Mavzu: O‘zbekistonda yoshlarga oid davlat siyosati va uning mazmun mohiyati



Download 243,28 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/2
Sana06.02.2022
Hajmi243,28 Kb.
#432729
  1   2
Bog'liq
6-mashg\'ulot



BAJARDI: Abdurahimov Muxtor Maqsud o’g’li 
Mavzu: O‘zbekistonda yoshlarga oid davlat siyosati va uning mazmun 
mohiyati. 
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyev BMTning 72-
sessiyasida so‘zlagan nutqida “Sayyoramizning ertangi kuni, farovonligi 
farzandlarimiz qanday inson bo‘lib kamolga yetishi bilan bog‘liq. Bizning asosiy 
vazifamiz – yoshlarning o‘z salohiyatini namoyon qilishi uchun zarur sharoitlar 
yaratishdan iborat”, deb ta’kidlagan edi. Ta’kidlash joizki, Shavkat 
Mirziyoyevning O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti sifatida birinchi imzolagan 
qonun hujjati ham aynan yoshlar masalasi bilan bog‘liq bo‘lgan, 2016 yil 14 
sentyabrdagi «Yoshlarga oid davlat siyosati to‘g‘risida»gi Qonun edi. 
Yoshlarning huquqiy madaniyatini yuksaltirish, demokratik davlat qurish va 
fuqarolik jamiyatini rivojlantirish jarayonlarida ularning faolligini oshirish; yuksak 
ma’naviyatli, mustaqil fikrlovchi, qat’iy hayotiy pozitsiya, keng dunyoqarash va 
chuqur bilimlarga ega bo‘lgan vatanparvar yoshlarni tarbiyalash, ularda turli 
mafkuraviy tahdidlarga qarshi immunitetni shakllantirish; yoshlarni ijtimoiy 
himoya qilish, zamonaviy kasb-hunarlarni puxta egallashlari uchun munosib 
sharoitlar yaratish, ularni ish bilan ta’minlash va tadbirkorlikka jalb qilish; iqtidorli 
yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, ijodiy va intelektual salohiyatini ro‘yobga 
chiqarishga qaratilgan ishlarni tizimli yo‘lga qo‘yish; yoshlarni jismoniy tarbiya va 
sport bilan muntazam shug‘ullanishga keng jalb etish, yoshlar orasida sog‘lom 
turmush tarzini targ‘ib qilish; voyaga yetmaganlar va yoshlar o‘rtasida 
huquqbuzarlik va jinoyatlar sodir etilishini oldini olish; barkamol avlodni 
tarbiyalashda ommaviy axborot vositalari va zamonaviy axborot-kommunikatsiya 
texnologiyalaridan samarali foydalanish yoshlar siyosatining asosiy yo‘nalishlari 
hisoblanadi. Iste’dodli yoshlarni aniqlash, ularni tarbiyalash masalasining davlat 
siyosati darajasiga ko‘tarilganligi yurtimizda o‘rnak olsa arzigulik tajriba 
to‘planishiga imkon berdi. Shu o‘rinda ta’idlash joizki, iste’dodli yoshlarni izlash 
va ularni qo‘llabquvvatlashga qaratilgan ishlarni amalga oshirishda davlat 
tashkilotlari bilan bir qatorda yurtimizda faoliyat yuritayotgan nodavlat 
tashkilotlari ham faol ishtirok etmoqdalar. Masalan, yoshlarga oid davlat 


BAJARDI: Abdurahimov Muxtor Maqsud o’g’li 
siyosatining asosiy yo‘nalishlaridan biri yoshlarning iste’dod va qobiliyatlarini 
qo‘llab-quvvatlashga qaratilganligi ayniqsa, ahamiyatga molikdir. Ta’kidlash 
joizki, ta’lim, fan, texnika, axborot texnologiyalari, madaniyat, san’at, sport, 
tadbirkorli sohalaridagi iste’dodli va iqtidorli yoshlarni rahbatlantirib borish, 
ularning turli sog‘lom tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash vazifalari bu 
tashkilotning mazkur yo‘nalishdagi dolzarb vazifalaridan biri qilib belgilangan. 
Yoshlarning bilim darajasi, kasbiy malakasi, ma’naviy va ruhiy barkamollik kabi 
fazilatlari va ijtimoiy sifatlari butun jamiyatning rivojlanish darajasiga salmoqli 
ta’sir ko‘rsatmoqda. Aholining turmush sharoitini yaxshilash, hayotdan rozi bo‘lib 
yashashga erishish bugungi zamonaviy davlatchilik taraqqiyotidagi muhim 
ko‘rsatkich hisoblanadi. Alloma Abdulla Avloniy “Tarbiyani kimlar qilur? Qayda 
qilur? degan savolga “Birinchi - uy tarbiyasi. Bu vazifa ona zimmasidadir. Ikkinchi 
– maktab va madrasa tarbiyasi. Ota, muallim, mudarris va hukumat vazifasidur” 
deb javob berganlar. Bu so‘zlar zamirida barchaning farzand tarbiyasiga mas’ulligi 
ko‘rinib turibdi. Yoshlar masalasini o‘rganish kishilik jamiyati, ijtimoiy 
munosabatlar, millatlar va davlatlar, madaniyat va sivilizatsiyalar bilan 
chambarchas bog‘liqdir. Chunki yoshlar masalasi, birinchidan, sivilizatsiya 
vujudga kelgandan beri mavjud va barcha tarixiy rivojlanish bosqichlarida ular 
bilan yonmayon keladi. Ikkinchidan, tafakkur tarixida barcha faylasuflar, 
mutafakkirlar, davlat arboblari, shoiru adiblar farzand, yoshlar masalasiga oid o‘z 
qarashlarini bayon qilganlar. Qadimgi Arabiston yarim orolida VII asrgacha – 
«johiliya davri»da, hatto qiz bolaning tug‘ilishi ota uchun baxtsizlik alomati bo‘lsa, 
o‘g‘il bolaning tug‘ilishi esa, alohida baxtning belgisi qilib ko‘rsatilgan. Hikoya 
qilishlaricha, 
Umar 
ibn 
alXattob 
(r.a.) quyidagilarni e’tirof etgan: 
«Musulmonlikdan avvalgi ikki narsani eslaymanki, birini eslab yig‘layman, birini 
eslab kulaman. Ushbu narsaga yig‘layman. Bir kun qizimni, jajji qizchamni, 
jigarpora qizchamni shu o‘z qo‘llarim bilan qabr qazib ko‘mdim. Men qizim uchun 
o‘z qo‘llarim bilan chuqur qazir ekanman, u mening soqolimga sachragan 
tuproqlarni jajji qo‘llari ila silab olardi. Qachon buni eslasam doimo yig‘layman. 
Insoniyatning qanday qorong‘u davrlarida yashaganini tushunib, tinmay ko‘z yosh 


BAJARDI: Abdurahimov Muxtor Maqsud o’g’li 
to‘kishdan o‘zimni tiyaman» . Islom ayollarga rahmshafqat, mehr ko‘rsatish bilan 
uning maqomini ko‘tardi va uning baxtli hayoti uchun muqaddas qonunlarni joriy 
etdi. Ushbu qonunlarning bajarilishi Qur’on oyatlari va Payg‘ambarimiz (s.a.v.) 
Hadislari orqali mustahkamlandi. Tadqiqotchi N.J.Yusupova o‘zining “Islomda 
ayol huquqlari” asarida ta’kidlaganidek, ayol masalasiga oid Qur’oni karimda 309 
oyat mavjud bo‘lib, shundan 161 oyat Makkada va 148 oyat Madinada nozil 
bo‘lgan. Insondagi komillik, eng avvalo, uning fikr, tafakkur va amaliy faoliyat 
erkinligini anglashidadir. Shu ma’noda, ulug‘ yunon faylasufi Suqrotning 
“O‘zligingni angla” degan da’vati ham insonning o‘z nasl-nasabini, hayot 
mazmunini, kishining kelajak avlodlar oldidagi mas’uliyat va majburiyatini 
anglashga qaratilgan chaqiriqdir. Har qanday jamiyatda komillikning eng asosiy 
ko‘rsatkichi insonning ezgulikka, ijtimoiy baxt-saodatga, insonparvarlik 
g‘oyalariga munosabatida hamda ularga asoslangan amaliy faoliyatida namoyon 
bo‘ladi. Shuni ta’kidlash joizki, keyingi yillarda ayrim yoshlarda millatga, Vatanga 
foyda keltirishni o‘ylash, mustaqillikni mustahkamlashda foydali inson bo‘lib 
yetishish hissi maxsus, ilmiy asosda shakllantirilmaganligi tufayli shaxsiy 
manfaatni o‘ylash, yengil yo‘llar bilan to‘la-to‘kis hayotga intilish hissi namoyon 
bo‘lmoqda. Shu bilan birga, ayrim fuqarolar orasida ma’naviy cheklanganlik, 
dunyoqarashning torligi, milliy odob me’yorlariga rioya qilmaslik, so‘z va ish 
orasidagi tafovut, milliy g‘ururning sustligi, shu kabi “ommaviy madaniyat”ning 
boshqa noxush ko‘rinishlari uchrab turadiki, ularni birgalashib bartaraf qilish 
lozim. Bugungi kunda aksariyat rivojlangan davlatlarning mafkurasi umuminsoniy 
qadriyatlar va demokratik tamoyillarga asoslanadi. Ularda tinchlik va taraqqiyot, 
inson haq-huquqlari va erkinligi, milliy va diniy totuvlik g‘oyalari ustivordir. Bu 
tamoyillarga asoslangan ezgu g‘oyalar umuminsoniy manfaatlar, bashariyatning 
asriy orzusi bo‘lgan yorug‘ kelajak uchun xizmat qiladi. Prezidentimiz Shavkat 
Mirziyoyev O‘zbekiston yoshlari forumida ta’kidlab o‘tganidek, “Biz yurtimizda 
qanday islohotlarga qo‘l urmaylik, avvalo, siz kabi yoshlarga, sizlarning kuch-
g‘ayratingiz, azmu shijoatingizga suyanamiz. Barchangiz yaxshi bilasiz, bugun o‘z 
oldimizga ulkan marralar qo‘yganmiz. Ona Vatanimizda Uchinchi Renessans 


BAJARDI: Abdurahimov Muxtor Maqsud o’g’li 
poydevorini yaratishga kirishdik. Biz oila, maktabgacha ta’lim, maktab va oliy 
ta’limni hamda ilmiy-madaniy dargohlarni bo‘lg‘usi Renessansning eng muhim 
bo‘g‘inlari deb hisoblaymiz. Shu sababli ayni ushbu sohalarda tub islohotlarni 
amalga oshirmoqdamiz. Ishonamanki, mamlakatimiz taraqqiyotining yangi 
poydevorini yaratishda sizlar singari fidoyi va vatanparvar yoshlarimiz faol 
ishtirok etib, munosib hissa qo‘shadilar” . Ma’lumki, “milliy o‘z-o‘zini anglash – 
har bir millat (elat)ning o‘z-o‘zini real sub’ekt, muayyan moddiy va ma’naviy 
boyliklarning egasi, yagona til, urf-odatlar, an’analar, qadriyatlar va davlatga 
mansubligini, manfaatlar hamda ehtiyojlar umumiyligini tushunib yetishga milliy 
o‘z-o‘zini anglash deyiladi”. Mafkuraviy immunitet – bu, sodda qilib aytganda, 
insonning o‘z istak-orzu, maqsad-intilishlariga mutlaqo zid, yot, zararli, begona 
mafkuraviy tahdidlarga qarshilik ko‘rsata olish salohiyati. “Mafkuraviy immunitet 
– falsafa: qomusiy lug‘atida –ma’naviy barkamol, irodasi baquvvat, iymoni butun 
shaxsni tarbiyalashda, har qanday reaksion, buzg‘unchi xarakterdagi g‘oyaviy 
tashabbuslarga bardosh bera oladigan yoshlarni tarbiyalashda qo‘l keladi” deyiladi. 
Bolaga ilk yoshidan boshlab nima yaxshi, nima yomon, ularga qanday munosabat 
bildirish kerak, degan savollarga asoslangan bog‘cha, maktab tarbiyasi, undan 
keyin ijtimoiy tarbiya yo‘lga qo‘yilsagina har bir millat sog‘lom, ishonchli, 
mustahkam immunitetga ega bo‘ladi. Immunitet esa, o‘z navbatida, odamni to‘g‘ri 
yo‘ldan “ozish”dan, turli yo‘llarga adashib, keyin pushaymon bo‘lishlardan, 
baxtsizlikdan, 
millatni 
esa–parokandaliklardan, 
parchalanishlardan, 
sinfiy, 
mahalliy yoki boshqa bo‘linishlardan asrab turadi. Demak, mafkuraviy immunitet 
–davlat va millatning ma’naviy birligi, ma’naviy sog‘lomligini himoya qiluvchi 
g‘oyaviy qalqon vazifasini bajaradi. 
Mafkuraviy immunitet o‘z-o‘zidan namoyon bo‘lmaydi. Uning namoyon 
bo‘lishi uchun ichki yoki tashqi g‘oyaviy, fikriy ta’sir bo‘lishi kerak [9-16]. Al 
Forobiyning fikricha, “...fozil jamiyatning har bir fuqarosi mansabi, tutgan o‘rni, 
ya’ni kim bo‘lishidan qat’iy nazar «fozil kishi», «fozil inson» o‘z davlatining 
barcha qonun- qoidalarini yaxshi biladi, unga amal qiladi, fikrlaydi, o‘z kasbining 
ustasi, lozim bo‘lganda Vatan uchun jon fido qiladi. Fozillar shahri aholisi bir 


BAJARDI: Abdurahimov Muxtor Maqsud o’g’li 
biriga hurmatda bo‘ladi. Ota-ona va farzand, ustozu- shogird o‘rtasida Sharqona 
nazokat, mehr va ehtirom bo‘ladi. Avvalo bunday fikr yuritishning o‘zi 
bobolarning ma’naviy darajasi naqadar yuksak bo‘lganligini va albatta bunday fikr 
aytish bu borada ko‘p asrlik me’roslarni o‘rganish natijasida vujudga kelishini 
ta’kidlash joiz. 
Yoshlarga oid davlat siyosati to‘g‘risidagi qonunning asosiy maqsadi 
yoshlarga oid davlat siyosati sohasidagi munosabatlarni tartibga solish, uni 
rivojlantirishga qaratilgandir. Mamlakatimiz aholisining katta qismini yoshlar 
tashkil qiladi. Vatanimizning ertangi taraqqiyoti yoshlarga bo‘lgan bugungi e’tibor, 
olib borilayotgan siyosatning samarasiga bog‘liq. 
O‘zbekistonda yoshlarga oid davlat siyosati O‘zbekiston Respublikasi 
Konstitutsiyasi, “Yoshlarga oid davlat siyosati” va boshqa qonunlar bilan tartibga 
solinadi. 
Yoshlarga oid davlat siyosati deganda davlat tomonidan amalga 
oshiriladigan hamda yoshlarni ijtimoiy jihatdan shakllantirish va ularning 
intellektual, ijodiy va boshqa yo‘nalishdagi salohiyatini kamol toptirish uchun 
shart-sharoitlar yaratilishini nazarda tutadigan ijtimoiy-iqtisodiy, tashkiliy va 
huquqiy chora-tadbirlar tizimi tushuniladi. Siyosiy fanlar nuqtai nazaridan yoshlar 
deganda o‘n to‘rt yoshga to‘lgan va o‘ttiz yoshdan oshmagan shaxslar nazarda 
tutiladi. Yosh oilani er-xotinning ikkisi ham o‘ttiz yoshdan oshmagan oila yoxud 
farzand tarbiyalab voyaga yetkazayotgan o‘ttiz yoshdan oshmagan yolg‘iz otadan 
yoki yolg‘iz onadan iborat bo‘lgan oila tashkil etadi. 
Yoshlarga oid davlat siyosatining asosiy printsiplari quyidagilardan iborat: 
ochiqlik va shaffoflik; yoshlarga oid davlat siyosatini ro‘yobga chiqarishda 
yoshlarning ishtirok etishi; yoshlar tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash va 
rag‘batlantirish; ma’naviy, axloqiy va madaniy qadriyatlarning ustuvorligi; 
yoshlarning kamsitilishiga yo‘l qo‘yilmasligi. Yoshlarga oid davlat siyosati 
to‘g‘risidagi qonunning 5- moddasiga asosan yoshlarga oid davlat siyosatining 
asosiy yo‘nalishlari quyidagilardan iborat: 
-
yoshlarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini ta’minlash; 


BAJARDI: Abdurahimov Muxtor Maqsud o’g’li 
-
yoshlarning hayoti va sog‘lig‘ini saqlash; 
-
yoshlarning ma’naviy, intellektual, jismoniy va axloqiy jihatdan kamol 
topishiga ko‘maklashish; 
-
yoshlar uchun ochiq va sifatli ta’limni ta’minlash; 
-
yoshlarni ishga joylashtirish va ularning bandligi uchun shart-sharoitlar 
yaratish; 
-
yoshlarni vatanparvarlik, fuqarolik tuyg‘usi, bag‘rikenglik, qonunlarga, 
milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhida, zararli ta’sirlar va oqimlarga 
qarshi tura oladigan, hayotga bo‘lgan qat’iy ishonch va qarashlarga ega qilib 
tarbiyalash; 
-
yoshlarni axloqiy negizlarni buzishga olib keladigan xatti-harakatlardan
terrorizm va diniy ekstremizm, separatizm, fundamentalizm, zo‘ravonlik va 
shafqatsizlik g‘oyalaridan himoya qilish; 
-
yoshlarning huquqiy ongi va huquqiy madaniyati darajasini yuksaltirish; 
-
iqtidorli va iste’dodli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash hamda rag‘batlantirish; 
-
yoshlar tadbirkorligini rivojlantirish uchun shart-sharoitlar yaratish; 
-
yoshlarda sog‘lom turmush tarziga intilishni shakllantirish, shuningdek 
yoshlarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish va yoshlar sportini ommaviy 
rivojlantirish uchun shart-sharoitlar yaratish; 
-
yosh oilalarni ma’naviy va moddiy jihatdan qo‘llab-quvvatlash, ular 
uchun munosib uy-joy va ijtimoiy-maishiy sharoitlarni yaratish bo‘yicha kompleks 
chora-tadbirlar tizimini amalga oshirish; 
-
yoshlarning huquqlari va erkinliklarini ro‘yobga chiqarish sohasida 
faoliyatni amalga oshiruvchi xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlikni rivojlantirish. 
Davlat dasturlari, hududiy va boshqa dasturlar yoshlarni ijtimoiy qo‘llab-
quvvatlash, yosh fuqarolarning shaxsiy, siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy hamda madaniy 
huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish va ro‘yobga 
chiqarishni ta’minlaydigan zarur shart-sharoitlarni yaratish, jamiyat hayotida 
ularning o‘rni va faolligini oshirish, sog‘lom va barkamol yosh avlodni tarbiyalash 
maqsadida ishlab chiqiladi hamda amalga oshiriladi. 


BAJARDI: Abdurahimov Muxtor Maqsud o’g’li 
O‘zbekistonda yoshlarga oid davlat siyosatini ro‘yobga chiqarishni amalga 
oshiruvchi hamda unda ishtirok etuvchi organlar va muassasalar: 
1.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi- yoshlarga oid davlat 
siyosatining ro‘yobga chiqarilishini ta’minlaydi; sohaga doir davlat dasturlarining 
ishlab chiqilishi va amalga oshirilishini ta’minlaydi va sh.k. 
2.
Mahalliy davlat hokimiyati organlari - tegishli hududda yoshlarga oid 
davlat siyosatining ro‘yobga chiqarilishini ta’minlaydi; hududiy dasturlarni ishlab 
chiqadi, tasdiqlaydi va amalga oshiradi va sh.k. 
3. Yoshlarga oid davlat siyosatini ro‘yobga chiqarishda ishtirok etuvchi 
organlar va muassasalar tizimiga quyidagilar kiradi: ta’limni davlat tomonidan 
boshqarish organlari va ta’lim muassasalari; davlat sog‘liqni saqlash tizimini 
boshqarish organlari va sog‘liqni saqlash muassasalari; madaniyat va sport ishlari 
bo‘yicha organlar; mehnat organlari; prokuratura organlari; ichki ishlar organlari; 
adliya organlari; mudofaa ishlari bo‘yicha organlar. 
O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga hamda qonunga muvofiq 
har bir yosh fuqaroning huquqlari va erkinliklari kafolatlanadi. Yosh fuqarolarning 
huquqlari va erkinliklari cheklanishi mumkin emas, qonunda belgilangan hollar 
bundan mustasno. 
Jinsi, irqi, millati, tili, dini, ijtimoiy kelib chiqishi, e’tiqodi, shaxsi va 
ijtimoiy mavqeidan qat’i nazar, yoshlarning huquqlari va erkinliklarini biror bir 
tarzda bevosita yoki bilvosita cheklashga yo‘l qo‘yilmaydi hamda bunday cheklash 
qonun hujjatlariga muvofiq javobgarlikka sabab bo‘ladi. 
Yosh fuqarolar va yosh oilalar uchun qulay shart-sharoitlar yaratish 
maqsadida davlat tomonidan quyidagilar vositasida yoshlarni qo‘llab-
quvvatlashning qo‘shimcha chora-tadbirlari nazarda tutilgan: 
-
oilaviy hayotga oid muammolar, psixologik-pedagogik, huquqiy va 
boshqa masalalar yuzasidan maslahatlar berish tizimini rivojlantirish; 
-
yoshlarga ijtimoiy xizmat, ijtimoiy yordam ko‘rsatuvchi nodavlat notijorat 
tashkilotlari tizimini rivojlantirish; 
-
yoshlarning dam olishi va ularni sog‘lomlashtirishni tashkil etish tizimini 


BAJARDI: Abdurahimov Muxtor Maqsud o’g’li 
rivojlantirish. 
Iqtidorli va iste’dodli yoshlarni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash 
borasida quyidagi ishlar amalga oshirilmoqda: 
-
qonun hujjatlarida belgilangan tartibda mukofotlar, stipendiyalar belgilash, 
ta’lim grantlari taqdim etish; 
-
fan, madaniyat va san’at sohasida ijodiy ustaxonalar va maktablarni tashkil 
etishga ko‘maklashish; 
-
umumiy o‘rta, o‘rta maxsus, kasb-hunar va oliy ta’lim muassasalarida 
sport seksiyalari, fan, texnika to‘garaklari va ijodiy to‘garaklar faoliyatini tashkil 
etish; 
-
iqtidorli va iste’dodli yoshlarni aniqlash va rag‘batlantirish maqsadida 
tanlovlar, olimpiadalar, ko‘rgazmalar, festivallar, ko‘riklar, kontsertlar, 
simpoziumlar, o‘qishlar, konferentsiyalar, seminarlar tashkil etish hamda 
o‘tkazish; 
-
iqtidorli va iste’dodli yoshlarni ta’lim va ilmiy-tadqiqot muassasalarida, 
shu jumladan xorijiy mamlakatlarda o‘qitish, qayta tayyorlash va amaliyotni o‘tash 
dasturlaridan tanlov asosida foydalanishini ta’minlash; 
-
ilmiy-tadqiqot, 
madaniy-ma’rifiy 
ishlarni o‘tkazish uchun yosh 
mutaxassislar 
va 
olimlarga 
shart-sharoitlar 
yaratish, 
yosh 
olimlarning 
ishlanmalarini amaliyotga joriy etishga ko‘maklashish, shuningdek yoshlarning 
kadrlar salohiyatini saqlab qolish hamda rivojlantirish; 
-
sport-ta’lim muassasalari, klublari tarmoqlarini rivojlantirish, iqtidorli va 
iste’dodli yosh sportchilarni qo‘llab-quvvatlash, yoshlar o‘rtasida sport 
musobaqalarini o‘tkazish; 
-
iqtidorli va iste’dodli yoshlarni qo‘llab-quvvatlayotgan jismoniy va 
yuridik shaxslarni qonun hujjatlarida belgilangan tartibda rag‘batlantirish yo‘li 
bilan amalga oshiriladi. 
Bugungi kunda mamlakatimizda olib borilayotgan islohotlar samarasi 
avvalambor yuksak ma’naviyatli, mustaqil fikrlaydigan, Vatanimiz taqdiri va 
istiqboli uchun mas’uliyatni o‘z zimmasiga olishga qodir yosh kadrlar safini 


BAJARDI: Abdurahimov Muxtor Maqsud o’g’li 
kengaytirishga bevosita bog‘liq. Shu maqsadda yana bir muhim hujjat 

Download 243,28 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish