zarurligi qoidasini olg'a suradi. Uning ta'kidlashicha, bir tomondan, shoir
fuqarolarning tarbiyachisi va murabbiysi bo'lganidan u yuksak bilimdon bo'lmog'i
lozim; ikkinchidan, uning san'ati go'zal bo'lishi uchun uni tomoshabinga havola
etishdan avval obdon ishlovdan o'tkazishi, har tomonlama mukammallik
darajasiga
chiqarishi lozim. «Poeziya ilmi» asari XVII asr fransuz klassitsizm nazariyasining
shakllanishida muhim ahamiyatga ega bo'ldi.
Avgust va Goratsiylarning Rim teatri sahnasida jiddiy janrni tiklash g'oyasi
amalga oshmadi. Ko'ngil ochish ruhidagi tomoshalar asosiy o'rinni egallab oldi.
Imperiya davrida yaratilgan tragediyalardan bizgacha faylasuf va dramaturg
Seneka asarlarigina yetib kelgan. Lutsiy Armey Seneka armonli va shuhratli
kunlarga boy murakkab umr kechirgan. U Neronning tarbiyachisi va shu
hukmdorning hukmi bilan o'z qon tomirini qirqib, saroy fitnalarining qurboni
bo'lgan shaxs. U stoya falsafasi tarafdori bo'lib, chinakam baxtni ruhiy
osoyishtalikdan axtarmoq kerak, inson shunday ruhiy chiniqsinki, har
qanday ruhiy
va jismoniy azoblarga mardonavor peshvoz chiqa olsin, hatto o'limga ham bardosh
bera olsin, degan g'oyani olg'a surgan.
Senekadan bizgacha o'nta tragediya yetib kelgan.
Ular yunon miflari asosida
yozilgan. Bular «Medeya», «Edip», «Fiyest», «Fedga», «Agamemnon», «Troyalik
ayollar» kabilardir.
Seneka davrida Rim hayoti qonli voqealarga toia edi. Shu muhit ta'siri o'laroq,
uning asarlarida qonli intiqom, zo'rlik va ajal oxanglari dahshat solib turadi.
Seneka yunon tragediyalari sujetini shunchaki takrorlab qo'ya qolmadi.
Yevripidning «Ippalit» asarida, masalan, Fedraning dard-alamlari botiniy tarzda,
ichki qalb og'riqlari tarzida zohir topsa,
Senekada sirtdan ochiqchasiga, hasratli va
alamli nidolar tarzida oshkora jaranglaydi.
Seneka qahramonlari biror qudratli ehtirosga mubtalo bo'lgan va shu extiros
oqibati o'laroq, dahshatli va gohida o'zini halokatli
oqibatlarga duchor etuvchi
kishilardir. Seneka tasvirida insoniy qiyofalar bir yoqlama: dramaturg personaj
xarakteridagi bir xususiyatni ajratib olib, uni mislsiz darajada bo'rttirib ko'rsatadi.
Bu hol ularning dabdabali ifodalarga to'la tilida ham o'z ifodasini topgan.
Senekaning «Medeya»si Yevripidning shu nomli asari sujetida tasnif etilgan
bo'lsa-da, lekin yunon dramaturgi pyesasidan tubdan farq qiladi. Bu yerda
Medeya
tragediyaning boshidanoq intiqom alangasida yonuvchi ayol sifatida ko'rinadi.
U mudhish hayqiriq bilan jamiki ma'budlarni hozir bo'lishga chorlab,
Yasonning bo’lg'usi qaylig'i va uning otasidan qasos olishga chaqiradi. U
Yasonning to'yi bo’ladigan Karinfga o't qo'yishga ham tayyor. Yevripid asariga
xos murakkablik bu yerda berilmaydi.
Senekada Yason Yevripiddagidan o'zgacha ko'rsatilgan. U o'z bolalariga
g'amxo'rlik qilish niyatida malikaga uylanayotgan bo'lib ko'rinadi. Nikohdan bosh
tortganida, u o'limga mahkum etilar va uning ortidan bolalarining ham o'lishi
turgan gap edi. Medeya Yasondan bolalari bilan badarg'a qilinishini so'raydi.
Yason buni rad etadi: bolalardan ajralgandan ko'ra o'limni afzal ko'rishini aytadi.
Medeya shu holatni ko'zda tutib, Yasonni dahshatli
azobga duchor etish niyatida,
avval bir farzandini, keyin ikkinchisini erining ko'z o'ngida o'ldiradi. Qotillik
sahnasida muallif Medeyaning onalik mehr-shafqatini emas, qasoskorlik alamini
ifoda etgan.
Seneka G'arbiy Ovro'po teatri tarixida alohida o'ringa ega. Uyg'onish davri
gumanistlari shu dramaturg asarlari orqali antik tragediya bilan tanishadilar.
Seneka tragediyalari italyan va keyinroq fransuz va boshqa xalqlar tragediyasi
rivojiga o'z ta'sirini ko'rsatgan.
O'zbek o'quvchilari Rim adabiyoti asarlari bilan 1930-yillarda ulug' adib-Oybek
tarjimasida tanishganlar. Bu tarjimalar, shu jumladan Plavtning «Maqtanchoq
jangchi», «Xumcha», Terensiyning «Qardoshlar» Senekaning «Medeya»
pyesalaridan olingan parchalar Oybekning 20 jildlik «Mukammal asarlar»
to'plamining 15-jildiga kiritilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: