Мавзу: “Teatr tarixi” kursiga kirish



Download 0,55 Mb.
Pdf ko'rish
bet63/63
Sana01.11.2022
Hajmi0,55 Mb.
#859085
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   63
Bog'liq
театр тарихи (жахон маъруза)2

 
AQSH teatri.
Ikkinchi jahon urushidan keyin Amerika teatri hayotida chuqur 
tanglik davri boshlandi. Urushdan avvalgi yillarda shitob bilan maydonga chiqqan 
kichik teatrlar yopilgach, Amerika sahnasi butkul tijorat izmiga o'tib ketadi. 
1940-yillardan e'tiboran ijtimoiy drama an'analarini davom ettiruvchi ikki 
iste'dodli dramaturg asarlari paydo bo'la boshlaydi. Bular Tennessi Uilyams va 
Artur Miller edi. Ular o'z asarlarida zamondoshlarining ruhiyati va qalb og'riqlari 
haqida ro'y rost hikoya qilib berdilar. 
Tennessi Uilyams (1911-1983-y.) Tennessi Uilyams, asosan, ruhiyat dramasi 
yo'nalishida ijod qildi. Bu ma'noda u O'Nilga yaqin turadi. Uni qahramon qalbining 
tub-tubida pinhon yotgan ziddiyatli kayfiyat va kechinmalar qiziqtirdi. 
Uilyams «Billur 
jonzotlar
»
 
(1945) pyesasining so'z boshisida o'z badiiy-
estetik qarashlarini aniq ifoda etdi: u naturalizm va silliq realizmni inkor etib
«shoirona realizm»ni himoya qilib chiqdi. «San'atda hayotga nisbatan sufatnamo 
o'xshashlik yaratish muhim emasligini endi hamma bilib qoldi,— deydi u,— 
haqiqat, bir so'z bilan aytganda, hayot, borliq yaxlit va bo'linmas bir hilqatki, uning 
sirtini jonlantirish orqali emas, balki shoirona tasavvur ko'zgusi orqali borlig'ini 
namoyon etish mumkin». 
«Billur jonzotlan» pyesasida Tom Uingfilning o'tmishi uning o'kinchli 
xotirasi asosiga qurilgan. Unda bir oila misolida ko'pdan-ko'p amerikaliklarning 
dard-hasratlari ifodalangan. Bosh qahramon Lauraning beg'ubor borlig'i shoirona 
timsollar orqali yorishib boradi». «Billur jonzotlar», «moviy gul» Lauraning ruhiy 
pokligi, bokira va shikasta qalbligi va g'addor jamiyatga yotligi ramzi yanglig' 
namoyon bo'ladi. Laura ko'ngil izmiga ters boruvchi, sharoitga moslashib 
ketuvchilardan emas. Shu hoi uning baxtsizligidan darak berib turadi. Jamiyatning 
shafqatsiz qonunlari izmidan chiqolmagan Tom Lauraning sevgisini rad etadi. 
Laura jonidili bo'lib qolgan billur jonivorlarni daf atan sindirib qo'yadi. Uning umri 
ham xuddi shu billur singari barbod bo'ladi. Pyesada turmush nobopligi 
qahramonlarning ko'ngil ingroqlari orqali ochiladi. Unda shoirona kechinma, 
nafosat shundoqqina bo'rtib, ufurib turadiki, tanqidchilarning Uilyamsga 
Chexovning ta'siri o'tganligi haqida so'z ochishlari asossiz emasdek ko'rinadi. 


 
Uilyamsning keyingi «Orzu tramvayi» (1947) pyesasi muallifga jahoniy 
shuhrat keltirdi. Asar o'z mohiyatiga ko'ra «Billur jonzotlar» pyesasiga yaqin 
turadi. Lekin uni janriga ko'ra tragediya deyish mumkin. Blansh Dyubua ham 
Laura singari jamiyat aqidalarini qabul qilolmaydi, lekin yashash uchun kurashadi
baxt izlaydi. Stenli Kovalskiy va Blansh butkul bir-birlariga zid kishilar: Stenli 
badxulq, xudbin kimsa bo'lgani holda Blansh qalban pok, beg'ubor inson. Lekin 
chirkin hayot uni ham o'z domiga tortgan: u ichadi, zinodan qaytmaydi. U baxt sari 
intiladi, lekin topolmaydi. 
Uilyamsning 1957-yili rejissor Garold Klerman tomondan sahnaga qo'yilgan 
«Orfeyning do'zahga tushishi» asari AQSH teatr hayotida muhim voqea bo'ldi. 
Pyesada Orfey, ya'ni Vel Zever tushib qoladigan dahshatli do'zah AQSH 
janubidagi kichik bir shaharcha tarzida qad ko'taradi. «Bu dunyoda,- deydi Vel, - 
bozorda odamlarni to'ng'iz to'shi sotilgandek sotadilar va sotib oladilar: odamlar 
bor-yo'g'i ikki turga bo'linadilar: birlari sotiladi, birlari sotib oladilar. «Vel va 
Leydining pok va nurli muhabbati olish-sotish, yolg'on-yashiq, zo'rlik asosiga 
qurilgan badkirdor kimsalar olamiga qaramaqarshi qo'yilgan. Ular bu olamda 
yasholmaydilar. «Qotil shu yerda, - deydi Leydi Torrensni ta'riftab, - Otamning 
qotili - o'sha, otamning tokzoriga o't qo'ygan murdor! Mening umrimga suv quydi
ikki tirik, yana bir tug'ilmagan uch jonni mahv etdi. 
Uilyamsning 60-yillari yozilgan «Eski daha» (1977), «Zamon saltanati» 
(1968), «Qiyqiriq» (1971) kabi pyesalarida ham ezgulik ideallari tarannum etildi. 
U 30 dan ortiq pyesa yozdi. Uning pyesalari jahonning turli teatrlarida qo'yilib 
kelinadi. 
Artur Miller (1915-y.). Artur Miller hozirda ham AQSH dramaturgiyasida o'z 
ijodiy faoliyati bilan ko'zga ko'rinib kelayotgan dramaturg hisoblanadi. Uning ilk 
asari 1944-yili yozilgan edi. «Omadli kishi» deb atalgan bu- asarni o'sha yiliyoq 
rejissyor Elia Kazan Brodvey teatrlaridan birida sahnaga qo'ygan. Kazan 
Millerning «barcha bolalar — mening bolalarim» degan asarini ham 1947-yiIi 
Brodveyda qo'yadi. 


 
Artur Miller inson shaxsi va jamiyat muammolarini o'z ijodining bosh 
mavzusi qilib olgan realistik san'at namoyandasi sifatida maydonga chiqqan edi. 
Millerning fikricha, dramaturg hayotiy obrazlar yaratishi kerak. «U kim o'zi, kasb-
kori nima, qanday kun ko'rmoqda, nima hisobiga yashamoqda, boshqa personajlar 
bilan aloqadorligi qanday, boymi yoki kambag'almi, uning o'zi o'zi haqida qanday 
fikrda, u haqda boshqalarning fikri qanday... bularning hammasi aniqravshan 
bo'lishi lozim», deb ta'kidlaydi Miller. 
Miller «Barcha bolalar — mening bolalarim», «Gumashtaning oiimi», 
«Baho», «Gunohga botib», «Visha voqeasi» kabi asarlari bilan 30-yillar ijtimoiy 
dramasi an'analarining davomchisi sifatida ko'rindi. 
«Gumashtaning o'limi» (1949) dramasida Miller jonsarak raqobatchilar 
hamda oldi-sotdi olamining qurboni bo'lmish gumashta Villi Lomen obrazi orqali 
ko'pdan ko'p amerikaliklarning fojiali taqdirini umumlashtiradi. Muallif keksa 
gumashta xotirasini sahnada jonlantirish orqali voqealarnmg tig'iz o'sib borishiga 
erishgan edi. Unda Villi Lomenning marhum akasi Ben bilan o'zaro muloqotlar 
orqali ikki xil olam tasviri: «vahshiyona yashash tarzi» bilan millionlarga ega 
bo'lish va insoniylik, sahiylik tufayli fojiona o'lim topishdan iborat umr yo'llari 
namoyon bo'ladi. 
Miller «Baho» (1968) pyesasida «Gumashtaning o'limi»da ko'tarilgan 
ma'naviy-ahloqiy masalalar tahliliga qaytadi. Unda ko'p yillik ayriliqdan so'ng 
uchragan Viktor va Uoltor degan ikki aka-ukaning eski uyda otasidan qolgan 
jihozlarni sotish bilan bog'liq voqealar ifodalangan. Pyesada aks ettirilgan hayotiy 
voqelik shu qadar serqatlam va murakkabki, vaxshilik qayerda-yu, yomonhk 
qayerda, kim haq-u kirn nohaq ekanini anglash qiyin. 
Sahna san'ati. AQSH teatr hayoti ko'pgina mamlakatlar teatr hayotidan 
farqlanib turadi. Bu mamlakatda davlat teatri yo'q. Teatr deganda bu yerda 
Brodvey teatrlari ko'zda tutiladi. «Brodvey teatri» Brodvey mavzeiga joylashgan 
teatrlarnigina anglatmaydi, ayni chog'da u ma'lum teatr turini, ya'ni tijorat teatrlari 
turini ham anglatuvchi tushunchadir. Brodvey tijorat teatrlari doimiy truppa, 
repertuarga ega bo'lmagan, butkul moliyatijorat maqsadiga qaratilgan teatrlardir. 


 
Bu teatr binolarini ijaraga olgan truppalar biror spektaklni yaratadi faoliyati 
kasodga uchragach, spektaklning ham, truppaning ham umri tugaydi. 
Ikkinchi jahon urushidan keyingi davrda brodvey spektakli o'ta serhasham 
tomosha tusini oldi. Urushdan avvalgi yillarda har bir spektaklga 30—40 ming 
dollar sarflangani holda endilikda drama spektakliga 100 ming, myuziklga 500 
ming dollarga qadar sarflanadigan bo'ldi. 
Elia Kazan (1909-2003) AQSH teatrining yirik rejissyor va teatr arboblaridan 
biri bo'lib, o'z faoliyatini 1932-yilda «Grup» teatrida boshlagan. 1941-yilgacha, 
ya'ni teatr yopilgunga qadar shu yerda ishlab, Kazan amerika teatri hayotida 
sezilarli o'rin tutdi va so'ng Brodvey teatrlaridan birida Millerning «Gumashtaning 
o'limi» (1949) asarini qo'ygach, yirik rejissorlardan biri sifatida tan olinadi. 
«Gumashtaning o'limi» hayotiy haqiqat va timsoliy ifoda omillari mohirona 
uyg'unlashtirilgan spektakl edi. 
Kazan Uilyamsning qator asarlarini sahnalashtirish bilan bu dramaturg 
pyesalarining eng yaxshi talqinchisi- sifatida e'tirof etiladi. Uning talqinida 
Uilyamsning «Orzu tramvayi» (1947), «Qizigan torn ustidagi mushuk» (1955), 
«Yoshlikning xushnavo qo'shig'i» (1958) asarlari katta muvaffaqiyat qozondi. 
1964-yili Linkoln san'at markazi tomonidan doimiy ish-lovchi «repertuarli 
teatr» tashkil etilarkan, Kazan shu teatrning badiiy rahbari etib belgilanadi. Linkoln 
san'at markazi Rokfellerlar fondi hisobiga tashkil topgan: «Metropoliten opera», 
«Vivian Bomont nomli drama teatri», «Forum» kamer teatri, konsert zali 
kutubxonasi, muzey, teatr maktabi — bularning barchasi shu san'at markazi 
ixtiyoriga berilgan edi. Bular Linkoln san'at markazining shu paytga qadar 
Amerika ega bo'lmagan davlat teatri o'rnini bo-suvchi chinakam san'at qasriga 
aylanishini taqozo etardi. 
Teatr 26 nafar kishidan iborat truppa sifatida 1964-yili yanvar oyida 
Millerning Kazan talqinidagi «Gunohga botib» pyesasi bilan o'z pardasini ochadi. 
So'ng rejissor Garold Klerman Millerning «Vishi voqeasi» pyesasini qo'yadi, teatr 
repertuariga yana O'Nil asarlari kiritiladi. Lekin bu moliyaviy naf ko'rish payiga 
tushgan markaz xo'jayinlariga yoqmay qoladi. Rejissorlar qat'iyat ko'rsatib, 


 
Byuxnerning «Dantonning o'limi», Brextning «Galileyning hayoti” kabi asarlarini 
sahnaga qo'yadilar. Biroq tijoratchi rahbarlarning moliyaviy siquvlari oqibatida 
avval Kazan, so'ng boshqa rejissorlar markazni tark etadilar va teatr truppasi 1970-
yillarning birinchi yarmida tarqalib ketadi. 
Linkoln san'at markazi teatri yopilgan bo'lsada, lekin doimiy ishlovchi teatr 
barpo etish uchun kurash to'xtamaydi. 50-yillardan e'tiboran Brodvey tijorat 
teatrlariga zid tarzda yangi ijodiy jamoalar tashkil topa boshladiki, ular 
«нoбpoдвeй» teatrlari nomi bilan ma'lum. Imkon qadar yashashda davom etuvchi 
erkin rjodkorlik hissi bilan uyushgan bunday teatrlarsiz Amerika teatr hayotini 
to'laligicha tasavvur etib bo'lmaydi. Bugungi Amerika teatri shon-shuhratini 
belgilovchi ko'plab aktyor va rejissorlar o'z faoliyatlarini shu turdagi teatrlarda 
boshlab, tajriba to'plab, so'ng katta sahnalarga yo'l olganlar. 
 

Download 0,55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   63




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish