1.
Ma’rifatparvarlik davrining o‘ziga xos xususiyatlari.
2.
Ma’rifatparvarlik davri Ingliz teatri.
3.
Ma’rifatparvarlik davri fransuz teatri va uning mashhur ijodkorlari.
4.
Italiya teatri namoyondalari.
5.
Ma’rifatparvarlik davrida nemis teatri.
1688—1689-yil ingliz burjua inqilobidan 1789-yil ulug' fransuz burjua
inqilobiga qadar bo'lgan yuz yillik — Ovro'po teatri tarixiga Ma'rifatparvarlik
davri sifatida kirdi.
Ma'rifatparvarlar Uyg'onish davridan shaxs hurligi va uning erkin ma'naviy
takomillashuvi g'oyasini meros qilib oldilar. Ular manfaatparastlikka asoslangan
burjuacha ishbilarmonlikni fuqarolik vazifalari bilan uyg'unlashtirish, burjuaziyani
«fuqaro»ga xizmat qildirish mumkin, deb hisobladilar. Bunga erishishning eng
maqbul yo'li — insonni ma'rifatli qilish deb bildilar. Dili va aql-idroki ma'rifat nuri
bilan jilolangan inson fosiqlik tuzog'iga ilinmaydi, jamiyat saodati yo'lida xizmat
qilish uning uchun mo'tabar
maqsadga aylanadi, deb tushundilar ular.
Ijodkorlar turli mamlakatlarda turlicha ijod qilgan bo'lsalar-da, lekin ularni
yagona ma'rifatparvarlik g'oyasi birlashtirib turdi. Ayni zamonda XVIII asr badiiy
ijodiyotida bir-biridan tubdan farqlanuvchi o'ziga xos, betakror
ijodiy siymolarni
yetishtirib berdi: Angliyada Sheridan va Garrik, Fransiyada Volter, Didro,
Bomarshe va Leken, Germaniyada Lessing, Gyote, Shiller,
Italiyada Goldoni va
Gotssilar jahon madaniyati tarixidan munosib o'rin olgan shunday so'z ustalari va
san'atkorlar edilar.
Ma'rifatparvarlar «dili va aqli» bir-biriga mutanosib
shaxsnigina ideal shaxs deb
bilganlaridan ular san'at bobida ham his-tuyg'u talablariga e'tibor bilan qaraganlar.
Lekin his-tuyg'u va aql idrok orasidagi mutanosiblik darajasiga nisbatan bo'lgan
tushunchalarda o'zgarishlar yuz berib bordi. Ma'rifatparvarlik san'ati rivojining
birinchi, ya'ni ma'rifatparvarlik klassitsizmi yetakchi yo'nalishga aylangan davrda
aql-idrok his-tuyg'udan sezilarli darajada ustun turardi.
XVIII asr san'atining keyingi rivojlanish bosqichi ma'rifatparvarlik
realizmi deb
yuritildi. Uchinchi bosqichda ko'pchilik ma'rifatparvarlar hissiyotiga ro'ju
qo'ydilar. Shu bois uni sentimentalizm bosqichi deb atash taomilga kirdi.
Ma'rifatparvarlik teatriga xos qator teatr janrlari dastlab Angliyada shakllandi.
Shunday janrlardan biri sentimental (hazin) tash-viqiy komediya bo'lib, uning bosh
maqsadi — yaxshilik namunalarini ko'rsatish bllan kishilarni ezgulikka da'vat
etishdan iborat bo'ldi. Keskin to'qnashuv va kulgili vaziyatlarni chetlab o'tuvchi bu
xil komediyada burjua turmushi ko'tarinki ruhda ifodalandi, burjuacha axloqiy
tamoyillar tasdiq etildi.
1730-yillarning boshida yana bir janr — burjua tragediyasi yoki meshchan
dramasi paydo bo'ladi. Meshchan dramasida oddiy inson fojeiy
sahnaning bosh
qahramoniga aylandi. Jorj Lillo (1693— 1739)ning «London savdogari yoki Jorj
Barnvel qissasi» (1731) asarining ulkan muvaffaqiyati bu janrning sahnada
tasdiqlanishiga kuchli ta'sir ko'rsatadi. Asarda Jon Barnvelning suyug'oyoq
Milvudga ilashib qolib, uning qistovi bilan xo'jayinining mulkini o'g'irlasbi,
keyin
merosiga egalik qilmoqchi bo'lib, o'z amakisini o'ldirishi liaqida hikoya qilingan
edi. Jinoyatchilarning har ikkalasi ham qatl etiladi.
Ballada Operasi va mashq (repetitsiya) janrlari keng yoyiladi. Bu
janrlarga
mansub asarlarda mavjud tartibotga nisbatan tanqidiy munosabat kuchli ifoda
etilgan. Ballada operasi — parodiya janridir; unda qo'shiqlar, odatda, mutlaqo
nomuvofiq ohanglarda, ya'ni kulgili so'zlar, g'ussali so'zlar kulgili ohanglarda
aytilgan. Qahramonlar bamisoli ikki qiyofali bo'lib ko'rinadilar: masalan,
qaroqchilar tarzida ko'ringan kimsalar mutlaqo o'zgacha — qaroqchi-siyosiy
arboblar tarzini oladilar.
Mashq — repetitsiya janri «teatrda teatr» usuliga asoslangan janrdir. Bu
janrning tarixi «Bukengemning» Mashq (1671) pyesasidan boshlandi. 25 ta pyesa
yozgan yirik hajv ustasi Genri Filding (1707—1754) ham
bir qator pyesalarini
mashq janrida yozib, burjua demokratiyasidagi soxtaliklarni fosh etgan.
Lekin tomoshabinlar orasida keng shuhrat topgan ballada operasi janri bo'lib, u
Jo'n Gey (1685—1732) ning 1728-yili sahnalashtirilgan «Qashshoq operasi»