Mavzu: Sirtdan ish ko’rishda yuritiladigan protsessual hujjatlar va ularning tasnifi
Reja
Kirish
Asosiy qism
1. Sirtdan ish ko‘rishda yuritiladigan protsessual hujjatlar
2. Sirtdan ish ko‘rishda yuritiladigan protsessual hujjatlarning tasnifi
3. Sirtdan ish ko‘rishda yuritiladigan protsessual hujjatlardan na’munalar
Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar
Kirish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2013-yil 28-iyundagi “Yuridik kadrlar tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ–1990-sonli qarorida belgilangan ustuvor vazifalardan kelib chiqib, “Fuqarolik ishlari bo‘yicha protsessual hujjatlar” modulidan tayyorlangan Fuqarolik ishlari bo‘yicha protsessual hujjatlar nomli o‘quv qo‘llanmasi talabalarda fuqarolik ishlari bo‘yicha protsessual hujjatlar haqida asosiy tushuncha, ko‘nikma va bilimlar hosil qilish, protsessual hujjatlarni to‘g‘ri rasmiylashtirish uchun yetarli tajriba orttirishda muhim ahamiyat kasb etadi. Ayniqsa, mazkur qo‘llanma hozirgi zamon talablaridan kelib chiqib, talabalar tomonidan sohaga oid nazariya va amaliyot materiallarini tizimli ravishda va o‘z vaqtida o‘zlashtirilishini tashkil va tahlil etishga, talabalarda mustaqil ishlash ko‘nikmasini rivojlantirishga xizmat qiladi.
Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan sud-huquq islohotlarining muhim bir yo‘nalishi – yuqori malakali, raqobatbardosh, zamonaviy xalqaro standartlarga javob bera oladigan yuridik kadrlarni tayyorlashdan iborat bo‘lib, bu esa o‘z navbatida, talabalarning nazariy bilimlarini amaliy jihatdan mustahkamlash, o‘tilayotgan ma’ruza va amaliy mashg‘ulotlarning sifat va samaradorligini yanada oshirish, professor-o‘qituvchilarning malakasini oshirish tizimining faoliyatini yanada takomillashtirish, talabalarda mustaqil protsessual hujjatlar yaratish ko‘nikmasini hosil qilish va shu orqali sohaga oid qonun hujjatlarini o‘zlashtirishga ko‘maklashish, olib borilayotgan ilmiy-tadqiqot ishlarining sifatini yanada yuksaltirish, eng muhimi, nazariyotchi olimlar, yetuk pedagog va soha mutaxassislari bilan hamkorlikda, talabalar uchun zamonaviy, yangi avlod uchun mo‘ljallangan o‘quv adabiyotlari tayyorlashni taqozo etadi.
FPKning XIX bobi sirtdan hal qiluv qarori chiqarish institutiga oid bo‘lib, ushbu bob FPKning 224–236-moddalarini o‘z ichiga oladi. Sirtdan ish yuritish deganda sud majlisining vaqti va joyi to‘g‘risida qonunda belgilangan tartibda xabardor qilingan javobgarning uzrli sabablarsiz sud majlisiga kelmasligi va da’vogar roziligi asosida ishni javobgarning ishtirokisiz ko‘rib hal qilish tushuniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |