Janubiy sharqiy osiyo



Download 0,65 Mb.
bet3/4
Sana16.06.2022
Hajmi0,65 Mb.
#675889
1   2   3   4
Bog'liq
Kurs ishi janubiy sharqiy osiyo

4 . ICHKI SUVLARI

Janubi-sharqiy Osiyo daryolari ham oqim maksimumi yozga to‘g‘ri keluvchi tipik musson rejimnga ega. Biroq, ular qishda juda sayozlashib ketmaydi, chunki Yanszi havzasidan janubda va Yapon orollarida qishda siklon yog‘inlari yog‘adi. Yil bo‘yi suvi to‘lib oqadigan Sitszyan daryosini bunga misol qilib olish mumkin.


Janubi-sharqiy Osiyo daryolari uchun kuzgi suv to‘lish davri ham xarakterlidir; butayfunlarning o‘tishi bilan bog‘liq bo‘lib, ko‘pincha fojiali ofatlar keltiradi.
Hindixitoy va Hindiston yarim orollari daryolari sernam fasl bilan quruq fasl o‘rtasidagi keskin tafovut hamda yilning quruq faslidagi kuchli bug‘lanish sababli ekvatorial mussonlar esadigan davrda to‘libtoshib oqadi va ba’zan qurg‘oqchil davrda deyarli qurib qoladi. Musson rejimi ayniqsa Hindiston daryolari (masalan, Godavari) uchun xarakterlidir. Hindixitoy daryolari-Saluin, Iravadi va boshqalar baland tog‘lardan boshlanadi va ularda garchi yozgi maksimum aniq aks etsada, har holda nisbatan bir me’yordati oqimga ega.
Tipik ekvatorial iqlimli Indoneziya orollari daryo tarmoqlarining zichligi va oqimining yil davomida bir me’yorda ekanligi bilan xarakterlanadi. Bu orollarning sersuv va sho‘x daryolari katta suv zapasi energiyasiga ega.
Janubi-sharqiy Osiyoning eng katta daryosi Mekongdir. Uning uzunligi-4500 km, havzasi maydoni-810 ming km2, ya’ni Dunay havzasi maydoniga deyarli teng. Daryoning o‘rtacha yillik suv sarfi 12 ming m3/sek, binobarin, Dunay daryosining suv sarfidan deyarli ikki baravar ortiq. Mekong daryosi Tibet tog‘ligining janubi-sharqida Lansanszyan deb ataluvchi balandligi salkam 5000 m li tog‘lardan boshlanadi.Daryo oqimi bu qismida tog‘ daryosi xarakteriga ega, unda tezoqar joylar, ostona va sharsharalar ko‘p. Mekong pasttekislikdagi quyi oqimida juda burilib-burilib oqadi va bir qancha tarmoqchalarga bo‘linib ketadi. Daryo bir tarmoqchasi orqali katta Sap ko‘li bilan tutashady va suv to‘lib oqqanda Mekongdan bu ko‘lga suv quyiladi, daryo suv kamayganda esa, aksincha, suv ko‘ldan daryoga kelib quyiladi. Binobarin, Sap ko‘li tabiiy suv ombori va Mekong quyi qismi oqimining regulyatoridir. Mekong Janubiy Xitoy dengiziga quyilishda juda katta delta hosil qiladi. Mekong tipik musson rejimli daryo bo‘lib, suv sathi keskin o‘zgarib turadi, aniq rivojlangan yozgi maksimumga va apreldagi mnni-mumga ega. Daryoda suv to‘lib oqqanda ular quyar joyidan 1600 km gacha, suv kamayganda esa ayrim qismlaridagina kema qatnay oladi. Mekong suvi daryo to‘lib oqqanda dalalarni sug‘orishda foydalaniladi.
Yarim orolning barcha yirik daryolari Himolay-tibet sistemasidagi tog‘lardan boshlanadi, Hindixitoyning tog‘ tizmalari va yassi tog‘liklarini kesib o‘tadi, ularning quyi oqimi zlari keltirgan yotqiziqlari orasida keng tekisliklardan o‘tadi. Hindixitoyning allyuvial tekisliklari va daryolar deltalari aholi zich o‘rnashgan yirik rayonlardir. Bu rayonlarning ba’zi birlarida (masalan, Qizil daryo deltasida) aholining zichligi 1000 kishidan ortadi. Daryolarning quyar joyida va etaklarida Hindixitoy mamlakatlarining eng yirik port va shaharlari joylashgan. Birmaning poytaxtirangun dengizdan 35 km masofada Iravadi irmoqlaridan biri bo‘lgan Rangun bo‘yida joylashgan; Saluin quyilish joyida Molam-yayn shahri Menamning quyi oqimida Tailandning poytaxti
Hindixitoyning sharqiy qismidagi daryo

Bangkok joylashgan. Bu shaharning kattagina qismi zaxob, botqoq yerda ko‘tarmalar va qoziqlar ustiga qurilgan, aholining bir qismi daryoda qayiqlardasampanlarda yashaydi. Mekong deltasidagi tarmoqlardan biri bo‘yida Xoshimin shahri joylashgan. Qizil daryo quyi oqimi bo‘yida Vyetnam Sotsialistik Respublikasining ilgarigi poytaxti-Xanoy joylashgan. Suv ko‘tarilishi vaqtida daryolarning quyar yerida suv sathi keskni ko‘tariladi va shu tufayli okean kemalari daryolarning yuqori oqimi tomonga o‘nlab kilometrga kira oladi.


Janubiy Sharqiy Osiyoning barcha daryolari musson rejimiga ega. Eng yirik Mekong daryosi quyi qismidagi oqimni Sap ko‘li boshqarib turadi. Bu ko‘l Mekong bilan Sap deb ataladigan tarmoq orqali tutashgan. Bu ko‘l dengizdan ajralib qolgan sobiq qo‘ltiq bo‘lib, hozirgacha unda dengiz faunasi saqlangan. Musson yomg‘irlari vaqtida Mekongda suv sathi ko‘tarilganda ko‘l suvga to‘ladi. Quruq faslda esa, aksincha, suv Sap ko‘lidan Mekongga oqib, daryoning quyi oqimida suvning nisbatan baland sathi saqlanib turadi Bu vaqtda ko‘l maydoni juda kichrayadi va u shu darajada sayozlashadiki, kechib o‘tish mumkin bo‘lib qoladi hamda mahalliy aholi undan baliq yig‘ib oladi.



Download 0,65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish