Мавзу: “Teatr tarixi” kursiga kirish



Download 0,55 Mb.
Pdf ko'rish
bet52/63
Sana01.11.2022
Hajmi0,55 Mb.
#859085
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   63
Bog'liq
театр тарихи (жахон маъруза)2

SAHNA SAN'ATI. 
Italiyada azaldan umummilliy teatrlar qatori shevalar, ya'ni 
mahalliy laxchalarda ish olib boruvchi teatrlar ham mavjud bo'lib kelgan. Bu xil 
teatrlar mamlakatning siyosiy tarqoqligi, viloyatlar o'zicha alohida-alohida bo'lib 
yashayotgan kezlarda paydo bo'lgan. Venetsiya, Neapol, Rim, Sitsiliya va boshqa 
hududlarda joylashgan teatrlar shular jumlasiga kiradi. 
Shu bilan bir qatorda realistik ijro an'analari ham yashashda davom etdi. Opa-
singil Irma va Emma Gramatikalar shunday sahna ustalaridan edi. E. Duze sahnani 
tark etgach Irma Gramatika (1873—1962) o'tmishdagi psixologik ijro maktabining 


 
mashhur davomchisi sifatida tanildi. U zamonaviy pyesalar hamda Ibsen, 
Gauptman, Meterlink kabi dramaturglarning asarlaridagi rollarni o'ynaydi, 
Goldoni, Shekspir qahramonlarining siymosini yaratadi. Uning qahramonlari 
nozik, xushro'y, samimiy va ruhan beg'uborligi bilan ajralib turardi. 
Emma Gramatika (1875—1965) ham Ibsen, Gauptman, Shou pyesalari boshqa 
ko'plab mumtoz asarlarda rollar o'ynagan. Lekin uning ijodiy ufqi bir qadar 
cheklanganidan ko'proq modernistik asarlarda dovrug' taratadi. U Italiyada birinchi 
bo'lib Shouning «Parivash Ioanna» asarida Ioanna rolini o'ynaydi. 
Emma sahnada uzoq qolib, ikkinchi jahon urushdan keyingi yillarda ham rollar 
ijro etadi. Irma esa 1935-yildan drama san'ati Akademiyasida pedagog sifatida 
ishlay boshlaydi. 
Bir vaqtlar Italiya drama teatri shuhratini dunyoga taratgan psixolgik ijro 
maktabi borgan sari o'z tarovatini yo'qotib, tanazzulga yuz tutadi. Tarixning hukmi 
shu edi. 
ISPAN TEATRI GARS IA LORKA (1898-1936
-y.). 
Federiko Garsia Lorka Granadaga yaqin Fuyentevakeros qishlog'ida tavallud 
topgan. U Granada dorilfununida bir yilcha tahsil ko'rgach, 1919-yili Madridga 
keladi, 1921-yildan uning she'riy to'plamlari nashr etila boshlaydi. Ota-onalarini 
ko'rish uchun Granadaga kelganda Lorka qamoqqa olinadi va 1936-yil 15-avgustda 
fashistlar tomonidan otib tashlanadi. 
Granadaning ulug' farzandi bolalik chog'idan poeziyaga, dramaturgiya, musiqa, 
rangtasvir sohasida o'z layoqatini ko'rsatib boradi. Go'zallikka moyillik, uni butun 
borlig'icha tarannum etish bir umrga Lorka ijodi uchun bosh xususiyatga aylanadi. 
U Ispan jamiyatini qoplab olgan jaholatga qarshi beg'ubor, sog'lom kuchlarni 
tarannum etdi. Muallif tomonidan uch pardali xalq dramasi deb atalib «Maryana 
Pineda» (1932) nomida dunyoga chiqqan dramasi shunday asarlarning dastlabkisi 
edi. Unda isyonchilarning qamoqdan chiqishiga yordam ko'rsatganligi uchun qatl 
etilgan Maryana Pineda obrazi fusunkor lirik sahnalarda tasvir etilgan. Pyesada 
erkinlik yo'q yerda sevgi bo'lmas, sevgisiz erkinlik erkinlik emas, degan fikr olg'a 
surilgan. 


 
Lorka ijodiga xos shoirona timsoliy uslub tamoyillari uning «Dehqonlar 
tragediyalari» (1933—1936)da yaqqol namoyon bo'lgan. Bu asarlar o'z g'oyaviy 
yo'nalishi jihatidan ham, badiiy-estetik tamoyillariga ko'ra ham chinakamiga xalq 
fojialaridir. Ularda Lorka xalq tasavvuriga monand tarzda olamning yaxlitligi 
g'oyasini olg'a surgan. «Dehqonlar tragediyalari» qahramonlari favqulodda kuchli 
ehtirosli qahramonlardir. 
«Qonli to'y» asari qahramonlari ham bunday fazilatlardan holi emas. Sevgan 
yigitining onasiga Kelin sevgidan «kuyib ado bo'lgani» haqida ochiqchasiga so'z 
ocharkan, «U qamishlarni shildiratishi, shovqinli to'lqinlari bilan meni o'ziga rom 
etgan daryo edi», deydi. Shu so'zlar bilan sahnaga turmush ikir-chikirlarini yo'qqa 
chiqarib qudratli tabiat epkini kirib keladi. «Dehqonlar tragediyalari» qahramonlari 
shoirona tasavvur olamida erkin javlon urib yashovchi va ayni chog'da zalolatli 
jamiyatning qurbonlari tarzida ko'rinadilar. 
Lorka qahramonlari mutelikdan xalos bo'lib, isyonkorona qalb sohiblari tarzida 
yetilib, kamolotga erishib boradilar. Ular o'z tabiatiga zid holatlar silsilasida ruhan 
toblanadilar, oxiri ularning quyoshli Ispaniya osmoni ostida qudratli kuch ato etgan 
o'tli his-ehtiroslari dafatan sirtga qalqib chiqadi. 

Download 0,55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   63




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish