Мавзу: “Teatr tarixi” kursiga kirish



Download 0,55 Mb.
Pdf ko'rish
bet59/63
Sana01.11.2022
Hajmi0,55 Mb.
#859085
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   63
Bog'liq
театр тарихи (жахон маъруза)2

 
Italiya teatri.
1950-yillarning boshlarida Italiyada xalqaro miqyosda e'tirof 
etilgan san'at dunyoga keldi. Bu, avvalo, kino san'atida «neorelizm» nomi bilan o'z 
ifodasini topdi. Roberto Rasselinining «Rim ochiq shahar» filmi italyan 
kinosidagina emas, shu qatori umumjahon kino san'atida ham yangi davrni boshlab 
berdi. 
Urushdan keyingi italyan dramaturglari orasida ikki yirik dramaturg alohida 
o'rin tutadi. Bular realist san'atkorlardan Alberto Moravia va Eduardo De Filippo 
edi. Birinchisi tez-tez teatrga murojaat etuvchi adib hisoblansa, ikkinchisi aktyor, 
rejissor va dramaturg sifatida ko'rindi. Moravia asarlari teatrga aylanuvchi adabiyot 
bo'lsa, De Filippo komediyalari adabiyotga aylanuvchi teatrdir. 
Eduardo De Filippo (1900—1984) bolalik chog'idayoq o'zini teatr quchog'iga 
urgan edi. U 1916-yili birinchi ustozi Eduardo Skarpet truppasiga kiradi va opasi 
Titana bilan birgalikda rollar o'ynaydi, 1930-yili esa opasi va ukasi Peppino bilan 
o'z truppasini tuzadi. 
Eduardo De Filippo dramaturgiyasi urushdan keyingi yillarda gullash 
bosqichiga kiradi. U «Neapol — millionerlar shahri» (1945), «Filumena 
Marturano» (1946) asarlari bilan Italiyaning eng yirik realist san'atkorlari qatoriga 
kiradi. 
Eduard De Filippo asarlari hozirjavobligi bilan tomoshabinlarni o'ziga maftun 
etardi. U italyan zamonaviy hayotini chizishga juda usta edi. «Komediya san'ati» 
(1965), «Silindr» (1966), «Shartnoma» (1967), «Haykal», «Imtihon hech qachon 
tugamas» (1973) komediyalari italyan dramaturgiyasining eng sara namunalariga 
aylandi. 1973-yili eng sara dramatik asarlari uchun xalqaro mukofot berilar ekan, u 
o'z ijodi haqida shunday degan edi: «Mening pyesalarim asosini shaxs bilan 
jamiyat o'rtasidagi ziddiyat belgilaydi.
Sahna san’ati. 
Italiya poytaxti Rimda har oqshom qirqtadan ortiq tomosha 
namoyish etiladi. Milandagi mashhur «La Skal» teatridan keyin ikkinchi o'rinda 
turuvchi Rim opera teatri, Italiyaning eng yetuk drama teatrlari, turli estrada, 
operetta, tungi klublar har oqshom o'n minglab rimlik va mehmonlardan iborat 
san'at ishqibozlarini o'z bag'riga oladi. 


 
Bir necha asr davomida o'zgarishsiz kelayotgan italyan drama teatrlari tizimi 
urushdan keyingi yillarda tub o'zgarishlarga duch keladi. 
1947-yilning 14mayida Milanda «Pikkolo Teatro di Milano» degan birinchi 
italyan stabile — teatri M. Gorkiyning «Tubanlikda» asari bilan o'z pardasini 
ochadi. 
Jorj Streler (1921-1997) Milan «Pikkolo» teatrining asoschilaridan biri bo'lib, 
u jamoaning tashkiliy davridan uning repertuariga milliy va jahon mumtoz 
dramaturgiyasi hamda zamonaviy asarlarni kiritib keldi. 
Streler tomonidan sahnalashtirilgan Goldonining «Ikki boyga bir malay» asari 
misolida teatrda doimiy yashovchi milliy spektakl dunyoga keldi. U “teatrda teatr” 
shaklida qo'yilgan edi: Goldoni davrining sayyoh truppa aktyorlari shahar 
maydoniga qurilgan sahnada paydo bo'lishar va Arlekin haqidagi hangomaviy 
tomoshaga jon kiritishardi. Tomoshabin komediya voqeasi bahonasida XVIII asr 
aktyorlarining turmush tarziga guvoh bo'lishar edi. 
Zamonaviy italyan teatrining an'analar bilan bog'liqlik tarzi rejissyorning 
Pirandello asarlarining sahnaviy talqinlarida davom ettirildi. «Tog' pahlavonlari» 
(1947, 1966), «Bugun oqshom badihago'ylik qilamiz» (1949), «01ti personaj 
muallifini izlaydi» (1953), «Tentak» (1954) spektakllarida u fojiona 
to'qnashuvlarni ochib beradi. 
Strelar rejissurasiga xos falsafiy ko'lamdorlik, realistik tamoyillarning 
shoirona obrazlilik bilan uyg'unligi jahon dramaturgiyasi asarlarida, avvalo, 
Shekspirning «Richard II» (1948), «Qiyiq qiznirig quyilishi» (1949), « Richard 
III” (1950), «Yuliy Sezar» (1953), «Qirol Lir» (1973) va rus dramaturgiyasidan 
Ostrovskiyning «Momaqaldiroq» (1947), Gogolning «Revizor» (1952), 
Chexovning «Chayka» (1948) kabi asarlarida keng namoyon bo'ldi. 
Jorj Strelerning 1982-yili Parijda tashkil etilgan «Ovro'po teatri»ga rahbar 
sifatida taklif etilishi uning yuqori xalqaro nufuzidan darak beradi. Ushbu teatrning 
birinchi mavsumini ochish huquqi «Pikkolo» teatriga berildi. 
Milan «Pikkolo Teatro» si urushdan keyingi italyan teatri rivojiga kuchli ta'sir 
ko'rsatdi. 1951-yili teatr qoshida ochilgan teatr maktabi Rim drama san'ati 



Download 0,55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   63




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish