Мавзу: “Teatr tarixi” kursiga kirish


-Mavzu: Uyg’onish davri va XVII asr klassitsizmi teatri



Download 0,55 Mb.
Pdf ko'rish
bet12/63
Sana01.11.2022
Hajmi0,55 Mb.
#859085
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   63
Bog'liq
театр тарихи (жахон маъруза)2

 
4-Mavzu: Uyg’onish davri va XVII asr klassitsizmi teatri 
Reja: 
1.
Uyg’onish davri va uning o‘ziga xos xususiyatlari. 
2.
Uyg’onish davrida Italiya teatri. 


 
3.
Ispan teatri va uning mashhur ijodkorlari. 
4.
Ingliz teatri va uning rivojida Vilyam Shekspirning o‘rni. 
5.
Fransuz klassitsizm teatri. 
Milodning V asrida Rim imperiyasi qulagach, xristianlik mafkurasining kuchli 
tazyiqi ostida antik davrda yaratilgan badiiy yodgorliklar qatag'onga uchraydi, 
Yunoniston va Rimda dunyo yuzini ko'rgan san'at asarlari, teatr an'analari unutila 
boshlaydi. Cherkov o'z teatrini yaratadi: ibodat dramasi, mirakl, misteriya, moralite 
yetakchi janrga aylanib, keng ommani nasroniylik g'oyasi atrofida uyushtirishda 
eng ta'sirli targ'ibot vositasiga aylanadi. Ayni chog'da san'ati qishloq marosim 
tomoshalari asosida tug'ilib, ommaning erkparvarlik kayfiyatini ifoda etgan xalq 
teatri namoyandalari — gistrionlar san'ati ham yashashda davom etdi. 
Bu davrga kelib, dunyoviy shukuhbaxsh teatr san'atining keng taraqqiy etishi 
uchun o'rta asrcha mutaassibona qarashlarga to'siq bo'la oluvchi yangi ijtimoiy 
munosabatlar shakllanishi talab etilardi. 
Shunday ijtimoiy munosabatlar Ovro'po mamlakatlarida XIV— XVI asrlarda 
ro'y berdi. Tarixga Uyg'onish (Renessans — fr. Renatssance) davri sifatida kirgan 
bu ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy taraqqiyot davri Ovro'po teatr san'ati tarixida 
yangi rivojlanish davrini belgilab berdi. 
Erkin, hur inson aynan Uyg'onish davrida jamiyatning oliy tilagiga aylanadi. 
Yaqin o'tmishda dag'al masxarabozlik, aqidaparastlik makoni bo'lib kelgan sahna 
endi ulug'vor g'oyalar, teran falsafiy mushohadalar maskaniga, umumxalq 
minbariga aylanadi. Sahnada zamonning ur-yiqitlari o'z aksini topadi, nozik, ruhiy 
kechinmalar tadqiq etiladi; shu bilan birga tomoshabinlar ichakuzar sahnaviy hazil-
mutoyiba va hangomalarni zavq-shavq bilan qarshi oladilar. 
Renessans davri teatri XV—XVI asrlar bo'sag'asida Italiyada shakllanadi, so'ng 
Ispaniyada yangi taraqqiyot bosqichiga kirib Angliyada Shekspir zamonida 
kamolot cho'qqisiga ko'tariladi. 
Iqtisodiy taraqqiyot dastlab Italiyada boshlanadi. Italiya qulay jo'g'rofik shart-
sharoitga ega bo'lganidan G'arbiy Ovro'poning boshqa mamlakatlariga qaraganda 
avvalroq Sharq mamlakatlari bilan yaqin aloqa o'rnatadi va bu Italiya 


 
shaharlarining qisqa vaqt ichida boyib ketishiga sabab bo'ladi. Italyan savdogarlari 
Turkistonning turli shaharlarida savdo-sotiq ishlarini yo'lga qo'yadilar. Shu 
bahonada ular bu sarhadlarda yaratilgan san'at asarlarini qo'lga kiritishni ham 
unutmaydilar. Ayrim ma'lumotlarga qaraganda, ulug' Navoiy asarlari XVI asrda 
italyan tiliga tarjima qilina boshlangani bejiz bo'lmasa kerak. 
Italiyaning yangi davr teatr san'ati rivojiga qo'shgan hissasi beqiyos: aynan shu 
zaminda tragediya, komediya, pastoral (cho'ponnoma) yangi taraqqiyot yo'liga 
kirdi, opera yaratildi, drama san'atining asosiy qonuniyatlari ishlab chiqildi, 
birinchi teatr binolari qad ko'tardi, spektaklni yangicha bezash tamoyillari joriy 
etildi. 
Italiyaning dramaturgiya sohasida boshlovchilik mavqeyini egallashi uning 
qadimgi Rim badiiy merosining vorisi va uni qayta o'zlashtiruvchisi sifatida 
maydonga chiqishi bilan belgilandi. Plavt, Terensiy, Seneka asarlari avval lotincha
so'ng yangi italyan tiliga o'girilgan holatda zodagonlar saroylarida ko'rsatiladi. Shu 
zaylda original asarlarga yo'l ochiladi. 
Jahonga mashhur “Telba Roland” dostonining muallifi ulug' italyan shoiri 
Ludaviko Ariosto (1474—1533) yangi teatr mash'alani yoqqanlardan biri bo'ldi. 
Uning «Sandiq haqida komediya»si 1508-yili ferrara saroyida sahnalashtiriladi. Bu 
Rim namunasi asosida yozilgan birinchi original komediya edi. Unda qullar va 
cho'rilar, uchar malaylar va ularning betashvish xo'jalari bamisoli qadimgi rim 
teatridan kirib kelgan qahramonlarga o'xshardilar. Antik komediya shakli orqali 
bo'lsa-da, har qalay, shonli davrning turmush lavhalari yarq etib ko'rinib turardi. 
Bir o'rinda qahramonlardan biri sudxo'rdan qarz olgani haqida so'z ochsa, boshqa 
o'rinda bir sohibjamolning noz-karashmalari ta'riflab beriladiki, bu faqat shu 
zamon juvonlariga xos bo'lishi mumkin: «Ko'zgu qarshisida qad-qomatini ko'z-
ko'z qilib turli holatlarga solar, qosh terar, biqin va ko'kraklariga ko'targichlar 
qo'yar...». Saroy komediyanavisi zamondoshlari sha'niga keskin gaplarni aytishdan 
ham toymaydi. 
Ariosto «Almashilganlar», «Talabalar», «Afsungar», «Qo'shmachi» komedi-
yalarida ham o'z shahri Ferrara hayoti haqida hikoya qilgan. 



Download 0,55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   63




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish