mashhur rollaridan edi. Olivye Hamletidan Gilgud qahramoniga xos zakovatlilik
va qalb og'riqlarini izlash behuda. Qora sochli, yelkador, metindek mustahkam
gavdali, yuz-ko'zini, bo'y-bastini jiddiylik qoplagan. Hamlet — Olivye jangchi
misol shiddatkorlik bilan qadam tashlab, Elsinor bo'ylab borardi. Uni alam va
qasos o'ti qiynar, qahru qat'iyati bo'lg'usi olishuvlar uning foydasiga hal bo'lishidan
darak berib turardi. Shubha va hadik unga yot edi. Tanqidchilar,
uning Hamletida
Hamletnamo o'ychanlikdan asar ham yo'q, deb ta'na qilganlari bejiz emas. Olivye
talqinining o'z mantiqi bor edi. Aktyor Daniya shahzodasi rolini urush arafasida
ro'y bergan ijtimoiy buhronlar, fashizm vasvasasi avj olgan shafoitda o'ynaganligi
uchun ham uni adolat yo'lida o’limdan ham tap tortmovchi kuchli
va mardonavor
shaxs tarzida talqin etgan edi.
30-yillar ingliz rejissyorlari, tabiiyki, yaqinlashib kelayotgan dahshatli
voqelarga nisbatan befarq turolmadilar. Davr sadosi Shekspir tragediyalari
bo'yicha yaratilgan eng sara spektakllarda o'z ifodasini topdi. F. Komissarjevskiy
tomonidan Stratforddagi «Shekspir xotira teatri»da qo'yilgan «Makbet» (1933) va
T. Gatri «0ld-Vik» teatrida sahnalashtirgan «Hamlet» (1938) shunday spek-
takllardan edi.
«Makbet» Stratforddagi «Shekspir xotira teatri»ning 1926-yili yonib ketgan
eski binosi o'rnida yangisi tiklangandan bir yil keyin dunyoga kelgan spektakl edi.
Biroz mavhum teatrona ko'tarinkilik usuliga moyil rejissyor Komissarjevskiy
Shekspir tragediyasini dag'al zamonaviy turmush tarziga ko'chirishga harakat qilib,
yarim afsona shotland tarixiy voqealarini 30-yillar siyosiy vaziyatiga
yaqinlashtirdi.
1940-yili «Old-Vik» teatrida bosh rolda Gilgud ishtiroki bilan «Qirol Lir»
tragediyasi qo'yiladi. Spektaklda Liming hayot yo'li ezgulikning uyg'onish yo'li
tarzida idrok etildi. Mahobatli moviy libos kiygan
takabbur hukmdor asta-sekin
g'am-iztirob chekishga qodir insonga aylanib boradi. Sahnadan-sahnaga o'tish bilan
uning ovozi mayin tortib, harakatlari sokinlik kasb etar, qalbida rahm-shafqat
ovozi baralla kuchayib borardi. Intihoda Lir — Gilgudning qoni qochgan, yuzi joni
uzilishidan dalolat berib turardi. Bu so'nggi lahzalar uning ko'ngil tugunlari
yechilib, ruhan poklangan holda foniy dunyoni tark etish lahzalari edi.
Harbiy xizmatdan maxsus chaqirib olingan Lorens Olivye, Ralf Richardson va
yosh rejissor Jon Barreldan iborat talantli uchlik 1944-yili «Old-Vik» teatri
rahbarligini qo'lga oladi. Bosh rolda L. Olivye ishtiroki
bilan sahnalashtirilgan
«Richard III» spektakli 1944—45-yil mavsumining eng yirik voqeasiga aylanadi.
«Old-Vik» teatri urush yillarida 30-yillarning g'oya va shakllarini rivojlantirish
asosida o'z tarixida eng ilhombaxsh davrlardan birini boshdan kechirdi. Urushdan
so'ng ko'p o'tmay, Angliyaning bu eng yaxshi teatri hayotida ko'p yillarga
cho'zilgan chuqur tanglik boshlanadi. Bu urushdan keyingi yillarda ingliz sahna
san'atida ro'y bergan umumiy tanazzulning bir ko'rinishi edi.
Do'stlaringiz bilan baham: