O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O`RTA MAXSUS TA`LIM VAZIRLIGI
NAMANGAN DAVLAT UNIVERSITETI
Ijtimoiy-Iqtisodiy fakul’teti
«
Ijtimoiy-madaniy faoliyat
» kafedrasi
2- kurs talabalari uchun
«T E A T R T A R I X I»
FANIDAN
MA’RUZALAR MATNI
Bakalavriat
yo`nalishi: 5610400–ijtimoiy- madaniy faoliyat yo`nalishi
talablari
uchun
Namangan-2014
3-S E M E S T R U C H U N
1-Mavzu: “Teatr tarixi” kursiga kirish
Reja:
1.
“Teatr tarixi” kursining maqsad va vazifalari.
2.
Teatr san’atining kelib chiqishi va rivojlanishi.
3.
Jahon teatrining taraqqiyot bosqichlari.
Maqsadi.
Talabalarga teatr san`atining paydo bo`lishini, uning hozirgi kunga
qadar bosib o`tgan yo`li, qadimiy antik davrdan XXI asrgacha bosib o`tgan yo`li,
har xil davrlarda har xil teatr yo`nalishlarning paydo bo`lishi
va ularning sahna
san`ati rivojiga ta`sir ko`rsatishi, buyuk sahna san`atkorlari, teatr janrlari haqida
tushuncha beradi. Alohida o`zbek milliy teatrining bosib o`tgan yo`li, ayniqsa,
mustaqillik yillarida O`zbekiston Respublikasi Prezidenti va hukumatining san`at
haqida farmon va qarorlari haqida tushuncha beriladi.
Vazifasi.
Ijtimoiy-madaniy faoliyat yo’nalishi talabalarini talab darajasida teatr
san’atining vujudga kelishi va shakllanishning tarixiy bosqichlarini bayon etish
orqali tinglovchilarda fan yuzasidan ilmiy tasavvurni hosil qilishdan iborat.
Teatr (yunoncha theatron- tomosha joyi, tomosha) tomoshaviy san'atning
asosiy turi. Teatr san'atining tarkibiy yo‘nalishlari-Dramatik teatr, opera, balet,
pantomimo va x.k. ko‘rinishlarga ega. Ammo hozirgi davrda teatr atamasining
mazmuni serqirra bo‘lib kelgan. Jumladan “teatr” so‘zi qo‘shimcha
ravishda ushbu
hollarda ham qo‘llaniladi:
1.
Spektakllar qo‘yish yoki unga muvofiqlashtirilgan binolar
2.
Muassasa, idora-spektakllar ko‘rsatuvchi jamoa, shuningdek, spektakllar
prokatini amalga oshiruvchi uyushma (maslan, Muqimiy teatri, Ilxom teatri
gastrollari va sh.o‘.)
3.
Dramaturgik va boshqa saxnaviy asarlarning ma'lum bir uslubiyotga asoslangan
majmualari (“Uyg‘onish davri teatri”, “Myuler teatri”, “O‘zbek teatri”,
“Mannon Uyg‘ur teatri” va x.k.)
4.
Ko‘chma ma'noda “Qandaydir voqyea-xodisalar joyi (xarbiy xarakatlar teatri,
anatomik teatr va x.k.)”
Teatrning tug‘ilishi yoki kelib chiqishi yer sharining barcha qit'alarida asosan
bir xil tarzda ya'ni ibtidoiy davrlarda marosimiy xatto xarakatlarga bog‘liq
holda
kechgan, lekin har bir makonda teatrning taraqqiyot yo‘llari tarlicha bo‘lib o‘tgan.
Teatr san'ati boshqa san'atlardan farqlashuvchi o‘zigagina xos xususiyatlarga
ega. Bu – eng avvalo teatrning sintetik xususiyatidir. Teatr asarlari barcha
san'atlarni o‘z ichiga osonlik bilan qamraydi, jumladan, adabiyot, musiqa,
tasviriy
san'at (xaykaltaroshlik, grafika va x.k) vokal, xoreografiya va boshqa san'atlar;
shuningdek fan va texnika yutuqlarida qo‘llanadi. Masalan ijodga oid ilmiy
tadqiqotlar, shuningdek, tarix, sotsiologiya, fiziologiya, meditsina (xususan salis
nutqi va saxna xarakati uchun) Texnika sohasida erishilgan yutuqlar sahna
texnikasining taraqqiyotiga va yangi imkoniyatlariga zamin yaratadi. (tovush va
shovqin yaratish sohasi, yoritish texnologiyasi) yangi saxnaviy effektlar (masalan,
sahnani tutun bilan qoplash va x.k va x.k) Teat, boshqacha aytganda, hyech narsani
nishxo‘rtga chiqarmaydiyu.
Ikkinchidan o‘ziga xosligi uning jamoaviy san'atligi
biroq bu tushuncha ancha
murakkab xarakterga ega. Ya'ni, jamoaviy san'at deganda spektakl yaratuvchilari
(aktyorlardan tortib texnik xodimlargacha) ning ijodiy xamkorligigina bilan
cheklanib bo‘lmaydi, zotan harqanday teatr san'atining yana bir tarkibiy qismi
tomoshani ko‘ruvchi, eshituvchi, o‘z munosabatini turli tarzda bildiruvchi va ta'sir
ko‘rsatuvchi tomoshabinni yodda saqlash kerak. Tomoshabinsiz teatr
spektaklini
tasavvur qilib bo‘lmaydi. “Teatr” atamasining o‘zi tomoshabinlar joyi bilan
bog‘liq. Teatr spektakliga tomoshabinlar munosabatini, tomoshabin buni anglash
va anglamasligidan qat'iy nazar muhim ijodiy ish hisoblanadi. Shundan kelib
chiqqan xoda teatr san'atining uchinchi xususiyati-uning ma'lum bir lahzaligidir.
Har bir spektaklning umri-uning o‘ynalayotgan vaqti xolos. Uni
ikkinchi marta
xuddi birinchisidek qaytarilish mumkin emas. Hatto kino va teletasmalarga yozib
ko‘chirilgan spektakllarda ham teatrda, tomoshabin ko‘z o‘ngida bo‘lib o‘tgan ijro
qayta jonlanmaydi.