Мавзу: “Teatr tarixi” kursiga kirish



Download 0,55 Mb.
Pdf ko'rish
bet50/63
Sana01.11.2022
Hajmi0,55 Mb.
#859085
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   63
Bog'liq
театр тарихи (жахон маъруза)2

BERTOLT BREXT (1898-1956-y.. 
Bertolt Brext o'z ijodi bilan XX asr nemis dramaturgiyasining eng yuqori 
kamolot cho'qqisini belgilab berdi. Brext pyesalari, bu pyesalarni muallifning o'zi 
tomonidan amalga oshirilgan sahnaviy talqinlari, u kashf etgan «epik drama» 
nazariyasi — bularning jami favqulodda yangiligi bilan misli ko'rilmagan san'at 
voqeligiga aylandi. 


 
Brext badavlat oilada tug'ildi, gimnaziyada, so'ng Myunxen dorilfununida 
tibbiyot sohasida tahsil ko'rdi, harbiyga xizmatga chaqirilib, sanitar sifatida xizmat 
qildi. U hokimiyat tepasiga Gitler kelishi bilan Germaniyani tark etadi, o'n besh 
yillik umrini Shvetsariya, Avstriya, Shvetsiya, AQSH mamlakatlarida muhojirlikda 
o'tkazadi. 1948-yildan u Berlinda istiqomat qila boshlaydi. 1949-yili Brextning 
«Berliner Ansaml» teatri tashkil topadi. 
Brext o'z teatrini «noaristotelcha», «noan'anaviy» teatr deb atadi. Brext bunday 
teatrning shakl-shamoyillarini o'ttiz yildan ko'proq davr mobaynida ishlab chiqdi. 
Brextcha teatr nazariyasi uning «Uch pullik opera»ga izohlar (1928), «Ko'cha 
sahnasi» (1940), «Teatr uchun kichik orgonon» (1953) asarlarida bir qadar to'la 
ifoda etilgan. 
Brext Ibsen, Chexov, Gorkiy O'Nil, Shou o'ziga o'xshashmagan dramaturglar 
ijodiga yuqori baho berdi. U romonnavislardan yurtdoshi Deblin, amerikalik Dos 
Passos, irland Joys tajribalarini qunt bilan o'rgandi. Brextgina emas, uning 
maqolalarida nomi qayta-qayta qayd etilgan, masalan, deblin ham epik san'at, 
eposni qayta qurdirish va shu asosda qayta roman yaratish haqida tez-tez so'z 
ochadi. Bu va boshqa adiblar tilida «epos» so'zi ma'lum o'ziga xos 'ma'noda 
aytilgan bo'lsada, lekin aniq ma'noga ham ega edi. Yangi badiiy tamoyilga ko'ra, 
asosiy diqqat insonning ichki olamiga emas balki uning ijtimoiy vaziyatga, 
ijtimoiy zulm tarzida qay darajada bog'liqligiga qaratilishi lozim edi. 
1927-yili yozilgan ushbu «U askar nima, bu askar nima» pyesasida aynan shu 
shartlilik usuli Germaniyada fashizm bosh ko'tarib chiqishi sharoitida siyosiy g'o'r, 
to'pori kishilarning g'ayriinsoniy siyosat qarmog'iga ilinishidek dolzarb mavzuni 
alohida bo'rttirib ifodalash imkonini berdi. 
Brextning deyarli barcha pyesalari (jumladan, «Parivash Ioanna» (1929), 
«Sezuanlik sahiy odam» (1940) matal-masal shaklida yozilgan bo'lib, u shu usul 
yordamida o'zi uchun muhim ba'zi muammolarni, xususan, insonning tabiatiga zid 
masalalarni o'rganish va anglashga muvaffaq bo'ldi. Drama-masal shaklining o'zi 
Brextdan «holi o'qish» qoidasini ishlab chiqishni talab etgan edi. 


 
Brext ko'zlagan asosiy muddao va maqsad pyesada tomoshabin hukmiga 
havola etilgan saboqning tarbiyaviy ahamiyatini alohida bo'rttirib ko'rsatishdan 
iborat edi. Brext ma'rifiy tarbiya, o'gitgo'ylikka haddan ziyod darajada e'tibor 
qaratib, teatrning ko'ngil ochish tabiati hisobiga uning saboq, o'git beruvchilik 
jihatini kuchayritishga intilishi kutilgan natija bermadi. Shuning oqibatida 20-
yillarning oxiri, 30-yillaming boshida yaratilgan “0'quv pyesalari” («Xo'p 
deyuvchilar, «yo'q» deyuvchilar», 1929; «Goratsiy va Kuriatsiy», 1934) quruq 
o'gitgo'ylik ruhidagi pyesalar bo'lib qoldi. 
Shu bilan birga, Brext 20-yillarda ham «to'laqonli» pyesalar yaratgan. Bunday 
asarlar qatoriga avvalo «U askar nima, bu askar nima»dan keyin yozilgan “Uch 
pullik opera” (1928) pyesasini kiritish mumkin. 
«Uch pullik opera» 
pyesasi ikki asr muqadam ingliz dramaturgi Jon Gey 
yaratgan asarning qayta ishlangan nushasi edi. O'zgalar sujetidan foydalanish «epik 
teatr»da «holi o'qish» usulini qo'llash yo'llaridan biri bo'lgan: bu holda muallif 
muddaosi o'zining g'oyaviy intilishi bilan mumtoz pyesa tamoyili bilan o'zaro 
chatishuv orqali ro'yobga chiqarilgan. Bu yo'l tufayli «Uch pullik opera»da bir-
biriga zid ikki xil badiiy borliq ajib bir tarzda o'zaro chatishtirildiki, natijada, 
mazkur asar 20-yillar oxirida misli ko'rilmagan muvaffaqiyat qozondi. 
1939-yili Brext o'z ijodining eng yorqin namunasi bo'lmish «Onaizor Kuraj va 
uning bolalari» dramasini yaratadi. Unda o'ttiz yillik urush ortida bolalari bilan 
arava sudrab boylik yiqqan chayqovchi Anna Firling haqida hikoya qilingan. 
Kurajning Eylif va Shvetsariyalik degan ikki o'g'li ketma-ket halok bo'ladi. Keyin 
soqov qizi Katrin vafot etadi. Kuraj bemehr ona emas; u bolalarini balo-qazodan, 
avvalo urushdan asrashga harakat qiladi; lekin urush uning hayot mazmuniga 
aylangan edi, shu urush tufayli boylik to'playdi, homilali bo'ladi, farzandlar ko'radi; 
Kuraj urush dahshatlarini bilgani holda uni qoralaydi, lekin maqtaydi ham. U o'z 
qilmishining qurboniga aylanadi; o'z baxtsizligininggina emas, xalq boshiga 
tushgan musibatning ham sababchisi bo'lib qoladi, o'z bolalarining o'limidan ham 
xulosa chiqarmaydi. Shu hol tomoshabinni yahada jiddiyroq o'ylash va hukm 
chiqarishga da'vat etadi. 


 
Brext o'z g'oyaviy niyatini shunday keng qamrovda, jonli voqealar orqali 
ifodalaydiki, bu uning hayratomuz layoqatidan darak beradi. Uning «Uch pullik 
opera», «Onaizor Kuraj» va 1940-yili yozilgan «Sezuanlik sahiy odam» asarlari 
o'tkir publitsistik pyesalar bo'libgina qolmay, ayni paytda chinakam shoirona 
ruhdagi asarlar hamdir. 

Download 0,55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   63




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish