Qaror qiladi:
Da’vogar Mirzo Ulug‘bek tuman prokurorining fuqaro (F.I.O.)ning manfaatida javobgar (F.I.O.)ga nisbatan jinoyat oqibatida yetkazilgan moddiy zararni undirish haqidagi da’vo arizasi qanoatlantirilsin.
Javobgar (F.I.O.)dan fuqaro (F.I.O.)ning foydasiga 35.220.300 (o‘ttiz besh million ikki yuz yigirma ming uch yuz) so‘m moddiy zarar undirilsin.
Javobgar (F.I.O.)dan davlat foydasiga 7.044.060 (yetti million qirq to‘rt ming oltmish) so‘m davlat boji undirilsin.
Sud majlisida ishtirok etmagan javobgar 15 kun muddat ichida sirtdan chiqarilgan qarorni qayta ko‘rish haqida shu tumanlararo sudiga ariza, qarordan norozi tomon 20 kun muddat ichida Fuqarolik ishlari bo‘yicha Toshkent shahar sudiga shu sud orqali apellyatsiya tartibida shikoyat, prokuror protest keltirishi mumkin.
Raislik etuvchi: imzo (F.I.O.)
Xulosa
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2013-yil 28-iyundagi “Yuridik kadrlar tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish choratadbirlari to‘g‘risida”gi PQ–1990-sonli qarorini amalga oshirish bo‘yicha tadbirlar rejasining 16-bandiga muvofiq tasdiqlangan “Huquqiy fanlar va predmetlar bo‘yicha yangi avlod darsliklari va o‘quv qo‘llanmalarini tayyorlash Kompleks dasturi” asosida tayyorlangan Fuqarolik ishlari bo‘yicha protsessual hujjatlar nomli o‘quv qo‘llanmasi huquqshunoslik yo‘nalishida tahsil olayotgan talabalar uchun muhim manba vazifasini o‘taydi.
Shuningdek, fuqarolik ishlari bo‘yicha protsessual hujjatlarni rasmiylashtirishda, malakali huquqshunoslar tayyorlaydigan oliy va o‘rta maxsus o‘quv yurtlarining talabalari bilan bir qatorda, sud, prokuratura, advokatura, notariat, fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd qilish hamda notarial idoralarning xodimlari, hakamlik sudyalari, sud ijrochilari, qolaversa, o‘zlarining qonuniy huquq va manfaatlarini himoya qilmoqchi bo‘lgan barcha fuqarolar ham amaliy manba sifatida foydalanishlari mumkin.
Foydalanilgan adabiyotlar
1. Shoraxmetov Sh.Sh. O‘zbekiston Respublikasining fuqarolik protsessual huquqi. Darslik. –T.: “Adolat”, 2007. – 510 b.
2. Shoraxmetov Sh.Sh. Fuqarolik ishlarini sudda ko‘rishga oid protsessual hujjat namunalariga sharh. –T.: TDYuI, 2008. – 345 b.
3. Shoraxmetov Sh.Sh. O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik protsessual kodeksiga Sharhlar. – T.: TDYuI, 2010. – 960 b.
4. Mamasiddiqov M.M. Fuqarolik protsessual huquqi. Darslik. Umumiy qism. –T.: TDYuI, 2010. – 410 b.
5. Fuqarolik ishlari bo‘yicha protsessual hujjatlar. O‘quv qo‘llanma. Mualliflar jamoasi. –T.: TDYuI, 2011. – 189 b.
Do'stlaringiz bilan baham: |