Soyali sous – sushini dunyoga mashhur qilgan va uni ishlab chiqarish uncha qimmatga tushmaydigan sous hisoblanadi. Uni miloddan avvalgi VIII asrda xitoyliklar tayyorlay boshlashgan va keyinchalik butun Osiyo bo‘ylab tarqala boshlagan. Dastlabki soya souslari fermentatsiyalangan baliq va soya o‘simligi asosida tayyorlangan. Fransiya qiroli Lyudovik XIV bu sousni juda xush ko‘rgan va uni ―qora oltin‖ deb atagan.
Tabasko sousiAQSHda bo‘lib o‘tgan fuqarolik urushidan so‘ng vujudga kelgan. O‘sha davrda Makalenlar oilasi Yangi Orleanning qurib qolgan yaroqsiz yerlariga tabasko uchun asos bo‘lgan Kayenna qalampirini ekadilar va bu sousning vujudga kelishiga katta sabab bo‘ladi.
Ushbu sous qalampirga sirka va tuz aralashtirilib tayyorlanadi. Bunda qalampir pyure holatiga keltiriladi va tuzlanib eman xumlarda kamida 3 yil saqlanadi. So‘ng uni sirka bilan aralashtirib iste‘mol qilishadi. Tabasko shu darajada o‘tkir achchiq ta‘mga ega bo‘ladiki, taomga uning bir necha tomchisi kifoya bo‘ladi.
Souslarning ovqatlanishdagi va pazandachilikdagi ahamiyatiga to‘xtaladigan bo‘lsak, u quyidagi afzalliklarga ega:
Barcha souslar suyuq asos va turli mahsulotlar, ziravorlarni o‘z ichiga oluvchi qo‘shimcha tarkibdan iborat. Shunga ko‘ra souslar ikkita katta guruhga ajraladi:
- asosiy;
- hosilaviy.
Asosiy souslar suyuq asos hamda minimal miqdordagi mahsulotlardan iborat bo‘lgan qo‘shimcha tarkibdan iborat.
Hosilaviy souslar esa asosiy sous asosida turli qo‘shimcha mahsulotlar qo‘shish orqali hosil qilingan souslardir.
Sous qo‘shimcha tarkibining xususiyatiga ko‘ra ham souslar quyidagi ikki guruhga bo‘linadi:
- unli;
- unsiz.
Unli souslar ham o‘z navbatida ikki guruhga bo‘linadi:
- oq souslar (ranggi to‘q jigarrangdan qizg‘ish jigarranggacha);
- qizil souslar (oqdan kulranggacha).
Bundan tashqari souslar boshqa bir qancha belgi-xususiyatlariga ko‘ra ham qator turlarga ajratiladi. Demak, souslar quyidagicha klassifikatsiyalanadi:
- dietali rejim uchun (suvda, sabzavotli va yormali qaynatmalarda);
- smetanali;
- sutli.
b) unsiz:
- sariyog‘li;
- o‘simlik moyli;
Konsistensiyasiga ko‘ra:
- suyuq;
- o‘rtacha quyuq;
- quyuq.
Dunyo pazandachiligida Osiyo mintaqasining souslari ham alohida ahamiyat kasb etadi. Biror mahal ovqatlanishi soussiz o‘tmaydigan xalqlar – yapon, koreys va xitoyliklar sababli Osiyo souslari ham dunyoga tarqalgan. Masalan:
Konservalangan souslar tomatlardan yoki konsentrlangan tomat mahsulotlaridan tayyorlanadi. «Achchiq tomat sousi» tuz, qand, uksus va turli ziravorlar qo‘shib quyultirilgan ishqalangan tomat massasidir