Qadimgilarning yakdillik bilan uqdirishlaricha, Plavt palliatining eng zabardast
namoyandasi bo'lgan. U o'z pyesalari qahramonlarini Menandr hamda yangi Attika
komediyasining boshqa vakillari asarlaridan oladi. Lekin
ayni zamonda uning
asarlarida Rim hayotiga xos xususiyatlar ham keng namoyon bo'lgan. Plavt
quldorlik jamiyatining quyi tabaqasiga, plebeylarga xayrixohlik bilan qaragan,
haromxo'rlik bilan boyuvchi shaxslarni keskin qoralagan.
Plavt komediyalari Aristofanning komediyalari darajasida siyosiy o'tkir
bo'lmasada, lekin ular o'zining xushchaqchaqligi, voqealarning shiddatli
ko.'rinishda namoyon bo'lishi jihatidan yunon komediyanavisi asarlaridan
qolishmaydi. Plavt yangi Attika komediyasi unsurlarini rim xalq teatr
tomoshalaridan biri — atellana bilan uyg'unlashtira oldi. Shu bois uning asarlarida
atellanaga xos buffonada, harakat jo'shqinligi, pardasiz, lekin zavq
baxsh hazil-
mutoyibalar ufurib turadi. Plavt komediyalarida qo'shiq va musiqa alohida o'ringa
ega. Ularda ariya va rechitativ tusidagi qo'shiqlar yetakchi o'rin tutadi.
Plavtdan bizgacha 20 ta to'liq va bitta chala pyesa yetib kelgan. «Egizaklar»
(«Menexmlar») Plavtning eng xushchaqchaq, komediyalaridan biri. Unda
sirako'zlik egizakning yoshligida yo'qolib qolgan akasini topish yo'lida boshdan
kechirgan sarguzashtlari haqida so'z boradi. Egizak Messennon degan quli bilan
Epidamn degan yunon shahriga kelib qoladi nihoyat shu yerda tug'ishgan akasini
topadi. Egizaklarning bir tomchi suvdek bir-biriga o'xshashligidan pyesada qator
antiqa lavhalar sodir bo’ladi. Masalan, Epidamnlik Menexm o'z xotinining
qimmatbaho plashini o'g'irlab, o'ynashiga eltib beradi va undan ziyofat
uyushtirishni so'raydi. Lekin bu ziyofatga endigina Epidamnga yetib kelgan
sirako'zlik Menexm hozir bo'ladi; o'z erining xiyonatkorligidan g'azabga tushgan
Matrona alam-iztirobini egiz ukaga to'kib soladi. Sirako'zlik
Menexm uni birinchi
bor ko'rayotganini aytarkan, Matrona faryod ko'taradi, otasini boshlab keladi, ota
soxta kuyovga pand-nasihatlar beradi... ko'pgina bordi-keldidan keyin egizaklar
bir-birini topishadi. Asarda xarakterlar chala-chulpa chizilgan bo'lsa-da, harakat tez
o'sib boradi, g'avg'odan g'avg'o chiqadi. Plavtning “Egizaklar” komediyasi
Shekspirga o'zining «Yanglishlar komediyasi» asarini yozishda asos bo'lib
xizmat
qilgan.
«Maqtanchoq jangchi» pyesasi maqtanchoq zobit obrazi mohirona namoyon
etilishi jihatidan Plavtning eng yaxshi komediyalaridan biri hisoblanadi. Pyesa
qahramoni Pirgopolinik maqtanchoq, shuhratparast va shu bilan birga befarosat
kimsa tariqasida tasvirlangan. Zobit sahnada alvon kamzul, boshiga jig'ali dubulg'a
kiygan, bahaybat shamshir taqib, savlat to'kib paydo bo'ladi. Uning o'zi biror
arzigulik fikr aytishi amri mahol. Shundan qo'riqchisining hayratomuz jasoratlari
haqidagi fikrlarini kekkayish bilan ma'qullaydi, xolos. Masalan: sarboz
Hindistonda bo'lganda bir zarb bilan filning sonini uzib yuborgan emish; yana
boshqa vaqtda bir yo'la yetti ming dushmanni mahv etibdi. Qul Palestrion
sarbozning ovsarligidan kelib chiqib, ajoyib reja tuzadi va tasodifan uning qo'liga
tushib qolgan Filokamatsiyani sevgilisi — o'zining sobiq
xojasi Plevsiklga qaytarib
olib berish va o'zini zobit hukmidan ozod etishga erishadi. Plavt yaratgan
maqtanchoq jangchi obrazi jahon dramaturgiyasi yaratgan ajoyib siymolar sirasiga
kirdi. Keyinroq u italyan badixaviy komediyasi — del arte xalq teatrining Kapitan
nomi bilan umumlashgan obraziga aylandi.
«Xazina» komediyasida insonning xasisligi masxara ostiga olingan. Bu
shunday ma'nisiz xasislikki, u o'ziga yondashgan kishini ham, uning yaqinlarini
ham sondan chiqaradi. Oltinga to'la xumcha topib olgan qariya Evklion shunday
kishi sifatida gavdalanadi. Komediya muqaddimasida qozon-tovoq ma'budi Lar
xumchani o'choq tubiga Evklionning bobosi ko'mib
ketganini, uni qurumsoq chol
o'zi topganini tomoshabinlarga hikoya qiladi. Evklionning qizi Fedra ma'bud Larni
dilida saqlab, doim unga xayr-ehson ko'rsatib kelgan. Serara bayrami chog'ida
Likonid degan bir aslzoda Fedraning nomusini barbod etadi, shunda Lar Fedraning
rahmini yeb, qiynalmay-netmay turmushga chiqishi uchun uning otasiga xazinani
ravo ko'radi. Muqaddimada bundan tashqari voqeani yaxshilik bilan tugashi haqida
ham so'z boradi.
«Xazina» komediyasi o'z sahnaviy tuzilishining puxtaligi bilan ajralib turadi.
Evklionning xasisligi, boshqa qilmishlari o'zgalarning so'zlari
orqali oydinlashib
boradi. Masalan, birinchi parda Evklionni cho'ri kampir Stafilani do'pposlashi va
oltin yashirilgan joyni fahmlab qolishidan cho'chib, uni uydan haydashi bilan
boshlanadi. Evklion uxlamoqchi bo'lib yotarkan, nafasi hovri bekorga ketmasligi
uchun og'zini qop bilan yopib oladi: yuvinar ekan, suv isrof bo'lishidan
yuragi
uvishib, ko'z yosh qiladi. Pyesada buffonada usuli keng qo'llanilgan.
Evklion yo'qolgan xumchani topib olib (uni qui Strabil o'marib ketgan edi),
tragikomik ruhda kantik (qo'shiq) aytadi. Evklion tomoshabinlarning biror narsani
bilib qolishini istamaydi, chunki ular orasida halol odamlarning borligiga
ishonmaydi.
Keyingi zamonlarda «Xazina» komediyasi «Maqtanchoq jangchi» singari keng
shuhrat topdi. Xususan, Molyer o'zining «Xasis» komediyasini yaratishda
Plavtning shu asariga asoslangan.
Plavt Uyg'onish davrida, bamisoli qayta tug'ilgandek, yangi davr
dramaturgiyasining yaralishiga kuchli ta'sir ko'rsatgan. Italyan gumanistlari Plavt
komediyalarini shoshilinch
tarjima qiladilar, uning yo'li bo'yicha o'z asarlarini
yarata boshlaydilar.
Do'stlaringiz bilan baham: