Ruhlar isyoni



Download 31,51 Kb.
Sana29.05.2022
Hajmi31,51 Kb.
#615826
Bog'liq
RUHLAR ISYONI test 2


‘’RUHLAR ISYONI”
1. “Ruhlar isyoni” asari qaysi janrda yozilgan?
A) qasida B) doston C) qissa D) roman
2. “Ruhlar isyoni” asari kimning hayoti haqida ?
A)otashin hind shoiri Robindranat Thokur
B)otashin hind shoiri Nazrul Islom
C)otashin bengal shoiri Robindranat Thokur
D) otashin bengal shoiri Nazrul Islom
3. Asarga qanday epigraf keltirilgan?
A)Tug’ilishdan qul emasman Qullik yot bu jonimga
B)Garchi jismim bandi, qafas Ruhimda bor ozodlik
C)Rozi bo’lgin gar o’g’loning yurak qo’rin asrolsa
Bir kun ona Hindistonning xizmatiga yarolsa
D)Tug’ilgansan ozod mudom Ozod bo’lib qol!
4. “…Lek olamda bir dard borki unga sira najot yo’q
Bu azobga kim duchorki unga kun yo’q, hayot yo’q”. Ushbu misralarda ta’riflangan shoirning dilin ezgan chorasiz dard nima?
A) yolg’izlik azobi B) g’am atalgan raqib
C) istibdodning dardi D) farzandsizlik qiynog’i
5. Shoirning yuragidan qon bo’lib sizgan narsa nima edi?
A) iste’dodning dardi D) yolg’onchilik alami
C) bilimsizlik fojeasi D) buzuqlik kasofati
6. Asarda falokatga uchragan karvondan omon qolgan bir odam haqidagi hikoya kimning tilidan aytilgan? A) Nazrul Islom tilidan B) Roviy tilidan
C) yozuvchining tilidan D) karvonboshi tilidan
7. Karvondan omon qolgan odam uchratgan, insonga mangulik baxsh etuvchi mo’jiza nima edi? A) obihayot chashmasi B) umrboqiy meva
C) nuroniy chol D) abadiylik tuprog’i
8. Ming yil avval o’ziga qumdan qabr yasab olib o’limini xohlayotgan inson asarning qaysi qismida uchraydi? A) Abadiyat haqida rivoyat B) Shoir qalbi
C)Fidoiylik haqida rivoyat D)Jaholat to’g’risida rivoyat
9. Chashmaga uchragan insonning mangulik g’amidan qutulib qolishiga nima sababchi bo’lgan? A) chashma aytgan so’zlar B) insonning sabri
C)mangu hayotga erishgan odam D)chashmaning suvga tashnaligi
10. “Shoir qalbi” bo’limida “Yorug’likning bu nursiz hayotga bo’lgan isyoni” sifatida nima gavdalanadi? A) iste’dod B) chaqmoq C) jajji go’dak mushti D) g’alayon
11. “Yaralishdan boshlab tabiati isyon” bo’lgan narsa nima?
A) iste’dod B) chaqmoq C) jajji go’dak mushti D)g’alayon
12. Asarda “O’limga isyon” sifatida qaralgan narsa nima?
A) iste’dod B) chaqmoq C) jajji go’dak mushti D) g’alayon
13. “… Bu dunyoga shoir bo’lib tug’ildi, Ilhom otli pok ziyoga go’dak qalbi yo’g’rildi. Nigohidan sehrli nur borliqqa nur taradi, Koinotga u tahayyur ko’zi bilan qaradi.
Nuqtalar o’rniga mos javobni belgilang
A) Thokur B) Navoiy C) Bedil D) Nazrul Islom
14. Nazrul Islom haqidagi quyidagi jumlani to’ldiring
Yetti asr avvalgidek bo’lsa edi zamonlar,
Balki … dek bitar edi dostonlar
A) Bedil B) Xusrav Dehlaviy C) Mirzo Bobur D) Navoiy
15. Asarda agar Nazrul Islom yarim ming yil ilgari tug’ilganda kimga o’xshab ruboiylar yozishi mumkinligi aytiladi?
A) Bedil B) Xusrav Dehlaviy C) Mirzo Bobur D) Navoiy
16. Agar necha zamon o’tib kelmasa bu davronlar, … g’azal bitib tuzar edi devonlar. Tushirib qoldirilgan o’ringa mos javobni toping. A) Bedilona B) Dehlaviydek
C) Bobur misol D) Navoiydek
17. “Shoirni u tug’ilmasdan gado qilgan edilar, O’z yurtida o’z yurtidan judo qilgan edilar.
O’rab uning naq yurakdek ona Hindistonini Zobitlar oq o’rgimchakdek so’rardilar qonini”. Ushbu misralar kim haqida aytilgan?
A) Sa’diy Sheroziy B) Xusrav Dehlaviy C) Mirzo Bobur D) Nazrul Islom
18. “Ruhlar isyoni” asarida Hind va Musulmon o’rtasida jangda ko’z yosh bo’lib oqqan daryo? A) Ganga B) Jamuna C) Durga D) barchasi
19. “Ruhlar isyoni” asarida Hind va Musulmonni murosaga chorlagan “Isyon qo’shig’i” kimga tegishli?
A) Thokur B) Mahatma Gandi C) Bedil D) Nazrul Islom
20. Asarda insonga tashbeh qilingan “koinotni barbod qilguvchi” kim? .
A) Indra B) Shiva C) Durga D) Krishna
21. Inson shafqatsizlikda kimning tosh yuragiga qiyoslangan?
A) Indra B) Shiva C) Durga D) Krishna
22. Asarda “Ko’kda ismat chirog’in yoqqan” deya inson qiyos qilingan hind ma’budi kim edi? A) Indra B) Shiva C) Durga D) Krishna
23. Asarda kimning she’riga nisbatan “bunday ash’or Sa’diyga yot, Hofiz uchun begona” deb qoralanadi?
A) Navoiy B) Dehlaviy C) Bobur D) Nazrul Islom
24. Asardagi quyidagi tarbiyaviy ruhdagi fikrlar kimning tilidan aytilgan? “Mard agar sen, dardni ichga yut degan,
Ul yuzingga ursalar, sen, bul yuzingni tut, degan?
A) Budda B) Payg’ambarimiz (alayhissalom)
C) Mahatma Gandi D) Thokur
25. Asarda keltirilgan quyidagi pandnoma misra kimga tegishli? “… U dunyoda baxting ta’min, Bu dunyoda cheksang g’am”
A) payg’ambarimiz (alayhissalom) B) Budda
C) Mahatma Gandi D) Thokur
26. Asar davomida Nazrul Islomning haq yo’lida bitgan dostoniga
nisbatan hind(1) va musulmon(2) uni nima deb malomat qiladi?
A) 1-kofir, 2-jobon B) 1-jobon, 2-kofir
C) 1-shiva, 2-shayton D) 1-jobon, 2-shayton
27. Qadimda eri o’lgan ayolning eri bilan birga ko’milishi haqidagi rivoyat asarning qaysi bo’limidan? A) Abadiyat haqida rivoyat B) Shoir qalbi
C)Fidoiylik haqida rivoyat D)Jaholat to’g’risida rivoyat
28. O’z udumlariga qarshi bosh ko’targan o’g’lon urush oldidan agar o’lar bo’lsam, deb qanday vasiyat qiladi?
A)O’z ayoli bilan birga ko’mishlarini
B)Jang quroli birga ko’milishini
C)bu udumni yo’q bo’lmasligini
D)o’z ayolini birga jangga olib ketishni
29. Avlodlarga ta’lim bo’lishi uchun udumga qarshi chiqqan o’g’lonning qabri ustiga nima deb yoziladi?
A) “bunda yotar botir zot” B) “bunda yotar manfur zot”
C)“bunda yotar xiyonatkor” D)“bunda yotar elning faxri ”
30. Hind va musulmon o’rtasidagi g’alayon qayerda boshlanadi?
A) 1926 Dehlida B) 1926 Kalkuttada
C) 1926 Lohurda D) 1926 Bangolada
31. Hindlar va musulmonlar o’rtasida nifoq urug’ini ekkan kim edi?
A) Nazrul Islom B) oq tanli ingliz
C) hind zobitlari D) musulmon jangchilari
32. Asarda “Isyon qo’shig’i”ni aytgan yosh shoirga nurli ijod, bezavollik tilagan kim?
A) Thokur B) Gandi C) Bedil D) uning onasi
33. “… ni ul g’alayon sababkori dedilar.
Aybnomani tinglang, hatto, faryod qilar toshlar ham,
“Hindu bilan muslim aro qutqu slogan shul odam!” Tushirib qoldirilgan “urush aybdori”ni toping.
A) shoir Nazrul Islom B) oq tanli ingliz
C) hind zobiti D) jaholat
34. Nodon va johil olomon tomonidan yoqib yuborilgan donishmand tabib hikoyasi asrning qaysi qismida keltirilgan?
A) Abadiyat haqida rivoyat B) Shoir qalbi
C)Fidoiylik haqida rivoyat D)Jaholat to’g’risida rivoyat
35. Ig’vogar olomon xalqni davolagan tabibga quyidagi so’zlarni kimning so’zidan topib gapiradi?
“Dard bergan o’zi! Davosi ham o’zidan!”
A) Nabi B) Budda C) Thokur D) payg’ambar
36. Johil olomon tabibga qanday jazo qo’llashadi?
A) qo’lini kesishadi B) gulxanda yoqishadi
C) dorga osishadi D) tiriklay ko’mishadi
37. Tabibning o’limi uchun kim bir bog’ poxol keltirib tashlaydi?
A)qo’li davolangan ayol
B)shol oyog’i tuzalgan yigit
C)ko’r ko’zi nishtar bilan ochilgan chol
D)hayoti o’limdan saqlab qolingan chol
38. Tabib vafotidan so’ng xalqning aql ko’zi nimadan ochiladi?
A) ko’milgan tuproqdan B) qabr toshidagi yozuvdan
C) yoqilgan gulgan olovidan D) dor og’ochini ko’rib
39. Shoir uchun onasidan o’zga dilxoh yo’qligi
Asarning qaysi bo’limida berilgan?
A) Abadiyat haqida rivoyat B) Shoir qalbi
C) Fidoiylik haqida rivoyat D) Tutqunlikda
Asarda tilga olingan “tovonidan shilingan erk kuychisi” kim?
A) Mashrab B) Cho’lpon C) Rudakiy D) Nasimiy
Quyidagi misralar kimning tilidan aytilgan?
“Quloq solgin so’zimga. Adolat deb bitdimu she’r, Nil tortdilar ko’zimga?
A) Firdavsiy B) Rudakiy C) Nasimiy D) Thokur
42. Asarda kim tilga kirib “La’nat, - deydi, - taqdirga. Rustam, Zolni tanib olam O’zim qoldim tahqirga”
A) Firdavsiy B) Rudakiy C) Nasimiy D) Thokur
43. “Zulmat aro ko’p izladim yo’limni. Men o’zimni qildim ado yengolmadim o’zimni” kimning nutqidan?
A) Navoiy B) Bobur C) Thokur D) Firdavsiy
44. “ – Tingla ogoh bo’lib, gar sen bo’lsang tutqunda, Men bir yurtda podshoh bo’lib umrim o’tdi quvg’inda”
Ushbu misralar kimning tilidan aytilgan?
A) Avrangzeb B) Shohi Jahon C) Bobur D) Amir Temur
45. Hind taxtida 31 yil o’tirgan Shohi Jahon hukmronligi qaysi shoir davriga to’g’ri keladi?
A) Bedil B) Nasimiy C) Mashrab D) Hofiz
46. Shohi Jahonning g’amli ko’ngli qanday yorishardi?
A) ovga chiqishdan B) malika chalgan kuydan
C)malika o’qigan g’azaldan
D)o’zi qurdirgan imoratlar va bog’larni sayr qilishdan
47. “Ruhlar isyoni” asari qanday bo’limlardan iborat?
1. Abadiyat haqida rivoyat 2. Shoir qalbi
3. Fidoiylik haqida rivoyat 4. Jaholat to’g’risida rivoyat 5. Shoirlar va payg’ambarlar haqida rivoyat 6. Ozodlik 7. Sharpalar 8. Oliy ruhlar to’g’risida rivoyat 9. Tutqunlikda 10. Shohi Jahon va Avrangzeb to’g’risida rivoyat
A) 1,2,3,4,5,6,9,10 B) 1,2,3,4,5,8,9,10
C) 1,2,3,4,6,8,10 D) barchasi
48. Shoh Jahon malika vafotidan so’ng u uchun nima ish qiladi? A)Malikaga atab maqbara qurdiradi
B)Malika sharafiga bog’ barpo ettiradi
C)Malika xotirasiga oltin haykal yasatadi
D)Malika sharafiga saroy qurdiradi
49. Shohi Jahonning Avrangzeb qoshida tiz cho’kishi qaysi yilda amalga oshirilgan edi?
A) 1096-yil B) 1070-yil C) 1069-yil D) 1059-yil
50. Asarda Hindiston qonini so’rayotgan oq o’rgimchakka o’xshatilgan narsa nima edi? A) musulmonlar B) baxtsizlik
C) tutqunlik D) zobitlar
51. “Ruhlar isyoni” dostonida nimalarni bir-biriga zolimdir deyiladi? 1) tun bilan kun; 2)o’t bilan suv; 3) yaxshi bilan yomon; 4) oq va qora; 5) maysa bilan xas
A) 1, 2 B) 1, 2, 3 C) 1, 2, 3, 4 D) 1, 2, 3, 4, 5
52. “Ruhlar isyoni” dostonida odamzod ko’zasidagi suvni qaysi daraxt
tubiga to’kkan edi?
A) archa B) chinor C) anjir daraxti D) xurmo daraxti
53. “Ruhlar isyoni” dostonida shoir nimani zimiston deb ataydi?
A) yolgonni B) qorquvni C) turmushni D) g`azabni
54. “Ruhlar isyoni”dostonida kimning she’ri o’t qalbini o’qqa tutgan?
A) Lermontov B) Pushkin C) Tolstoy D) Krilov
55. Fidoiylik haqida rivoyatda qadimda eri o’lganda ayolini ham qo’shib ko’milgan udumga qancha vaqtdan so’ng bosh ko’tarilgan ?
A) 100 yil B) 1000 yil C) 5 asr D) 600 yil
56. Asarda tilga olingan hindlarning muqaddas kitobi qaysi
A) Panchatantra B) Veda C) Vega D) Injil
57. Kimning ishini makr, o’zini esa shayton deb qoralashadi?
A) Tabibni B) Nazrul Islomni C) Thokur
D) udumga qarshi chiqqan yosh yigitni
58. Asarda kimga nisbatan Azozilning oshnasi deya ayblob qo’yishadi?
A) Nazrul Islom B) donishmand yo’lovchi
C) tabib D) udumga qarshi chiqqan yigit
59. Lermontovni otgan jallod kimni dorga osgan edi?
A) Mashrab B) Cho’lpon C) Qodiriy D) Usmon Nosir
60. Fidoiylik haqida rivoyat bo’limida keltirilgan
“Kel, ey ko’nglim, Inson aslo yaralmagan …
Sig’inaylik o’sha tanho tahqirlangan qabrga”. Tushirib qoldirilgan so’zni toping.
A) tahqirga B) qadrga C) sabrga D) jabrga
61. “G’alayon” bo’limida “g’azot” deb jang qilganlar kimlar edi?
A) braxmanlar B) musulmonlar C) hindlar D) inglizlar
62. Jangda hindlar kim haqqi jangni bas qilishni so’rashgan?
A) Budda B) Krishna B) Indra D) Shiva
63. Hindlar va musulmonlar o’rtasidagi jangni derazadan xursand bo’lib,
labda kulgu bilan kuzatgan kim edi?
A) Nazrul Islom B) donishmand tabib
C) Thokur D) oq tanli janob
64. Nazrul Islom she’ri qaysi shaharga qanot yozadi?
A) Kalkutta B) Dehli C) Bangola D) Lohur
65. Bu dunyoga olov bo’lib kelgan va o’z o’tida yonib ado bo’lishini bilgan ijodkor kim edi?
A) Thokur B) Nazrul Islom C) Rudakiy D) Nasimiy
66. Asarda Nazrul Islom agar shoir bo’lsa qanday baxtlar nasib bo’lsa, bu dunyoda armoni bo’lmasligini aytadi?
1.dunyodan ketar chog’i ortidan she’riyat yig’lab qolsa
2.qalb chirog’i to abad yonib tursa
3.qalamini nayza qilib tutib, yurakdagi alamini oq qog’ozga to’kolsa
4.eli eni qalbi bilan tinglasa va she’rini yod olmasa ham uning fidoligini anglasa
5.qalbi elga qurbon bo’lgudek bo’lsa
A) 1,2,3,4 B) 1,2,3,4,5 C) 1,3,4,5 D) 2,3,4,5
67. “Nazrul Islom – xalqqa yov, nifoq istar hamisha” degan ayblovni unga kim qo’yadi?
A) hindlar B) musulmonlar C) oq tanli ingliz
D) hech kim unga ayb qo’ymagan
68. Asarda tabibga qarata kim quyidagi so’zlarni aytadi? “ Meni bir yo’l u dunyo, ham bu dunyodan ayirding?
A)qo’li davolangan ayol
B)hayotini saqlab qololmagan yigit
C)ko’r ko’zi nishtar bilan ochilgan chol
D)hayoti o’limdan saqlab qolingan chol
69. Shoirda bor bir iqbol, Ya'ni shoir o’lmaydi degan inson kim edi?
A) Bobur B) Navoiy C) Nazrul Islom D) Thokur
70. “Ruhlar isyoni”da kim jasur, dono, ko’p hikmatga yor, ammo bir bedavo
og’ir dardi bor deya ta’riflangan?
A) Ulug’bek B) Avrangzeb C) Bobur D) Shohi Jahon
71. Ming bir kecha ertak aytgan qahramonni tilga olgan kim edi?
A) Shohi Jahon B) Mumtoz Mahal
C) Avrangzeb D) Bobur
72. Tojmahal necha yilda qurib bitkazilgan?
A)23 B) 18 C) 20 D) 22
73. Nazrul Islom onasining oldidagi yagona gunohi nima ekanligini aytadi?
A)Onasiga munosib farzand bo’lolmagani
B)Vataniga foydasi tegmagani
C)bayram kuni ham onasining oldida bo’lolmagani
D)yaxshi shoir bo’lmagani
74. Qondoshlarga yov ko’rindim Meni sotdi do’stlarim deb kim aytgan?
A) Navoiy B) Bobur
C) Shohi Jahon D)Nazrul Islom
75. Shoirlikni kim yurakda qon silqib turgan jarohatga qiyoslagan?
A) Bobur B) Navoiy C) Thokur D) Nazrul Islom
76. Nazrul Islom ona vatanini yuvoshlikda qaysi hayvonga qiyosladi?
A) mushuk B) qo’y C) fil D) musicha
77. Nazrul Islomga quyidagi so’zlarni kim aytgan?
“Najot istab men har nafas quyun kabi yelganman Yurtingga men shoh bo’libmas,panoh izlab kelganman”
A) Shoh Jahon B) Bobur C) H.Boyqaro D) ingliz zobit
78. “Ruhlar isyoni” dostonida ish mayida mast bo’lgan deya ta'riflangan qahramon kim edi?
A) Bobur B) Maxmur C) Umar Xayyom D) Mashrab
79. Quyidagi so’zlar kim tomonidan aytilgan?
Shoir bo’lib qalam bilan oldim yarim jahonni?
A) Nazrul Islom B) Bobur C) Navoiy D) Rudakiy
80.Keltirdi ko’p balo, sitam tiriklikda taxt-u toj Yarim ming yil so’nggida ham yog’ar menga ta’na-tosh
Ushbu so’zlar kimning tilidan aytilgan?
A) Shoh Jahon B) Avrangzeb C) Bobur D) Amir Temur
81. Asarda keltirilishicha, shoirlar o’z dini sifatida nimaga sajda qilganlar?
A) erkka B) she’rga C) isyonga D) mangulikka
82. Shohi Jahon va Avrangzeb to’g’risida rivoyat bo’limida tarix ko’p yil tahqir bitgan jobir podshoh kim?
A) Abulfayzxon B) Chingizxon C) Iskandar D) Avrangzeb
83. Asarda Avrangzeb kimning otasiga qarshi bosh ko’targanligini aytadi?
A) Abulfayzxon B) Iskandar C) Shoh Jahon D) Bobur
84. “Ruhlar isyoni” asarida Hind va Musulmon o’rtasida jangda qon bo’lib oqqan daryo qaysi ?
A) Ganga B) Jamuna C) Durga D) barchasi
85. Asarda inson toqat qilolmaydigan eng og’ir qiynoq deb nima aytilgan?
A) o’lim B) zindondagi tanholik
C) farzandidan ayirish D) o’tda yoqish
86. Asarda kimlarninng ruhi oliy ruh sifatida e’tirof etilgan?
A) ota-onalar B) podshohlar
C) daholar va ulug’lar D) shoirlar
87. Insonni doim falokatdan ogoh etuvchi va dilga mehr soluvchi, xilvatda qilgan gunohlari uchun jazolovchi deb nima(lar) aytilgan? A) inson e’tiqodi B) inson vijdoni
C) oliy ruhlar D) yolg’izlik
88. Asarda “Alqasosul minalhaq”deb kim aytgan edi?
A) Shohi Jahon B) Avrangzeb C) Rudakiy D) Nazrul Islom
89. Nazrul Islomni “Ozodliging muborak!” – deya qutlagan kim edi?
A) Hind B) musulmon C) Thokur D) A va B
90. Quyidagi so’zlarni kim aytgan?
Инсон — Ишки ёлгиз оллога.
Шоир Мажпун қилди исёп,
Ошик бўлди Лайлога
A) shoirlar B) payg’ambarlar C) Nazrul Islom D) U.Xayyom
“Ruhlar isyoni” dostonida qish qahrida bo’yin egmay isyon qilgan deb qaysi osimlik nazarda tutgan? A) lola B) boychechak C) chinor D) qaragay
“Ruhlar isyoni” dostoni necha fasldan iborat edi?
A) 4 fasl B)5 fasl C) 3 fasl D) 6 fasl
“Ruhlar isyoni” dostonida “Sharpalar” nomli bo’lim qaysi faslda edi? A) 4-fasl B)5-fasl C) 3-fasl D) 6-fasl
94. “Ruhlar isyoni” dostonida Nazrul Islom necha yoshida bu dunyoni tashlagan?
A) 75 yoshida B) 32 yoshida C) 33 yoshida D) 72 yoshida
95. “Ruhlar isyoni” dostonida Z.M.Boburning qaysi ruboiysi keltirilgan?
”Sendek menga bir yori vafodor topilmas
“Tole yo’qi jonimg’a bal olig’ bo’ldi…”
“Topmadim”
“ Yoz fasli yor vasli dostlarning suhbati”
96. ”Ruhlar isyoni” dostonining uchinchi fasli nima deb nomlanadi?
A) “Galayon “ B) “Ozodlik”
C) “Tutqunlik” D) “Sharpalar”
97. Asarning quyida tushirib qoldirilgan o’rinlarni to’ldiring. … aytdi:
“U dunyo chin, ista ruhning kamolin, … aytdi:
“Olloh zamin uzra — sochgan jamolin
A) shoir/ nabi B) payg’ambar/ nabi
C) nabi/shoir D) nabi/ payg’ambar
98. Asarda qaysi joy nomlari uchramaydi?
1. Tamilnadu; 2. Rajaston 3. Panjob 4. Bihor
5. Maysur 6. Assom; 7. Manipur 8. Bangola
A) 1,2,6 B) 1,5,6,7 C) 1,2,5,6 D) barchasi uchraydi
99. Ushbu ta’riflarni bir-biri bilan to’g’ri moslashtiring.
1.Osmonlarga ot surguvchi
2.Ko’kda ismat chirog’ini yoqqan
3.Koinotni barbod qilgivchi
4.Hayotni obod qilguvchi
a-Sohibqiron b-Indra c-Shiva d-Ganga
A) 1-a 2-d 3-c 4-b B) 1-a 2-d 3-b 4-c
C) 1-a 2-c 3-d 4-b D) 1-a 2-b 3-d 4-c
100. Olamga ipak berib o’zi yalang’och o’tgan xalq?
A) O’zbek xalqi B) Xitoy xalqi C) Hind xalqi D) Vyetnam Xalqi
Ismingiz________________________
Noto’g’ri javoblar soni______________



Download 31,51 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish