Мавзу: “Teatr tarixi” kursiga kirish



Download 0,55 Mb.
Pdf ko'rish
bet43/63
Sana01.11.2022
Hajmi0,55 Mb.
#859085
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   63
Bog'liq
театр тарихи (жахон маъруза)2

 
Tafakkur dramasi 
Jan Jirodu (1882—1944) tafakkur dramasining yirik namoyandalaridan biri 
bo'lib, dramaturgiyaga 1928-yili o'z romani asosida yozilgan ilk — «Zigfrid» 
dramasi bilan kirib kelgan. Asarda jangda jarohatlanib, xotirasidan ajralgan, 
nemislarga asir tushgan fransuz adibi Jak Forestening fojiali qismati haqida hikoya 
qilingan. Foreste nemis sifatida qabul etilib, fashistlar Germaniyasida Zigfrid nomi 
bilan milliy qahramon, jangovar ruh ramzi sifatida ulug'lanadi. 
Dramada Jirodu fransuz tafakkur dramasi an'analari asosida yirik falsafiy-
ijtimoiy masalalarni umumlashtirish layoqatini namoyon etdi. Drama militarizmga, 
urush korchalonlariga qarshi qahr-g'azab o'tiga to'la edi. Pyesada Zigfrid urush 
tufayli o'tmishidan, yashashga loyiq borlig'idan ajraydi. Butun pyesa davomida u 
o'zini o'zi topishga urinadi. Zigfrid — Foreste atrofida ikki xil intilish orasida 
kurash boradi: Yeva degan nemis mutaassib tarbiyachi ayoli uni fashizm 
bayrog'iga aylantirishga urinsa, fransuz qizi Jeneveva uning insoniylik sha'nini 
tiklash yo'lida kurashadi. Asar voqeasi chegara sarhadida yakun topadi. Zigfrid 
kurashning qaysi tomonida ekanini aytolmaydi va pyesa muammoligicha tugaydi. 
Dramaturg 1930-yili «Zigfridning o'limi» degan bir pardali pyesa yozib, masalaga 
oydinlik kiritadi. Dramaturg qahramonning o'ziga kelishini fojiali burilish tarzida 
ifoda etgan. O'ziga kelish va dahshatli o'lim qahramon umr yo'lining yakuniga 
aylanadi: hukmdorlar yuborgan qotillar ajal o'qini uzadilar, Zigfridga xotira 
qaytadi. Lekin endi badkirdor olam unga yot edi. O'qdan u o'ziga keladi va shu 
o'qdan qonga botadi. 
Fashizm o'lati Ovro'poga tarqalayotgan yillari uning urush va tinchlik 
muammolariga qaratilgan «Troya urushi bo'lmaydi» (1935), «Elektra» (1937), 
«Qo'shiqlar qo'shig'i» (1938) pyesalari paydo bo'ladi. 
Jirodu asarlarida o'zaro g'oyaviy kurashlar yetakchi mavzu sifatida aks ettirilsa-
da, lekin u hech qachon sinfiylik g'oyasini olg'a surgan emas. Dramaturg bu foniy 
dunyoda insonning o'z insoniyligini saqlab qolishi, odamlarning bir-biriga rahm-
shafqatli bo'lishi g'oyalarini olg'a suradi. Jirodu ijodining insoniylik mohiyati ham 
shundadir. 


 
Jan Anuy Fransiyaning eng dovruqli dramaturglaridan biridir. Anuy 
dramaturgiyasining muhim bir jihati shu bilan belgilanadiki, u san'atning 
hayotbaxsh nahridan uzoqlashmay, ommaviy teatrning ish tajribalari asosida qalam 
tebratdi, oqibat natijada uning asarlari Fransiyadagina emas, boshqa mamlakatlar 
teatrlarida ham shuhrat qozondi. 30-yillarning boshlarida «Oqsichqon», «Bir 
ariston bo'lgan ekan», «o’g'rilar pali», «Yuksiz sayyoh» kabi ijtimoiy noro-zilik 
ohangiga to'la qator asarlar yaratadi. 
Anuyning «Oq sichqon» degan birinchi pyesasidayoq shunday muhim 
muammolar ko'tarildiki, keyinchalik ham muallif bu muammolarga tez-tez qaytadi. 
Pyesada oldi-sotdi, pul, boylik hukm surgan muhitda insoniy baxt insof va diyonat 
haqida o'ylashning o'zi behudaligi idrok etilgan edi. 
“Q'g'riIar bali” degan oqilona komediya-balet ham hudbinlik, haromxo'rlikka 
qarshi ohanglarga to'la edi. 
Anuyning 30-yillar o'rtasi va ikkinchi yarmiga oid asarlarida ijtimoiy norozilik 
ohanglari baralla jaranglay boshlaydi. “Bir ariston bo'lgan ekan” (1935) 
pyesasining markaziy qahramoni baobro'y burjua oilasidan chiqqan kishi bo'lib, u 
moliyaviy operatsiyada qonunni buzganligi uchun o'n besh yilga qamaladi. Jazoni 
o'tab qaytgach, ongi qayta uyg'ongan bu kishi diyonatsiz tartibotdan yuz o'girib, 
oilani ham butkul tark etadi. 
“Yuksiz sayyoh” pyesasi ham shunga o'xshash: birinchi jahon urushida og'ir 
jarohat olib, xotirasidan ajralgan Gaston o'n sakkiz yillik umrini nogironlar uyida 
o'tkazadi, oxiri nufuzli, davlatmand oilasini topadi. Lekin qahramon ko'z o'ngida 
o'tmishi jonlanib, qad ko'taraveradi, Zohiran shafqatli, muruvvatli bu xonadonda 
aslida shafqatsizlik, aldov va yolg'onchilik hukm surardi. Gaston o'z o'tmishidan 
yuz o'girib, yangi, g'uborsiz hayot kechirish istagida bir yetim bola bilan uydan 
chiqib ketadi. 
“Yovvoyi qiz” (1934) Anuyning bu davrdagi yirik pyesalaridan biri bo'lib, unda 
Tereza degan qiz bilan boyvachcha Floran degan yigit o'rtasidagi sevgi orqali 
tabaqaviy ziddiyatlar ochiladi. 



Download 0,55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   63




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish