Мавзу: “Teatr tarixi” kursiga kirish



Download 0,55 Mb.
Pdf ko'rish
bet8/63
Sana01.11.2022
Hajmi0,55 Mb.
#859085
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   63
Bog'liq
театр тарихи (жахон маъруза)2

 
Teatr qurilishida ovoz va so'zning uzoq-uzoqlardan ham yaxshi eshitilishiga 
alohida e'tibor berilgan. Bundan tashqari, ba'zan o'rindiqlar oralig'iga aks-sado 
beruvchi moslamalar o'rnatish usulidan ham foydalanilgan. 
Naqlga ko'ra Fespid o'z tragediyalarida faqat o'zi chiqqan yakka aktyor bo'lgan 
ekan. Esxil ikkinchi (devteragonist), uning yosh zamondoshi Sofokl uchinchi 
(tritagonist) aktyorni kiritganlar. Lekin hamma vaqt asosiy rollarni protagonist — 
birinchi aktyor o'ynab kelgan. 
Yunon teatri xalqning eng sevimli bayrami — Dionis marosimi bilan bog'liq 
bo'lgani uchun ham Yunonistonda, ayniqsa quldorlik demokratiyasi gullagan 
davrda aktyorlar yuqori ijtimoiy mavqega ega bo'lib kelganlar. Yunon qavmiga 
mansub kishigina aktyor bo'la olgan. V—IV asrlarda aktyorlar dramaturglar qatori 
polis ijtimoiy hayotida faol ishtirok etib keldilar. Ular Afina yuqori davlat 
lovozimlariga saylanar va elchilar tariqasida o'zga mamlakatlarga ham yuborilar 
edi. 
Teatr musobaqalarida dastlabki paytda faqat xoreg va dramaturglar ishtirok 
etgan. Miloddan avvalgi V asr o'rtalaridan boshlab, musobaqalarda aktyor-
protagonistlar ham ishtirok eta boshlagan. 
Yunon dramasida aktyorning soni uch kishidan oshmaganligi vajidan, pyesa 
davomida bir aktyorga bir necha rol o'ynashga to'g'ri kelgan. 
Xotin-qizlar rollarini ham erkaklar o'ynagan. Aktyor o'rinlatib she'r o'qish, 
ashula aytish layoqatiga ega bo'lishi shart edi. 
Aktyorlar niqob kiyib o'ynaganlar, binobarin, mimikadan foydalanishga o'rin 
qolmagan. Harakat va jest san'ati ustida ishlashning zarurligi shu bilan ham 
belgilangan. 
Fojeiy xor tarkibi dastavval 12 kishidan iborat bo'lib, keyinroq 15 kishigacha 
yetgan. Komediyada xor hamisha 24 kishidan iborat bo'lgan. Xor qatnashchisi 
xorevt, xor boshlig'i korifey deb atalgan. Xor orxestrga sibizg'achi (fleytachi) 
yetakchiligida kirib kelar, tomosha mehrob zinasiga ko'tarilgan sibizg'achining 
sehrli ohanglari ostida boshlanar edi. 


 
Teatr tomoshalari, yuqorida ta'kidlanganidek, Dionisiy umumxalq bayramlari 
vaqtida o'tkazilgan. Bu davrda barcha yumushlar to'xtatilar edi. Bayram kunlarida 
qozixonalar yopib qo'yilar, qarzdorlar qarz to'lashdan ozod etilar edi. Umumiyat 
bayramidan bebahra qoldirmaslik uchun hatto hibsga tushganlar ham turmadan 
bo'shatilgan: erkaklar qatori xotin-qizlar, bolalar va hatto malaylar ham teatrga 
kelishgan. Teatrga kirish biroz pulli bo'lib, bino qaroviga sarflanuvchi xarajatlar 
shu hisobdan qoplab kelingan. 
Afinada teatr musobaqalari ertalabdan boshlanib, to shomga qadar davom etar 
edi. Tomoshabinlar oziq-ovqatlarini teatrning o'zida yeb-ichganlar. Hamma 
bayram libosi kiyar, gulchambarlar taqar, yasan tusan bo'lib kelar edi. Ulug' 
Dionisiy mavridiga juda ko'p fuqarolar yig'ilar, boshqa shahar-davlatlardan, butun 
Yunonistondan kelgan kishilar qatnashardi. 
Qadim zamondan bizgacha ko‘xna yunon san'ati klassik davri yutuqlarini 
umumlashtiruvchi bittayu bitta asar yetib kelgan. Bu Aristotelning yunonlarning 
qadimiy davridan toki, miloddan avvalgi IV asr o‘rtalarigacha bo‘lgan kitob 
“Poetika” risolasidir. Adabiyot va teatr tarixi bobida uniing “Poetika” asari eng 
ahamiyatlidir. Aristotelning fikricha, san'atning tub mohiyati hayotiy borliqni 
haqqoniy aks ettirishdan iborat. Klassik davr yunon teatri ellinizm davriga (mil.av. 
IV-I asrlar) kelib, dramaturgiya sohasidan ham, aktyor ijrochiligi va teatr binosi 
me'morchiligi sohasida ham jiddiy ravishda o‘zgardi. Bu o‘zgarishlar yangi tarixiy 
shart-sharoitlar bilan bog‘liq edi. Ellinizm davri teatrida avvalgidek tragediyalar 
ham, komediyalar ham qo‘yiladi. Lekin mil.av. IV asr tragediyalaridan ayrim 
parchalargina yetib kelgan. Chunki, ellinizm tragediyasi yetarlicha badiiy 
qimmatga ega bo‘lmagan. Komediya haqida ko‘proq ma'lumotlar mavjud. O‘sha 
zamon eng yirik komediyanavisi Menandr hisoblanib, u yuzdan ortiq komediya 
yozgan, biroq u 8 martagina g‘alaba qozongan. Uning bitta (“Odamovi” pesasi) 
to‘la asari hamda yana boshqa pesalaridan bir necha parchalar saqlanib qolgan. 
Ellinistik davr komediyasini yangi attika komediyasi deb ataydilar. Mil.av. IV asr 
o’rtalarida Yunoniston ijtimoiy-siyosiy hayotida yuz bergan o‘zgarishlar bu 
komediyada o‘ziga xos ravishda aks ettirilgan.



Download 0,55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   63




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish