Мавзу: “Teatr tarixi” kursiga kirish


akademiyasi qatori Italiyada asosiy teatr o'quv yurtlaridan biri sifatida xizmat  ko'rsatib keladi.  Nemis teatri



Download 0,55 Mb.
Pdf ko'rish
bet60/63
Sana01.11.2022
Hajmi0,55 Mb.
#859085
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   63
Bog'liq
театр тарихи (жахон маъруза)2

 
akademiyasi qatori Italiyada asosiy teatr o'quv yurtlaridan biri sifatida xizmat 
ko'rsatib keladi. 
Nemis teatri.
Urushdan keyingi dastlabki yillarda nemis teatri fashizm 
hukmronligi davrida o'zga yurtlarda muhojirlikda bo'lgan atoqli adib va 
dramaturglarning asarlari asosida o'z repertuarini shakllantirib bordi. Bular Fridrix 
Volf, Bertolt Brext, Karl Gryunberg kabilar asarlari edi. 
Teatr dramaturglarning yangi avlodini kutardi. Ular 50-yillarning boshlarida 
yetishib chiqa boshladilar. Sharqiy Germaniyada Xayner Myuller, Peter Xaks, 
G'arbiy Germaniyada Rolf Xoxxut va Peter Vays shunday dramaturglardan edi. 
Xayner Myuller (1929-y tug'ilgan) o'z faoliyatini jurnalist sifatida boshlab, 
dramaturgiyaga 1957-yili «Yulg'ich» pyesasi bilan kirib keldi. 
Myuller pyesalari zamonaviy yoki o'tmish mavzesida bo'lishidan qati nazar, 
dolzarb muammolarni olg'a surishi bilan ajralib turadi. Uning «Jang» (1975) 
pyesasida fashizmning davlat tepasiga kelishi va uning so'nggi talvasali kunlari 
bo'rtma usulda ifoda etildi. Asardagi ba'zi lavhalar tasavvurga sig'mas darajada 
uqubatli, mash'umona holatlarni ko'z oldimizga keltiradi, undan inson zotining 
hadsiz alam-iztirob, ingroqlari eshitilib turadi. Myuller asarlari timsoliy ohanglarga 
boy bo'lib, ular o'z mohiyatiga ko'ra musibatli va iztiroblidir. 
Myullerning «Germaniyaning Bedinda mahv bo'lishi (1975), «Gundlingning 
hayoti» (1981) kabi pyesalari nemis tarixining fojiali kechmishini aks ettirishga 
qaratilgan. Ularning barchasida murakkab timsoliy tasvir va tasavvurlarga duch 
kelish mumkin. Germaniya vatan timsoli yanglig', xalqning shon-shavkati va 
sharmandali o'tmishi ifodasi tarzida, ogohlikka chaqiruvchi qadriyat tarzida 
namoyon topgan. 
Myuller uzoq vaqt davomida Brextning «Berliner Ansambl» teatrida adabiy 
emakdosh bo'lib ishlagan va barcha pyesalari dastlab shu teatrda qo'yilgan. 
Peter Xaks (1929) ham ilk pyesalarini shu teatrda ishlagan chog'ida yozgan va 
shu yerda qo'yishga erishgan. Xaksning bir qator asarlari qadimgi sujetlar asosida 
yaratilgan. Bu borada u Berxt tajribalaridan foydalandi va goho ustoz bilan 
munozaraga ham kirdi. Dramaturg ijodida san'atkorning jamiyatdagi o'rni masalasi 


 
ayniqsa keng falsafiy teranlik bilan ko'zdan kechirilgan. Uning masharaomuz 
tarzda yozilgan «Amfitrion» (1985) kinoyaviy pyesasi aynan shu mavzuga 
bag'ishlangan. 
Xaks pyesalarida qadimgi sujet, rivoyat qahramonlari qatori tarixiy shaxslar 
ham ko'plab uchraydi. «Senekaning o'limi», (1978) qadimgi rim faylasufi 
Senekaning o'limga tik borishi, mardonavor shaxs ekani ifodalanadi. Xaksning 
«Ilhom» (1981) pyesasida ham chin insoniy qadriyatlar haqida so'z boradi. 
Rolf Xoxxut (1931-y. tug'ilgan) «Noib» dramasida voqea Rim, Berlin va 
Osvensimda ro'y beradi. Pyesa ikkinchi jahon urushi davrida Rim cherkovi tarixiga 
oid hujjatlar asosida 1963-yilda yozilgan.
Peter Vays (1916—1982)ning ko'pgina asarlari «hujyatli drama» janrida 
yozilgan. Ko'p yillar Shvetsariyada yashab, shu yerda ijod qilgan Vaysning keng 
tarqalgan pyesalaridan «Taftish» (1965) dramasi ham hujjatlar asosida yaratilgan; 
uning asosida Frankfurtmaynda Osvensim konslageri soqchilari ustidan o'tkazilgan 
sud jarayoni materiallari yotadi. «Taftish» pyesasida asirlarning azobga solinishi, 
qotillarning shafqatsizligi, qarshilik ko'rsatishning imkoni, aybdorlik va mas'ullik 
masalalari olg'a surilgan edi. Pyesaning ora-toriya, vaznga solingan nasr shaklida 
ekanligi unda voqealarning shiddatkorlik bilan o'sib borishini ta'min etgan. Vays, 
aktyorlar «rollarni o'ynamasin», taftish qanday kechgan bo'lsa, uni shunday tasvir 
etsinlar, deb ta'kidlagan edi. Asar 1974-yili «Osvensim jallodlari» nomi bilan 
hozirgi A. Hidoyatov nomli teatrda muallifning yuqorida olg'a surilgan tavsiyalari 
asosida rejissor E. Masofayev tomonidan sahnaga qo'yildi. 
«Hujjatli drama» urushdan keyingi davr nemis ijtimoiy hayoti va ma'naviy 
ehtiyojiga o'ta monand va umri boqiy janr bo'lib chiqdi. 

Download 0,55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   63




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish