Мавзу: “Teatr tarixi” kursiga kirish


ITALIYA TEATRI. LUIDJI PIRANDELLO



Download 0,55 Mb.
Pdf ko'rish
bet51/63
Sana01.11.2022
Hajmi0,55 Mb.
#859085
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   63
Bog'liq
театр тарихи (жахон маъруза)2

ITALIYA TEATRI. LUIDJI PIRANDELLO (1867-1936-y.). 
Italiya adabiyoti 
chuqur tanazzulga yuz tutgan davrda inson hayoti va qismatiga xolisona 
munosabatda bo'lib, italyan teatrida yangi badiiy yo'nalishning chinakam 
ijodkoriga aylanish faqat yakka-yolg'iz Luidji Pirandelloga nasib etdi. 
Pirandello Sitsiliyada tavallud topdi. Rim, so'ngra Bonn dorilfununlarida tahsil 
ko'rdi. Rimda turg'un bo'lib qolib, shu yerda adabiy faoliyatini boshlaydi. 
Pirandello mahalliy turmush ikir-chikirlarini ifoda etishga qaratilgan verizm 
uslubidan aqliy-tahliliy uslubgacha bo'lgan yo'lni bosib o'tib, proza ustasi bo'lib 
tanilgach, dramaturgiyaga o'tadi. U o'z dramaturgiyasi bilan 1910-yillari italyan 
verizm uslubiga xotima yasaydi. «Liola» (1916) asarida u J. Verga bilan 
munozaraga kirishib, pyesadagi to'qnashuv qishloq turmush tarzi bilan emas, balki 
ishtirok etuvchi shaxslar qarashlarining ziddiyatliligi bilan bog'liqligini izohlab 
berdi. «Shunday o'ylasangiz, shundayda» (1917) dramasi voqeasini falsafiy 
musohaba asosiga qurdi. «Ahmoqona qalpoq» (1917) va «Ezgulik halovati» (1918) 
pyesalarida sahnaga hayot nobopligidan azobda qolgan «abgor odam»larning 
mubolag'ali qiyofalarini olib chiqdi. Lekin ularda zarracha ko'tarinkilik ruhi yo'q 
edi. Muallif tirikchilik tashvishiga mubtalo «kichik odam»ning dard-
kechinmalarini qaynoq xayrixohlik tuyg'usi bilan tasvirlaydi. Parokanda borliq 
bilan aynan «kichik odam»ning to'qnash kelishi hayotning beburdlik holatini 
yanada yorqinroq ochilishiga olib keladi. 
Pirandello ijodining gullash davri 20-yillarga to'g'ri keldi. Dramaturg «O1ti 
personaj muallifini izlaydi» (1921) degan mashhur pyesasida o'z ijodining 
kashfiyotchilik qudratini to'la-to'kis namoyon etdi. U ijtimoiy ziddiyatlarni 
e'tibordan holi qoldirmay, drama voqealarini g'oyat tomoshaviy ruhda tasnif etdi. 


 
Bu asar hayotga o'xshashlik tarzi bilan shartli teatrona ifodaviylikni 
uyg'unlashtirishda XX asr jahon sahnasida namuna bo'lib xizmat qildi.
«O1ti personaj muallifini izlaydi» pyesasida Pirandello qadimgi «sahnada 
sahna» teatr usulidan foydalangan edi. Keyinroq shu usulda yana «Har kim 
o'zicha» (1924) va “Bugun badihago'ylik qilaylik” (1929) degan ikki pyesasini 
yozadi. Muallif yuqoridagisiga shu ikki pyesani qo'shib, ularning “Teatr 
trilogiyasi” tarzidagi rejissorlik tahlilini yaratdi. 
Yigirmanchi yillar Pirandello uchun teatrda sabotli izlanishlar, eng yetuk 
pyesalar yaratish va italyan teatrini ijodiy va tashkiliy qayta qurish, Ovro'poning 
eng yirik rejissorlari bilan hamkorlik qilish yillari bo'ldi. Lekin Pirandelloning bir 
qator rejalari, xususan, milliy davlat teatrini tashkil etish rejasi amalga oshmay 
qoldi, Pirandello ijodi g'oyaviy jihatdan fashizmga qarshi qaratilganidan u 
hukmron doira tomonidan tazyiq ostiga olina boshladi. 1924-yili Nobel mukofoti 
bilan taqdirlangan Pirandello bu voqeani yakka o'zi tanholikda nishonlaydi, hatto, 
do'stlari ham uni tabriklashga jur'at etolmaydilar. O'z yurtida yashash g'urbatga 
aylanganidan dramaturg umrining so'nggi yillarini 14 pyesasi sahnalashtirilgan 
Fransiyada o'tkazadi. 
Dramaturg «Tog' pahlavonlari» asari ustida ishlash chog'ida og'ir xastalikka 
uchrab, dunyodan ko'z yumadi. Pirandello cherkovona diniy mulozamat bilan ham, 
dunyoviy tantanali marosim bilan ham dafn etilishini man qilib, hoki sochib 
yuborilishini vasiyat qilib qoldirgan edi. Shu zaylda dramaturg o'z dafn 
marosimidan g'ayri maqsadlarda foydalanish imkonini yo'qqa chiqardi. 

Download 0,55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   63




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish