mashhur davomchisi sifatida tanildi. U zamonaviy pyesalar hamda Ibsen,
Gauptman, Meterlink kabi dramaturglarning asarlaridagi rollarni o'ynaydi,
Goldoni, Shekspir qahramonlarining siymosini yaratadi. Uning qahramonlari
nozik, xushro'y, samimiy va ruhan beg'uborligi bilan ajralib turardi.
Emma Gramatika (1875—1965) ham Ibsen, Gauptman,
Shou pyesalari boshqa
ko'plab mumtoz asarlarda rollar o'ynagan. Lekin uning ijodiy ufqi bir qadar
cheklanganidan ko'proq modernistik asarlarda dovrug' taratadi. U Italiyada birinchi
bo'lib Shouning «Parivash Ioanna» asarida Ioanna rolini o'ynaydi.
Emma sahnada uzoq qolib, ikkinchi jahon urushdan keyingi
yillarda ham rollar
ijro etadi. Irma esa 1935-yildan drama san'ati Akademiyasida pedagog sifatida
ishlay boshlaydi.
Bir vaqtlar Italiya drama teatri shuhratini dunyoga taratgan psixolgik ijro
maktabi borgan sari o'z tarovatini yo'qotib, tanazzulga yuz tutadi.
Tarixning hukmi
shu edi.
ISPAN TEATRI GARS IA LORKA (1898-1936
-y.).
Federiko Garsia Lorka Granadaga yaqin Fuyentevakeros qishlog'ida tavallud
topgan. U Granada dorilfununida bir yilcha tahsil ko'rgach, 1919-yili Madridga
keladi, 1921-yildan uning she'riy to'plamlari nashr etila boshlaydi. Ota-onalarini
ko'rish uchun Granadaga kelganda Lorka qamoqqa olinadi va 1936-yil 15-avgustda
fashistlar tomonidan otib tashlanadi.
Granadaning ulug' farzandi bolalik chog'idan poeziyaga,
dramaturgiya, musiqa,
rangtasvir sohasida o'z layoqatini ko'rsatib boradi. Go'zallikka moyillik, uni butun
borlig'icha tarannum etish bir umrga Lorka ijodi uchun bosh xususiyatga aylanadi.
U Ispan jamiyatini qoplab olgan jaholatga qarshi beg'ubor, sog'lom kuchlarni
tarannum etdi. Muallif tomonidan uch pardali xalq dramasi deb atalib «Maryana
Pineda» (1932) nomida dunyoga chiqqan dramasi shunday asarlarning dastlabkisi
edi. Unda isyonchilarning qamoqdan chiqishiga yordam ko'rsatganligi uchun qatl
etilgan Maryana Pineda obrazi fusunkor lirik sahnalarda tasvir etilgan. Pyesada
erkinlik yo'q yerda sevgi bo'lmas, sevgisiz erkinlik
erkinlik emas, degan fikr olg'a
surilgan.
Lorka ijodiga xos shoirona timsoliy uslub tamoyillari uning «Dehqonlar
tragediyalari» (1933—1936)da yaqqol namoyon bo'lgan. Bu asarlar o'z g'oyaviy
yo'nalishi jihatidan ham, badiiy-estetik tamoyillariga ko'ra ham chinakamiga xalq
fojialaridir. Ularda Lorka xalq tasavvuriga monand tarzda olamning yaxlitligi
g'oyasini olg'a surgan. «Dehqonlar tragediyalari» qahramonlari favqulodda
kuchli
ehtirosli qahramonlardir.
«Qonli to'y» asari qahramonlari ham bunday fazilatlardan holi emas. Sevgan
yigitining onasiga Kelin sevgidan «kuyib ado bo'lgani» haqida ochiqchasiga so'z
ocharkan, «U qamishlarni shildiratishi, shovqinli to'lqinlari bilan meni o'ziga rom
etgan daryo edi», deydi. Shu so'zlar bilan sahnaga turmush ikir-chikirlarini yo'qqa
chiqarib qudratli tabiat epkini kirib keladi. «Dehqonlar tragediyalari» qahramonlari
shoirona tasavvur olamida erkin javlon urib yashovchi va ayni chog'da zalolatli
jamiyatning qurbonlari tarzida ko'rinadilar.
Lorka qahramonlari mutelikdan xalos bo'lib, isyonkorona
qalb sohiblari tarzida
yetilib, kamolotga erishib boradilar. Ular o'z tabiatiga zid holatlar silsilasida ruhan
toblanadilar, oxiri ularning quyoshli Ispaniya osmoni ostida qudratli kuch ato etgan
o'tli his-ehtiroslari dafatan sirtga qalqib chiqadi.
Do'stlaringiz bilan baham: