Janubiy sharqiy osiyo



Download 0,65 Mb.
bet1/4
Sana16.06.2022
Hajmi0,65 Mb.
#675889
  1   2   3   4
Bog'liq
Kurs ishi janubiy sharqiy osiyo


Janubiy sharqiy Osiyo


Kirish


1. Geografik joylanishi
2. Geolgik tuzilishi va relifi
3. Iqlimi
4. Ichki suvlari
5. Tuproqlari, o’simliklari va hayvonot dunyosi
6. Tabiy geografik rayonlari
a) Hindixitoy
b)Malayya orollari
7. Tabiiy resurslari ulardan foydalanish va muhofaza qilish

1. Geografik joylanishi


Janubi – Sharqiy Osiyoga Hindiston yari oroli bilan Malayya arxipelagi kiradi. 4 mln.km kv ga yaqin maydonda Birma, Tailand, Laos, Kambodja, Vetnam Demakratik Respublikasi, Janubiy Vetnam (bular 17 geografik kenglik orqali ajralgan) , Malayya fedratsiyasi, Indoniziya, Filipin davlatlari, shuningdek Buyuk Biritaniya (Singapur, Saravak, Bruniy SHimoliy Borneo) va Partugaliya mulk –yerlari (Timor orolarida) joylashgan. Bu yerdagi aholining umumiy soni 175 mln. Kishidan ortiq ( vetnamlar, birmanlar, tailar, indoneziyaliklar, malayyaliklar va boshqa xalaqlar). Janubiy-SHarqiy Osiyo tabiiy sharoitiga ko’ra ikkita tabiiy o;lkaga continental va orollar o’lkalariga bo’lingan. Bu qismlar tabiyatdagi tafavutlar arxpelag (Filippinning shimoliy qismi bundan mustasno) , shuningdek Malakka yarim oroli ekvatorial mintaqada boshqa qismlar esa subekvatorial mintaqada joylashganligi tufayli yana ham kuchayadi. Malakkaning janubiy qismi landshafti o’z xusuxiyatlariga ko’ra Hindixitoyga qaraganda arxipelakga yaqinroq turadi.


2.GEOLOGIK TUZILISHI VA RELIFI


Janubiy-SHarqiy Osiyo morfostruktura jihatdan Hindiston yarim oroliga qaraganda ancha murakkab.Janubiy-SHarqiy Osiyo uchun garsin, yanshan va Alp burmalanishlari natijasida paydo bo’lgan relifning juda parchalanib ketganligi xarakterlidir. Bir-biriga juda yaqin turgan tizmalar bilan cho’malarning almashinib kelishi xilma-xil landshaftlar vujudga keltirgan; shamolga ro’para yon bag’irlar qalin o’rmonlar bilan qoplangan. Pastliklar savanalar bilan band. Tog’ relifi tufayli kenglik zonalari yaxshi aks etmagan, balandlik mintaqalari aniq namayon bo’lgan. Balandlik mintaqalari tashqi tikroq yon bag’irlarda yaxshiroq namayon bo’ladi. Oozgina tog’ massivigina 3000 m dan baland ekanligi sababli baland tog’ mintaqsi (nival va Alp o’tloqlari) deyarli aks etmagan. Janubiy va janubiy-sharqiy qismlari tektonik strukturasi jihatdan mezzo-kaynozoy burmali tog’lari zonasiga kiradi. Hindixitoyning katta qismi (Malakka yarim oroli ham shunga kiradi). Hindixitoyning shimoliy va sharqiy qismlarida hamda Malakka yarim orolida mezazoyda ro’y bergan burmalanish, yer pustining eng yangi davridagi ko’tarilish va uzilishlari o’rtacha balandlikdagi burmali-palasxali tog’larning tarqalishiga sabab bo’lgan. Tog’ tizmalari orasida joylashgan Shan tog’ligi, Annam tizmasining bir qismi va Kambodja pasttekisligi janubda yoshi birnuncha qadimiy bo’lgan o’rta massiv burmalanishlariga to’g’ri keladi.Hindixitoy doirasida mezozoidlar tarqalgan oblast Alp –Himoloy burmali mintaqisiga borib tutashadi; Alp Himoloyburmalimintaqasig’arbdaPireneyyarim orolidan janubi sharqda Zond orollariga qadar butun yevrosiyo bo’ylab cho’zilib ketgan . Butun mintaqa uchun nisbatan qadimiy strukturalarining, yani paleozoyda yoki hato undan oldi burmalangan o’rta massivlarning tarqalganligi harakterlidir. Bu o’rta massivlar hozirgi relefda bir necha tekislangan yuzalar yarusidan va zinapoyasimon-uzulmali yon bag’irlaridan iborat o’rtacha balandlikdagi tog’lardir. Tog’larning tuzilishida arxey erasidan to’rtlamchi davirgacha o’tgan turli davirlarning Kristal, metamorfik, chukindi va vulqon jinslari ishtirok etadi. Bu jinslar markaziy qismlarida kuchli ustma siljinishlar uzilishlar natijasida murakkablashib ketgan burmalar hosil qilgan.Ular kembriydan oldingi kiristal jinslar, shuningdek paleozoy, mezozoy va paleogenning kuchli darajada metomorfuklashgan chukindi jinslaridan tuzilgan. Tog’larning bu mintaqasi uchun jadal burmalanish, yer pustining yorilishlari va vulqon harakatlari hosdir. Osiyoning orollardan iborat janubiy –sharqiy va sharqiy chekka qismlari Tinch okean tektonik mintaqasi tarkibiga kiradi. Hindixitoyning birma doirasidagi g’arbiy qismi kaynazoy erasining oxirida paydo bo’lgan o’rtach balandlikdagi burmali –palasxali tog’lardan iborat. Bu tog’lar Sumatr, Kalimantan, Tayvan orollarigacha davom etadi. Tinch okean tomonidan ularga hozirgi geosinklimal mintaqa kelib tutashgan ; bu mintaqa Osiyoning Tinch okeanning markaziy qismidan ajratib turadi. Hozirgi geosinklinal mintaqa uchun orol yoylarining geoantiklinal zonasi geosinklinal novlar (chuqur suvli nov ) hamda chekka dengizlarning geosinklinal soyliklari harakterlidir. Butun mintaqa nihoyata kuchli sesmikasi va intensive vulkanik faoliyati bilan harakterlidir. So’ngan va ko’pdanko’pharakatdagivulqonlaFilippin, Yava va boshqa materik orollardagi tog’ tizmalirning eng baland tog’ tepalarini hosil qilgan. Paleozoy erasining birinchi yarmida janubiy –sharqiy Osiyo quruqligining aylanishiga ancha tasir etgan quruqlikning geosinklinal mintaqalar hisobiga ancha kengayishiga sabab bo’lgan. Dengizlarning qaytat-qayta platforma oblastlariga bostirib kirishi geosinklinal mintaqalarda ham qayta- qayta tog’ paydo bo’lishi jarayonlariga almashinib turgan. Boshqa geosinklinal oblastlarda kaledon tektonik harakatlari uncha katta o’zgarishlar hosil qilmagan va geosinklinal rejimi davom etavergan. Tektonik harakatlar vaqtida geosinklinal zonalarda intruziyalar va rudalar hosil bo’lishi prosesslari ro’y bergan. Kaledon burmalanishi natijasida continental sharoit keng rivojlangan hamda keskin parchalangan relef vujudga kelgan . Platformalar hamda yangi paydo bo’lgan tog’lar ko’tarilgan va kuchli ravishda effuzivlar oqib chiqqan. Tog’lar etagida bukilmalar hosil bo’lib, ular qalin yotqiziqlar bilan to’lgan. Bu yotqiziqlardan neft, boksit vat emir rudalari hosil bo’la boshlagan.

Download 0,65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish