Mavzu: XX asr oxiri XXI asr boshlarida globallashuv muommolari, harbiy va ekstrimistik xavf-xatarlarning


Terrorizm tarixini shartli ravishda quyidagi davrlarga bo‘lish



Download 457,79 Kb.
Pdf ko'rish
bet8/22
Sana14.07.2022
Hajmi457,79 Kb.
#794506
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   22
Bog'liq
14 ma'ruza

Terrorizm tarixini shartli ravishda quyidagi davrlarga bo‘lish
mumkin:
1. Antik terrorizm yoki prototerrorizm. 2. Klassik terrorizm. 3. An‘anaviy 
terrorizm. 
4. Zamonaviy terrorizm. 
Antik terrorizm yoki prototerrorizm.
O‗ta qadimgi sivilizatsiyalarda 
hokimiyat tomonidan xalkdarga qarshi hamda hokimiyat va boylik uchun kurash 
jarayonida hukmdor shaxslarga nisbatan amalga oshirilgan terrorizmga misollar 
ko‗p. Masalan, firavnlar davrida Misrda terror misrliklarning o‗ziga qarshi ham,
qul qilinib, Nil sohillariga ko‗plab haydab borilgan xalqlarga qarshi ham keng 
qo‗llanilgan. Shu munosabat bilan qiziq bir faktni qayd etib o‗tish joiz. Qadimgi 
misr tilida bir qarashda mantiqsiz ko‗ringan «o‗ldirilgan tiriklar» degan o‗ziga xos 
i bora taomilda bo‗lgan. Bosib olingan mamlakatlarning ommaviy tarzda bandi 
qilingan xalkdari shu ibora bilan atalgan. Hozirgi til bilan aytganda, bu kishilar 
«shartli ravishda o‗ldirilgan», deb hisoblangan. Rim sivilizatsiyasi o‗zining
«terrorchilik an‘analariga» ega bo‗lgan, bu haqda tarixda aniq-tiniq ma‘lumotlar
sakdanib qolgan. Rimlik tarixchi va yozuvchi Gay Svetoniy Trankvilning
«O‗n ikki qaysar hayoti» nomli mashhur asarida Rimning ikki yuz yillik tarixini 
qamrab oluvchi voqealar aks ettirilgan. Yilnomachining ma‘lumotlariga ko‗ra, 
hayoti kitobda tavsiflangan o‗n ikki qaysardan sakkiztasi terrorchilik 
harakatining qurboni bo‗lishgan. 
Dastlabki terrorchilik tashkiloti bo‗lgan
sikariylar 
sektasining paydo 
bo‗lishi ham o‗sha davrdagi Rim imperiyasi bilan bog‗liq bo‗lgan. Bu sekta 
milodiy I asrda rimliklar i stilo etgan Falastinda yuzaga kelgan. O‗shanda 
bosqinchilarga nisbatan dushmanlik kayfiyatida bo‗lgan kishilar guruhi tuzgan
maxfiy hamjamiyat a‘zolari rimliklar bilan sulh uchun yon bos gan, 
bosqinchilarning boshqaruv apparatida lavozim egallagan yahudiy aslzodalar 
vakillarini qirishgan. Iosif Flaviy sikariylar taktikasini quyidagicha tavsiflagan: 
ular kupincha kunduz kuni, odam ko‗p to‗plangan paytda, masalan, bayramlarda, 
haqiqiy qotilni aniqpab bo‗lmaydigan tarzda hujum qilishgan. Ularning quroli 
kalta shamshir — sika bo‗lib, uni kiyim ostida yashirib olib yurishgan. Tashkilot 


nomi shundan kelib chiqqanini anglash qiyin emas.Sekta a‘zolari bir nechta 
qotillikni amalga oshirganlaridan keyin «yanada buyukroq ishlarga» qodir
ekanliklarini tushunib, qurbonlarni bitta-bittadan yo‗qotish bilan cheklanmay
qo‗yishdi. Sikariylar o‗z xatti-harakatlarini puxta rejalashtirib, asosan tungi
vaqtlarda qo‗qqisdan hujum qilishga o‗tishdi.
O‗sha vaqtlarda Hindiston va Xitoydagi ayrim maxfiy jamiyatlar qam 
siyosiy terrordan amalda foydalana boshlashdi. Hindistonda «bo‗g‗uvchilar» 
tashkiloti ish olib borardi, ular o‗z qurbonlarini ingichka ipak chilvir bilan bo‗g‗ib 
o‗ldirishardi. «Bo‗g‗uvchilar» yevropaliklarga teginmaslikka harakat qilishardi, 
boshqa masalada esa tanlab o‗tirmasdan, Hindistonning Angliya tomonidan 
mustamlaka qilinishining mahalliy tarafdorlari ni yuzlab qirib tashlashardi.
Bunday tashkilotlarning siyosiy maqsadlari juda ham mavxum edi, chunki 
sektantlar hokimiyatni yoki aholini qo‗rqitish vazifasini qo‗yishmagandi.
Xitoydagi yanada jangariroq maxfiy jamiyatlar haqida ham shularni aytish
mumkin. Ulardan biri dastavval yollanma qotillar tashkiloti bo‗lgan mash‘um
«triadalar»dir. 
O‗rta asrlardagi eng mashhur terrorchilar tash kiloti deb ismoiliylar 
firqasini hisoblash mumkin. Bu sekta VIII asr o‗rtalarida yuzaga kelgan hamda 
hozirgi Eron, Afg‗oniston hududlarida va Yaqin Sharqdagi ayrim boshqa 
mamlakatlarda ish olib borgan. Sh ialarning oltinchi imomi Ja‘far as-Sodiqning
to‗ng‗ich o‗g‗li Ismoil nomi bilan atalgan musulmon shialar firqasi tarafdorlari 
o‗zlarini ismoiliylar, deb yuritishgan. Ismoiliylar Ja‘far as-Sodiqning o‗g‗lini 
yettinchi imom deb hisooblashgan, shu bois o‗zlari ustidan boshqalar hukm
yuritishini tan olishdan bosh tortishgan.Keyinchalik ismoiliylar firqasi ichidan
yana bir o‗ta jangari guruh — hashshoshiylar ajralib chiqdi. Bu juda kudratli va 
o‗ta yashirin tashkilot bo‗lib, kurashda nomaqbul shaxslarni jismoniy bartaraf 
qilishning takomiliga yetkazilgan usullaridan foydalangan. Fidoyi xizmatkorlar
o‗z xukmdorlari Hasan ibn Sabbohning buyrugi bilan har qanday nomaqbul 
kishini o‗ldirishardi. O‗limga hukm qilingan kishini ko‗p sonli soqchilar ham, eng 
qattiq ehtiyot choralari ham qutqara olmasdi.Hashshoshiylar tashkiloti a‘zolari
g‗oya yo‗lida azob tortish va qurbon bo‗lishni afzal ko‗rishgan. Ismoiliylar 
firqasi hozirgi terrorchilarning yashash ishtiyoqiga emas, balki qurbon bo‗lish
istagiga asoslangan mafkurasi manbalaridan biri. Bu sirli tashkilot mo‗g‗ullar
1256 yilda uning uyasi bo‗lgan Alamut qal‘asini zabt etgach, tugatilgan. 

Download 457,79 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   22




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish