Мавзу: “Teatr tarixi” kursiga kirish



Download 0,55 Mb.
Pdf ko'rish
bet44/63
Sana01.11.2022
Hajmi0,55 Mb.
#859085
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   63
Bog'liq
театр тарихи (жахон маъруза)2

 
«Evredika» va «Antigona» Anuyning urush yillari yaratgan eng sara dramalari 
hisoblanadi. Ularda muallif zamonaviy tafakkur dramasiga hamohang tarzda 
turmushning maishiy va shartli izohlarini o'zaro uyg'unlashtirib, diqqatini hayotiy 
borliq tahliliga qaratadi va shu bilan uni falsafiy idrok etish va umumlashmalar 
yaratish darajasiga ko'taradi. 
Anuy ijodidagi yangi bosqich urush yillari boshlanadi. Fashistlarning 
Fransiyaga bostirib kirishi, mamlakatda mutaassib kuchlarning bosh ko'tarib 
chiqishi, sotqinlik, murosasizlik - bularning hammasi Anuyda kelajakka nisbatan 
ishonchsizlik tug'diradi, eski ideallardan ko'ngli qola boshlaydi. Lekin teatr uchun 
asar yaratishda g'ayrat bilan ishni davom ettiraveradi. U avval va yangi yozilgan 
asarlarini o'z ichiga oluvchi ikki turkum pyesalari majmuyini nashr ettiradi. 1942-
yili «Oqsichqon», “Yuksiz sayyoh”, «Yovvoyi qiz» va 1941-yili yozilgan 
«Evredika» asarlarini o'z ichiga oluvchi “Nursiz pyesalar” to'plamini e'lon qiladi. 
O'sha yilning o'zida “Nurli pyesalar” to'plami (“Q'g'rilar bait”, «Leokadiya» 1939; 
«Sanlisdagi uchrashuv» ham nashr qilinadi. Ayni shu vaqtda, keyinroq “yangi 
nursiz pyesalan” (1946) to'plamiga kiritilgan «Antigona» (1942) asari paydo 
bo'ladi. Uning «Iyezavel», «Romeo va Janetta», «Medeya» asarlari ham shu 
to'plamdan o'rin olgan. 
«Evredika» 
va 
«Antigona» 
urush yillari yaratilgan eng yorqin pyesalar 
xisoblanadi. Anuy har ikki asarida zamonaviy tafakkur dramasiga hamohang 
tarzda turmushning maishiy va shartli izohlarini o'zaro uyg'unlashtirib diqqatini 
hayotiy borliq tahliliga qaratadi va shu bilan uni falsafiy idrok etish hamda 
umumlashmalar yaratish darajasiga ko'taradi. 
«To'rg'ay» (1953) asari Anuy dramaturgiyasining eng shoirona namunasi 
hisoblanadi. Muallif milliy tarixiy materialga murojaat qilib, ko'p jihatdan B. 
Shouning «Parivash Ioanna» tragediyasiga yaqin tarzda o'z pyesasini Janna D'Ark 
ustidan o'tkaziluvchi sud jarayoni shaklida yozgan. Dramaturg tomonidan ko'p 
marta qo'llanilgan o'yin usuli pyesa tizimini belgilab bergan. Sud jarayoni 
davomida xalq qahramoni Janna hayotidan olingan turli lavhalar jonlanadi. 
Tragediyadagi to'qnashuv va olishuvlar ijtimoiy falsafiy ma'no kasb etib boradi. 


 
Jamiyat, davlat soxtaliklariga mardonavor qarshi chiqqan Janna chinakam 
insoniylik timsoli sifatida namoyon bo'ladi. Jannaga qarama-qarshi qo'yilgan 
inkvizitor insonni o'zining asosiy raqibi deb biladi. Tragediya inkvizitorning 
mag'lubiyati bilan yakun topadi. Janna o'zining haqligiga komil ishonch bilan 
qarab, dahshatli o'limni mardonavor qarshi oladi: Janna alangada kuydirilish 
sahnasidan so'ng pyesa qahramonlari unutib qo'yilgan, ya'ni Karlga toj kiydirish 
sahnasini ijro etadilar. «Janna hayotining haqiqiy xotimasi — bu baxt va ro'shnolik 
xotimasi». 
Anuy dramaturgiyasi fransuz teatri repertuarining tarkibiy qis-miga aylangan. 
Fransuz rejissurasining yirik namoyandalari Anuy dramaturgiyasiga tez-tez 
murojaat etib turadilar. 
Sasha Gitri (1885-1957) haqli ravishda fransuz sahnasining ulkan ustalaridan 
biri hisoblanadi. Shoir, dramaturg, adib va aktyor sifatida tanilgan bu zot o'z sahna 
usulini ishlab chiqqan edi. Gitri san'ati nafis, zavqbaxsh shod xurramlik san'ati edi. 
Tijoriy teatrning serviqor tomoshalarida odatda boyu boyonlarcha to'kin-sochin, 
laziz turmush tarziga tosh otilmas, aksincha, boylik nash'u namolari ko'z-ko'z 
qilinar va bu tirikchiligi but, kulgi, hangomaga o'ch aslzoda tomoshabinlar didiga 
mudom yoqib tushardi. 
«Komedi Fransez» teatrining 1918—1945-yillar tarixi uch bosqichga ega: 
birinchisi 1918-1936-yilIarga to'g'ri kelib, bu davrda teatrga bosh ma'mur Emil 
Fabr boshchilik qilgan; 1936— 1940-yillarda Eduard Burde, 1940-1941-yillarda 
esa Jak Kopo va Jan Lui Voduaye (1941-1944) boshqarganlar. 
XX asr boshlarida yirik dramaturg va teatr arbobi sifatida tanilgan Emil Fabr 
(1869-1955) “Komedi Fransez” teatrini «namunaviy sahna» darajasida tutib 
turishga harakat qiladi. Fransiyaning otaxon teatri aktyorlari XIX - XX asrlar 
chegarasida Andre Antuan rahnamoligida boshlangan teatrni yangilash harakati 
ta'sirida mumtoz repertuarda o'z rollarini qayta, yangichasiga idrok eta 
boshlaydilar. Lekin ikki asr mobaynida yashab kelgan ifodali o'qish uslubi 
(deklamatsiya), nafis so'zlash san'ati an'analarini avaylab saqlab qolish ham 
unutilmadi. 



Download 0,55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   63




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish