Xix – XX asr boshlarida Hindixitoy



Download 24,92 Kb.
bet1/2
Sana03.02.2022
Hajmi24,92 Kb.
#426848
  1   2
Bog'liq
XIX asr oxiri XX asr boshlarida Hindixitoy


XIX – XX asr boshlarida Hindixitoy
Reja:
1. Vyetnem va Kambodja XIX – XX asr boshlarida
2. XIX asrdan – Birinchi jahon urushigacha bo’lgan davr arafasida Laos va Myanma
3. XIX – XX asr boshlarida Tailand va Malayziyadagi ahvol.

XIX asrga kelib Janubi-Sharqiy Osiyo (JSHO) mamlakatlari asosan Fransiya, Gollandiya va Buyuk Britaniya tomonidan bo'lib olingan edi. Bu mintaqaning mustamlaka davri tarixi to'g'risida olimlar o'rtasida har xil qarash mavjud. Baʼzi olimlar G'arbning asosan “sivilizatorlik missiyasiga” urg'u berishib, mintaqa xalqlarining Yevropa fani va madaniyati yutuqlaridan bahramand bo'lganligi to'g'risida yozishsa, boshqalari, mahalliy aholi orasida xo'jalik yuritishning va ijtimoiy munosabatlarning qoloq shakllari konservatsiyalashuvida yevropalik mustamlakachilarni ayblashadilar. Jarayonga baho berishdagi muhim faktorlardan biri diniy faktor bo'lib, XIX asrga kelib JSHO mamlakatlarida quyidagi dinlar keng tarqalgan edi: buddaviylik (Hindixitoy mamlakatlari, Birma va Tailand), islom (Indoneziya, Malayziya, Bruney va Filippinning janubi), xristianlikning katolik mazhabi (Filippin va Vyetnamning janubi).


Bu davrda Vyetnam davlatiga asosiy davogar bo’lib turgan davlat Fransiya edi. Fransiyaning Vyetnamga bostirib kirish harakati 1857-yil noyabriga mo'ljallangan bo'lib, “ikkinchi afyun urushi” boshlanganligi sababli qolib ketdi. 1858-yil avgustda fransuz-ispan birlashgan harbiy-dengiz kuchlari Danangga hujum boshlashi bilan to 1884-yilgacha davom etgan Vyetnamni mustamlakaga aylantirish jarayoni boshlandi. 1861-yilning dekabriga kelib fransuzlar Janubiy Vyetnamning to'rtta provinsiyasini egalladilar. Bir qator muzokaralardan so'ng, 1862-yil iyunda ikkala davlat o'rtasida shartnoma imzolanib, unga ko'ra katolik missionerlar Vyetnam hududida erkin harakatlanish huquqini oldi, Saygon va Biyenxoa provinsiyalari rasman fransuzlar nazorati ostiga o'tdi, chet elliklarga (birinchi o'rinda fransuzlarga) konsullik himoyasi joriy qilindi va ular Vyetnam hududida erkin harakatlanadigan bo'ldilar, shuningdek, Vyetnamning muhim portlari fransuz savdosi uchun ochildi. Xyueda fransuzlarning, Parijda esa vyetnamliklarning diplomatik missiyalari ochiladigan bo'ldi. Imperator Ti Dik fransuzlarga qurolli qarshilik ko'rsatishni to'xtatish to'g'risida buyruq berdi. Ammo hamma fuqarolar ham bu buyruqqa buysunmadilar va qarshilik ko'rsatish yana anchagacha davom etdi.
Ti Dik bir tomondan Xitoyning yordamini kutayotgan bo'lsa, ikkinchi tomondan fransuzlar bilan tinchlik shartnomasiga umid bog'layotgan edi. Xitoyning yordamini to'liq barbod qilish maqsadida fransuzlar 1867-yili Janubiy Vyetnam hududini butunlay bosib olib, Koxinxinaga fransuz gubernatorini tayinladilar.
Fransiyada Ikkinchi imperiyaning ag'darilishi bilan bog'liq bir oz tanaffusdan keyin fransuzlar Vyetnamda bosqinchilik harakatlarini yana boshlab yubordilar va qattiq janglardan so'ng 1874-yili bir qator shartnomalar imzolandi. Ularga binoan Janubiy Vyetnamning fransuzlarga o'tganligi to'liq tan olindi hamda fransuzlarga yana bir qancha imtiyozlar berildiki, bular Vyetnamning ularga qaramligini yanada oshirdi. Fransuzlar mustamlakachilikning iqtisodiy usullaridan ham keng foydalandilar. Ular XIX asrning 60-80-yillarida Koxinxinada arzon yerlarni oldi-sottisi bilan shug'ullanib, bundan katta foyda olgan bo'lsalar, 70-yillardan boshlab zabt etilgan yerlarda kapitalistik xo'jalikni rivojlantirishga kirishdilar.
1882-yil bahorda fransuzlar Xanoyni bosib oldilar. Imperator Ti Dik yordam so'rab Xitoyga murojaat qildi va Xitoy o'zining hali ham formal vassali hisoblangan Vyetnamga yordam qo'shinini jo'natdi. 1883-yili vyetnamliklar fransuzlarga Xanoy yaqinida bir qator zarbalar berdi. Urush avjiga chiqqan paytda imperator Ti Dik vafot etdi va saroydagi turli guruhlar o'rtasida taxt uchun kurash boshlanib ketdi. 1884-yil mayda Fransiya bilan Xitoy o'rtasida shartnoma imzolanib, unga ko'ra Xitoy qo'shinlari Vyetnamdan chiqib ketdi. Shu yili avgustda Fransiya bilan Vyetnam o'rtasida protektorat to'g'risida shartnoma imzolandi. 1885-yili imzolangan shartnomaga ko'ra Xitoy Vyetnam ustidan Fransiya protektoratini tan oldi va o'z syuzerenitetidan voz kechdi. Fransuzparast Vyetnam zodagonlari fransuzlar yordamiga tayanib 1885-yili taxtga Dong Kxanni o'tkazishdi. Shundan keyin ham, to XIX asrning oxirigacha fransuzlarga qarshi qurolli harakat to'xtamadi. Bu kurashning ko'zga ko'ringan arboblari Fam Din Fung va Xoang Xoa Txamlar bo'ldi. 1874-yilgi Saygon shartnomasining imzolanishi fransuzlarning Markaziy va Shimoliy Vyetnam hududlariga kirib borishi uchun imkoniyat yaratdi. 1885-yil imzolangan Tyandzin shartnomasidan keyin Vyetnam tarixida yangi davr - Fransiya mustamlaka imperiyasi tarkibidagi davri boshlanadi. 1887-yili Fransiya Hindixitoy ittifoqining tuzilganligini eʼlon qildi. Unga Vyetnam uch qismdan iborat tarkibda qo'shildi: bitta mustamlaka - Koxinxina - va ikkita protektorat - Annam va Tonkin. Bularning har biri fransuzlarga tobe bo'lgan o'z maʼmuriyatiga ega edi.

Download 24,92 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish