Mavzu: Tolnamolar -salicales



Download 1,16 Mb.
bet3/6
Sana18.07.2022
Hajmi1,16 Mb.
#824307
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Abdullayeva Shahlo Botanika kurs ishi

Tol -Salix. 350-370 turni, terak (Populus) 50-60 turni o’z ichiga oladi. Ular daraxt va butalardan tashkil topgan. Bular orasida majnuntol (Salix babulonica), qoratol (S.excelsa), turang’a (Populus pruinosa), Baxofen teragi (P. bachofenii), oq terak (P. alba), qora terak (P.nigra).Barglari oddiy, butun, gullari bir jinsli, ikki uyli. Shuningdek, gulqo’rg’oni yo’q. Tollarda changchilar 2 ta, teraklarda 6-40 ta, urug’chisi 2 ta mevacha bargning qo’shilib o’sishidan hos il bo’lgan. Mevasi senokarp.

2.2 1-rasm Toldoshlar oilasi barg shakillari


Oq tol - Salix alba. Daraxt bo’yi - 10 - 15 m. Barglari yirik, ingichka lansetsimon, o’tkir uchli, chetlari mayda, arra tishli. ustki tomoni to’q - yashil, osti kulrang, har ikkala tomoni tukli. Kuchalasi barglari bilan bir vaqtda hosil bo’ladi.
Aprel-may oylarida gullab urug’laydi.Yovvoyi holda daryolar bo’yida o’sadi. Manzarali daraxt sifatida ko’p ekiladi. Gul formulasi: erkak guli:
* ♂P0 А2 G0, , onalik guli: *♀P(0)А0 G(2)

2.2 2-rasm Oq tol






Majnuntol (Salix babulonica)

Salix babylonica - balandligi 20-25 m gacha (66-82 fut) o'sadigan o'rta va katta bargli daraxt. U tez o'sib boradi, ammo qisqa umr ko'radi, 40 dan 75 yoshgacha. Asirlari sarg'ish-jigarrang, kichik kurtaklar bilan. Barglari navbatma-navbat va spiral shaklida, tor, och yashil rangda, uzunligi 4-16 sm va kengligi 0,5-2 sm, mayda serrat chekkalari va uzun akuminat uchlari bilan; ular kuzda oltin-sariq rangga aylanadi. Gullar erta bahorda ishlab chiqarilgan mushukchalarda joylashtirilgan; u ikki qavatli bo'lib, alohida daraxtlarda erkak va urg'ochi mushuklar bor.


Salix babylonica 1736 yilda Karolus Linney tomonidan tavsiflangan va ilmiy nomlangan, u bu turni sarkacik-tarvaqaylab ketgan ("yig'layotgan") variant deb bilgan, keyinchalik yaqinda Gollandiyadagi Xartekampdagi Klifford bog'iga kiritilgan. Dastlabki xitoy navlari orasida qadimgi savdo yo'llari bo'ylab tarqalib ketgan shoxlari va novdalari kuchli sarkaçlı bo'lgan asl yig'layotgan tol Salix babylonica 'Pendula' mavjud. Ushbu o'ziga xos daraxtlar keyinchalik 1730 yilda Suriyaning shimolidagi Aleppodan Angliyaga olib kelingan va tezda tabiiy bo'lib, daryolar bo'yida va bog'larda yaxshi o'sib borgan. Bu o'simliklarning barchasi urg'ochi, vegetativ ravishda ko'payadi va har xil boshqa tollar bilan duragaylashga qodir, ammo urug'lardan kelib chiqmaydigan. Ushbu turdagi daraxt o'simliklarni ko'paytirish orqali juda oson o'stiriladi.
Salix babylonica va Salix tollarining boshqa turlari orasidagi ikkita madaniy duragaylar ham sarkacik shoxchalarga ega va ular S. babylonica'dan ko'ra ko'proq ekilgan:


Toldoshlar (Salicaceae) — ikki uyli oʻsimliklar oilasi. Daraxt, buta va baʼzan yarimbuta. Bargi oddiy, spiralsimon joylashgan; gullari bir jinsli, toʻpguli kuchala. Barg yozilguncha yoki yozilgandan keyin kuchala hosil qiladi. Gullari yon bargchalar qoʻltigʻida. Changchisi 8 tagacha. Shamol va hasharotlar yordamida changlanadi. Mevasi bir uyali, koʻp urugʻli koʻsakcha, ikkiuch pallaga boʻlinadi, urugʻining tubida kumush rang tuklari bor. Urugʻlari shu tuklar yordamida, havo va suv orqali tarqaladi. Urugʻidan va qalamchasidan koʻpayadi. Shim. yarim sharning moʻʼtadil zonasidagi dare, koʻl boʻylarida nam yerlarda usadi. T.ning 3 turkumi, 400 dan ortiq turi bor. Oʻrta Osiyoda 70 turi boʻlib, 40 tasi mahalliy, 30 tasi introduksiya qilingan. Melioratsiya maqsadlarida va dekorativ oʻsimlik sifatida oʻstiriladi. Yogʻochidan mebel, taxta, gugurt i. ch., uyjoy kurilishida foydalaniladi.
Tollar avlodi (salix) Bu avlod vakillaribarglari butun qisqa bandli daraxt,buta va butachalardir. Ularning kurtaklari odatda bitta tangacha bargli bo’ladi. Odatda barg chiqarishiga qadar gullaydi. Gulyonbargchalari butun va tukli bo’ladi. Gulqo’rg’oni bokalsimon yoki o’yilgan, sharsimon shiradonga aylanga. Erkak guldagi otaligi ikkita, bazan uchta, beshta, o’n ikkita. Mevasi ko’sakcha(1-rasm). Urug’ida ipaksimon tuki bor. Hashoratlar vositasi bilan, bazan shamol vositasi bilan changlanadi. Chetdan changlanish natijasida osonlik bilan yangi duragaylar xosil bo’ladi. Tollar bir-biriga juda o’xshash va ularni tashqi uzilishidan ajratish juda qiyin. Yer yuzida toldoshlar oilasining 200 dan ortiq turi bor. MDH davlatlarida 167ta turi o’sadi. O’zbekiston o’simliklar dunyosida esa 30 dan ortiq turi tarqalgan. Tollar xar hil ekologik sharoitlarda ko’proq daryo, kanal, ariq va xovuzlar bo’yida o’suvchi yorug’sevar o’simliklar xisoblanadi. Vegetativ yo’l bilan yaxshi ko’payadi. Urug’ining unib chiqish muddati ancha qisqa bo’lib, ikki haftadan so’ng unib chiqish qobilyatini yo’qotadi. O’zbekistonda yovvoyi xolda echkitol (salix sangarica), suv tol (salix nilhelmsiana), blok toli (salix blaskii), sariq tol (S. euapiculata), Olga toli (Salix Olgae Regel), nedzveski toli (salix wedz weckii), Velgelms toli (S.Welhelmsiana Bieb), ko’k tol (salix coerullea), qirchin tol (salix tenuijulis), sambittol (salix tenuijulis) lar daryo qirgoqlarida o’sib to’qaylar xosil qiladi. Shaxarlarda anxor va xovuzlar bo’yida, bog’ va parklarda amudaryo toli (salix oxika), qora tol(salix avstralior), oq tol (salix alba), yaltiroq tol (salix mikans), majnuntol (salix bebylonica) kabi turlarini ekib o’stirilishini ko’rishimiz mumkin.
Tol (Salix) — toldoshlarga mansub daraxtlar va buta, chala butalar turkumi. 300 turi maʼlum. Asosan, moʻʼtadil mintaqada, Yevropa va Shimoliy Amerikada tarqalgan. Oʻrta Osiyoda 22 turi bor. Daraxtlarining xodasi yoʻgʻon, poʻsti dagʻal, barglari navbat bilan joylashgan. Baʼzilari bargi yozilguncha, boshqalari bargi yozilgandan keyin yoki bargi yozilishi bilan bir vaqtda gullaydi. Ikki yoshli novdalari kuchala chiqaradi. Gullari ikki uyli, bir jinsli, mart— aprel oylarida gullaydi. Mevasi koʻsakcha. 25—30 kunda yetiladi. Urugʻi mayda, ochiq va nam yerda tez, yaʼni 5—10 soatda unib chiqadi. 15—20 kundan keyin unish qobiliyatini yoʻqotadi. Qalamchasidan, poya (xoda)sidan, parxishdan yaxshi koʻpayadi. Oʻzbekistonda oq T., qora T., ignabarg T., majnuntol, suvtol, turon T.i kabi turlari tarqalgan. Oq tolning (S. alba) bal. 10–15 m. yogʻoch tanasi poʻstlogʻi toʻq kulrang , sur. Tanasining diametri 1,5 gacha, Qora tolning (S. excelsa Gmel.) daraxt novdalari rangi qoʻngʻirqizgʻish. Tez oʻsadi. Issiqqa chidamli, shoʻrxok yerlarda ham yaxshi oʻsadi. Qalamchasi va poyasi ekib oʻstiriladi. Obodonlashtirish va xoʻjalik ehtiyojlari uchun koʻp ekiladi. Ignabargli tol (S. acutifolia) — dare boʻylarida, kichikkichik suv havzalari, ariklar, xonadonlar atrofida usadi. Kuryuqchilikka, shoʻrxokka chidamli. Novdalari nozik va ingichka. Bal. 2–4 m; majnuntol (S. babylonica) — bal. 8–10 m ga yetadi. Manzarali daraxt sifatida oʻstiriladi; suvtol yoki Vilgelms toli (S. wilhelmsiana Bieb.) — buta, novdasi ingichka, uzun, choʻl, adir, togʻ zonalaridagi toʻqayzorlarda uchraydi. Olga toli (S. olgae Rgl.) — yirik buta, novdalari rangi korakizil yoki sariq; Nedzvetskiy toli (S. niedzwieckii Goerz) — past boʻyli daraxt, pishgan novdalari qizgʻish yoki qoʻngʻir. Daryo sohillarida oʻsadi. Turon toli (S. turanica Nas.) — togʻ va tog oldi toʻqaylarida toʻptoʻp boʻlib oʻsadi. Katta buta, bal. 5–6 m. Barglari uz. 12 sm, novdasi och sariq. Novdalaridan har xil savatlar toʻqiladi. Koʻkalamzorlashtirish, obodonlik, ihota oʻrmonzorlari tashkil etish, yogʻoch va xoda olish uchun ekiladi. Qadimdan T. yogʻochidan qurilish materiallari, toqi, ishkom, soʻri, har xil buyumlar, beshik, bolalar oʻyinchoqlari, ketmon va belkurak dastalari yasashda foydalaniladi.

Vilgelms toli


Download 1,16 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish