AMERIKA QO'SHMA SHTATLARI TEATRI.
Amerika Qo'shma Shtatlarida
teatr san'ati XX asrning dastlabki o'n yilliklarida tarkib topdi. Amerika
dramaturgiyasi Ovro'po dramaturgiyasidan orqada qolgan edi. Yangi asr boshida
Mark Tvenning qudratli realistik ijodi ta'siri ostida Amerika adabiyotida T.
Drayzer, E. Sinklar, S. Lyunsdek izchil naturalist adiblar maydonga chiqadi.
Teatrni esa tijorat tizimi egallaydi. Sahna san'ati chayqovchi antreprenyorlar
qo'liga o'tib ketadi. Dramaturgiya va teatr sohasida 1920-yillardan keskin o'zgarish
yuz bera boshlaydi. Ba'zi Amerika teatr tanqidchilari O'Nilning «Ufq ortida»
pyesasi qo'yilgan 1920-yilni zamonaviy AQSH teatrining boshlang'ich sana deb
hisoblaydilar.
O'Nil ijodining ahamiyatini AQSHda adabiyot sohasida birinchi bo'lib Nobel
mukofotiga sazovor bo'lgan adib S. Lyuis juda aniq ta'riflab bergan: «O'Nilning
Amerika teatri oldidagi xizmati shunda bo'ldiki, u qandaydir o'n-yigirma yil ichida
bejoqli soxta komediyadan iborat dramamizni butkul o'zgatirib yubordi va o'zi
yaratgan drama bilan ulug'vor, dahshatli va ulkan olam barpo etdi».
YUJIN O'NIL (1888-1953-y.).
Yujin O'Nil atoqli aktyor Jeyms O'Nil oilasida
tug'ilgan. U otasi ishlagan teatr yo'laklarida yurib katta bo’ladi, Prinston doril-
fununida bir yilcha o'qidi, so'ng mustaqil hayot kechirish yo'liga kiradi. 1916-yili
«Provinstaun» teatriga yaqinlashadi va 1920-yillar davomida shu teatr bilan
hamkorlikda ishlab, pyesalarining sahna yuzini ko'rishiga erishadi «Kit yog'i»,
«Ufq ortida” (1919), «Ahna Kristi» (1921), «Alvasti maymun» (1922), “Bashar
bolalarinino barchasiga qanot berilgan” (1923), «Qayrag'och soyasida» (1924)
shunday dramatik asarlardir.
Bir pardali «Kit yog'i» pyesasi O'Nil ijodining ilk bosqichi uchun ibrat bo'larli
asardir. Voqea ikki yildan buyon, ummon qarida suzayotgan kit ovlash kemasida
ro'y beradi. Dengizchilardan omad yuz o'girgan edi: kemani muz qoplab olgan,
omborlar bo'shab qolgan deginzchilar uyga qaytishni talab qilar, kapitan Kini esa
dengizchilarning iltijolariga qaramay, matonat bilan shimolga intilar «shaytonga
qasd qiidim», kit yog'ini qo'lga kiritmay uyga qaytish yo'q, der edi. U pul topish
dardida yoki qandaydir sarkash g'urur, o'jarlik epkini emas, balki qalbining tub-
tubidan otilib chiqayotgan botiniy bir kuch uni shimol tomonga da'vat etayotganini
safdoshlariga tushuntirmoqchi bo'ladi. Bu shunday aqlbovar qilmas har qanday
to'siq va qiyinchiliklardan ustun turuvchi kuch edi.
1921-yili sahnaga qo'yilgan «Anna Kristi» asari muallifni birinchi darajali
Pulitser mukofotiga sazovor etdi. Pyesa asosida asar qahramoni Anna Kristini
ko'mir tashuvchi kema kapitani — otas Kris Kristofersonning uyiga kelishi voqeasi
yotadi. Anna vafot etgach, besh yoshligida G'arbdagi qarindoshlarinikiga
yuborilgandan buyon o'z otasini ko'rmagan edi. Ishratxona, qamoqxona bormi,
kasalxonami, jamiki do'zax azobini ko'rgan yigirma yoshlik Anna hayotni qayta
boshlash ilinjida, otamga ortiqcha dahmaza bo'lamanmi, degan hayollar bilan
otasinikiga kirib keladi. Lekin ishlar boshqacha bo'lib chiqadi, kapitan mehribon,
e'tiborli ota edi. Anna qalban qayta tug'iladi, dengiz sohilida Met Berk degan
dengizchi bilan topishib, sevishib qoladi. Berk ko'nglini rom etgan Annaga
uylanishga tayyor, lekin Annaning o'tmishini bilmog'i shart. Annaning o'zi ham
otasi ham shuni istaydi. Annaning ayanchli o'tmishi, tavba-tazarrulari Berkni ham,
otasini ham larzaga soladi. Berk va Kristi kemaga yollanib dengizga suzib
ketadilar, Anna esa ularning qaytishini kutib qirg'oqda qoladi.
O'Nilning 20-yillar birinchi yarmida yozilgan asarlari orasida «Qayrag'och
soyasida» asari juda katta muvaffaqiyat qozondi. Bu, muallif nazdida, yangicha
tragediya edi. Asar voqeasi XIX asr o'rtasida yangi Angliyada yetmish besh yoslili
Efraim Kebot fermasida ro'y beradi. Pyesaning yetakchi ohangi boshdanoq ma'lum
bo'ladi. Dramada uch qahramon zo'r umumlashma darajasiga ko'tarilgan. Bunga
muallif hayotiy muhit va qahramonlarning faoliyatini muttasil tasvirlash orqali eri-
shadi. Bu drama — L. Tolstoyning «Zulmat uyasi» asariga o'xshash dahshatli bir
drama. Efraim mulki — xo'jaligiga shu qadar berilganki, hatto bolalariga bo'lgan
mehri buning oldida bir pul. Efrairnning o'g'li Ebin ham mulkparast; shu uyga
avval Efraimga, keyin Ebinga xotin bo'lib kelgan Abbi ham «mening fermam»,
«mening uyim» qabilida mulkparastlik kasaliga yo'liqqan ayol. Voqealarning ilvoji
ichki kurashlar orqali qahramonlar qarashlarida keskin o'zgarishlami sodir etadi.
Ebin bilan Abbi orasida paydo bo'lgan muhabbat mulkchilik hissini parchalay
boshlaydi. Ebbi o'tmishini xotiradan o'chirish, yangi qaylig'i Ebinga butkul
sodiqligini isbotlash niyatida o'z bolasini o'ldiradi. Qahramonlar og'ir fojiona
jazavaga tushish orqali hayotning asl ma'no va mohiyati nimada ekanini anglashga
intiladilar.
O'Nil psixologik dramalar qatori ekspressionizm uslubiga oid pyesalar ham
yozdi. Ekspressionizm dastlab Germaniyada rivojlangan bo'lsa-da, u 20-yillar
Amerika san'atiga anchagina ta'sir ko'rsatgan. O'Nil o'zning ekspressionistik
ruhdagi pyesalarida burjua taraqqiyotida ko'ringan jarohatlami ochib tashladi,
zamonning muhim ijtimoiy muammolarini ko'tarib chiqdi. «Alvasti maymun»
pyesasida tabaqaviy to'qnashuv mavzusini tadqiq etgan bo'lsa, «Imperator Jens»,
«Bashar bolalarining barchasiga qanot berilgan» asarlarida irqiy adovat
muammosini ko'tarib chiqdi.
O'Nil «Bashar bolalarining barchasiga qanot berilgan» pyesasida
ekspressionistlarning nazariy qoidasidan yana ham chetga chiqqan. Pyesa
Amerikada keskin tus olgan irqiy tengsizlik mavzusiga bag'ishlangan. Dramaning
birinchi qismi ekspressionizm odatdagi qoidalar doirasida yozilgan. Betinim,
shitob bilan birma-bir almashinuvchi kichik lavhalarda asosiy qahramonlardan Ella
va Jimning yoshlik choqlari, o'zaro oila qurishi va Amerikani tark etishigacha
bo'lgan hayoti tasvirlanadi. Ikkinchi pardada voqea kechimi sekinlashib, uning
o'rnini qahramonlar taqdirida yuz bergan fojiona kechmishning ruhiy tadqiqi
egallaydi. Muallif diqqat-e'tiborni qahramonlarning izdan chiqqan xasta ruhiyatini
tadqiq etishga qaratib, oq tanli Ella va qora tanli Jimning ijtimoiy va irqiy
tengsizlikdan qadr-qimmati, nafsoniyati toptalib, ruhan ezilib halok bo'lishini
ko'rsatadi.
«Ulug' tangri Braun» (1926) pyesasida O'Nil niqoblardan yana ham keng
foydalanadi. Bu boradagi tajribalarni umumlashtirib, u 1932-yili «Niqoblar haqida
bayonnoma» degan risola yozadi. O'Nil L. Pirandelloning ta'sirida insonni
tushunish uchun uni niqob ostida ko'rish lozim, - deb yozgan edi. Zero, «Insonning
tashqi hayoti - o'zgalarni anglashdagi yolg'izlik holati, ichki hayoti, o'zini o'zi
anglashdagi yolg'izlik holati», deb shrxladi u.
Qahramonlar niqoblarni kiyish, yechish orqali o'zlarining ongi tubida yuz
berayotgan o'zgarishlarni ko'rgazmali tarzda ifoda etishga erishadilar. O'Nil ijodi
aynan shu yo'lda, inson qalbi ichki hayoti murakkabligini yanada teran va to'la-
to'kis ko'rstish yo'lida rivojlanib bordi. 1930-yillar bo'sag'asida yaratilgan «G'alati
interlyudiya» (1928), «Motamsaro Elektra» (1931) dramalari shu yo'nalishdagi
yirik muvaffaqiyatlarga aylandi.
1934-1946-yillar orasida O'Nil «O'zini o'zi aldagan mulkdorlar tarixi» degan
epopeyasini yaratadi. 1946-yilgi intervyusida dramaturg bu epopeyaning falsafiy
asoslari haqida to'xtalib, shunday degan edi: «Men shunday aqidaga suyanamanki,
Amerika Qo'shma Shtatlari jahonda eng katta yutuq egasi bo'lish o'rniga eng katta
yutqizish egasi bo'lib qoldi. U
boshqa biron-bir mamlakat ega bo'lmagan
imkoniyatlar sohibi bo'lgani uchun ham shunday bo'ldi. AQSH g'oyatda tezkor
rivojlangani holda chinakamiga chuqur ildiz ota olmadi. U qalbdan tashqari
nimalarnidir egallash orqali qalb otttirmoqchi bo'ldi. Va oxir-oqibatda o'z qalbidan
ajraldi. Bu haqda «Bibliya»da allaqachon «butun dunyoni egallagan odam nimaga
ega bo'ladi, hech narsaga, lekin ayni paytda o'z qalbini yo'qotadi», deb juda soz
aytilgan, hikmat misoli bizning to'g'rimizda aytilganga o'xshab ko'rinadi.
O'Nilning keyingi pyesalari uning ijod gultoji misol e'tiborni o'ziga tortadi.
«Zulmat ichra kechgan sayohat» pyesasi bular orasida alohida ajralib turadi. «Qon
bilan yozilgan» bu pyesa muallif tirikligida emas, balki uning vafotidan to'rt yil
o'tgandan keyin nashr etilgan. O'Nil unda o'tgan zulmatli kunlarga qaytib,
hayotning uqubatli kunlari haqida hikoya qilib bergan.
Ulug' Amerika dramaturgi Yujin O'Nilning ijodi butun dunyoda e'tirof etildi.
«Yaratuvchilik qudrati baland, shiddatkor hislarga to'la va mustaqil tragediya
tamoyillariga ega drama asarlari uchun” O'Nilga 1936-yili adabiyot sohasida
Nobel mukofoti berilgan. Uning jahon dramaturgiyasiga ko'rsatgan ta'siri
alohidadir.
Do'stlaringiz bilan baham: |