega bo‗lish lozim.
Zamonaviy xalqaro munosabatlar kesishayotgan va mos kelmayotgan tashqi
siyosiy va iqtisodiy manfaatlar, mafkuralarni ifoda etayotgan xalqaro munosabatlar
sub‘ektlarining raqobatli kurash maydonini namoyon qilmoqda. Ushbu kurash
iqtisodiyotning, siyosiy munosabatlarning, axborot makonining hamda ijtimoiy va
madaniy
aloqalarning
globallashuvi sharoitida ro‗y bermoqda. Jahon
taraqqiyotining hozirgi bosqichida milliy, diniy, mintaqaviy, global,
shuningdek,
xususiy manfaatlar xalqaro munosabatlarning predmeti bo‗lib maydonga
chiqmoqda. Shu bilan birga, manfaatlar tizimida iqtisodiy tashkil etuvchi qism va
xavfsizlik manfaatlari asosiy o‗rin tutadi. Qator mamlakatlarning manfaatlari
jamiyatdagi hukmron qadriyatlar va mafkuraviy ko‗rsatmalar bilan belgilanishi
kam uchraydigan hodisa emas. Shunday davlatlar borki, ularda din bosh mavqega
ega, shunga muvofiq, diniy va mafkuraviy omillarning ta‘siri
tashqi siyosatda
ancha yuqori bo‗ladi.
Xalqaro munosabatlar turli harakatlanuvchi kuchlar va motivlar ta‘sirida
rivojlanadi, o‗zaro hamkorlikda davlatlar — sub‘ektlar manfaatlarining mos kelishi
yoki to‗qnashuvi, manfaatlarni himoya qilish, ular bo‗yicha kelishuvga erishish hal
qiluvchi ahamiyatga ega. Har qanday davlatning tashqi siyosiy manfaati, maqsad
va vazifalari, avvalo, milliy ehtiyojlar, manfaatlar va qadriyatlarga, ularni xalqaro
maydonda himoyalash va ta‘minlashga bog‗liq. Shu bilan birga, konstitutsion
me‘yor
va tamoyillar eng muhim, doimiy manfaat va qadriyatlarning huquqiy ifoda
shakli hisoblanadi. Ba‘zi mamlakatlarda konstitutsiya davlatning tashqi siyosatini
tartibga solishni o‗ziga qamrab oladi. Tashqi siyosat predmeti konstitutsiya
tarkibiga kiritilganda yoki uning alohida me‘yorlari bilan tartibga solinganda,
tashqi siyosat muayyan davlat konstitutsion huquqining tarkibiy qismiga aylanadi