GYOTE (1749-1832-y.)
Yogann Volfgang Gyote Frankfurt - Maynda boy oilada tavallud topgan
Gyotening otasi huquq doktori bo'lib, ota-bobolaridan meros qolgan sarmoyadan
tushuvchi foiz hisobiga yashagan va o'g'lining tarbiyasi bilan shug'ullangan.
Gyote oilada juda yaxshi tarbiya ko'radi, so'ng Leypsig va Strasburg
universitetlarida tahsilni dayom ettiradi. Gyote bolaligidan teatrga ishqiboz bo'lib
yashagan. Teatrga borish uning o'quv jadvaliga kiritilgan edi. Uning yoshlikdan
o'zini dramaturgiyada sinab ko'rishi ajablanarli emas. U mashhur bo'lib ketgan
«Gyote fon Berlixingen» (1773) nomli birinchi pyesasini Strasburgda yozdi. Bu
xalq hayotiga bag'ishlangan birinchi nemis tarixiy dramasi bo'lib, u yangi
adabiyotni shakllantirishda katta ahamiyatga ega bo'ldi. Asar oilaviy-maishiy
mojaro emas, balki to'g'ridan-to'g'ri ijtimoiy-siyosiy to'qnashuv asosiga qurilgan
edi,
Tarixiy mavzudagi keyingi «Egmont» (1775) asarida ispan hukmiga qarshi
kurashgan nedirlandlar sardori graf Egmont ispan noibi gersog Alba tomonidan
qatl etilishi hikoya qilingan.
Gyote “Ifigeni Tavridada” (1779), «Torkvato Tasso» (1790) kabi tragediyalar
yozadi. Lekin uning «Faust» tragediyasi jahon adabiyoti xazinasiga qo'shilgan
bebaho hissa bo'ldi. Gyote bu asar ustida yetmish yil davomida goh to'xtab, goh
davom ettirib ish olib borgan. Gyote bu asarda ma'rifatparvarlikning tub ma'no va
mohiyati insonning olamaro muloqoti, tabiat sirlarini anglash va shu cheksiz
mo'jizalar xilqatida o'z o'rnini topishida ekanini ifoda etib berdi.
Gyote dramaturggina emas, shu bilan birga, teatr san'atining yirik arbobi ham
edi. 1791-yildan 1817-yilga qadar u Veymar saroy teatriga rahbarlik qiladi, o'z
teatr maktabini yaratadi.
FRIDRIX SHILLER (1759-1805-y.)
Yogann Kristofor Fridrix Shiller Vyurtemberg gersogligining Marbax shahrida
zobit oilasida tavallud topgan. Yoshligidan uni gersog Karl Yevgeniyning yopiq
harbiy bilim yurtiga o'qishga beradilar. Bu yer — o'quv maskanini emas,
qamoqxonani eslatardi. Talabalar ota-onalari bilan ham nazoratchining kuzatuvi
ostida uchrashardilar.
Shiller o'zining «Qaroqchilar» deb atalgan birinchi pyesasini shu yerda 19—20
yoshida yozgan. Asar qo'shni Mangeym gersogligida qo'yiladi (1781). Shillerni
badiiy ijodga qoi urganlikda ayblab, Karl Yevgeniy avaxtaga tashlaydi, jazodan
qutilgach, u bir um-rga Vyurtembergdan chiqib ketadi. Ta'qib-tazyiqlar ostida
uning keyingi «Makr va muhabbat» (1783), «Fiyesko fitnasi» (1784) pyesalari
yaratiladi.
Shiller Leypsig, Drezdenda yashaydi, umrining so'nggi davrini Veymarda
Gyote bilan ijodiy hamkorlikda o'tkazgan. U tarixni o'rganishga beriladi, Iyen
dorilfununining professori unvoniga sazovor bo'ladi. Tarixiy mavzularda «Don
Karlos», o'ttiz yillik tarixidan «Vallenshteyn haqida trilogiya, «Orlean qizi»,
«Vilgelm Tell», «Mariya Styuart» tarixiy dramalarini yaratadi.
Shillerning tarixiy mavzuda yozilgan asarlari orasida «Mariya Styuart (1800)
ma'rifatparvarlik realizmi sohasida erishgan eng yirik yutug'i bo’ldi. Unda,
umuman nemis dramaturgiyasi erishgan yutuqlar bir nuqtaga jo bo’lgandek
uyushiq tarzda namoyon bo'lgan.
Shiller «Mariya Styuart»ni tahliliy drama deb atagan. Bu ta'bir bo’lib o'tgan,
endi rivojlanishi lozim bo'lgan voqea pyesaga asos bo’lganligini anglatadi. Muallif
barcha voqealar kechimini ko'rsatmaydi, balki ularning eng qaynoq nuqtalarini
chizib tahlil etadi. Shiller «Shoh Edip»ni shu toifadagi pyesa uchun namunaviy
asar deb hisoblagan. Lekin, Shiller Sofokl asarining tashqi tomonini tiklagan emas.
Shillerning antik merosni chuqur o'rganishi unga yangi toifadagi psixologik fojiani
yaratishda yordam berdi.
XVIII asrning 30-yillarida Leypsig shahrida iste'dodli aktrisa teatr tashkilotchisi
Karolina Neyber tomonidan nemis teatri tarixiga «Leypsig maktabi» nomi bilan
kirgan teatriga asos solindi. Shu asrning o'rtalarida ijod gulshaniga kirib kelgan
deyarli barcha yirik nemis aktyorlari o'z faoliyatlarini shu teatrda boshlaganlar.
Ular klassitsizmning rol va matn ustida ongli ishlash yo'riqlarini shu Lepsig
sahnasida egallaganlar.
XVIII asrda nemis teatrida yuz bergan eng shonli davr ulug' aktyor va rejissor
Fridrix Lyudvig Shryoder (1744—1818) ning nomi bilan bog'liq. Shryoderning
nemis teatri oldidagi tarixiy xizmati Shekspir asarlarini sahnaga qo'yish va ularda
o'zi bosh rollarni ijro etishda ko'rindi. Uning bu boradagi faoliyati «Hamlet»
asarini qo'yishdan boshlandi. Spektakl premyerasi 1776-yil 20-sentabrda katta
muvaffaqiyat bilan o'tadi. Shundan so'ng «Otello», «Venetsiya savdogari», «Har
narsaning me'yori yaxshi», «Qirol Lir», «Richard III», «Genrix IV» «Makbet»
asarlari qo'yiladi. Shryoder Hamletning ichki dard-alam va ruhiy iztiroblarini butun
murakkabligi bilan ifoda etib bergan edi. Shryoderning yana bir eng e'tiborli roli
— «Lir» edi. «Uning o'tli qarashlari, - deb yozgan edi zamondoshlaridan biri, —
og'riqli qalb jazavasi birgina sahna davomida obrazni tubdan o'zgartirib yubordi.
Uning ko'zlaridan chaqmoq otilgandek, yuzi qizarib ko'pchib ketgandek bo'ladi.
Gavdasining har bir qismi jarohat olgan misol titraydi, lablari qaltiraydi, qo'llari
ko'kka ko'tariladi, momaqaldiroq gumburidan uzilib tushgandek dahshatli ovozda
nasl-nasabiga tavqi la'nat toshlarini otadiki, tomoshabinni ham titroq qoplab
oladi». Bu shunday dahshatli qarg'ish ediki, Gonerilya rolini ijro etuvchi aktrisa bu
qarg'ishning bolalariga tegishidan cho'chib, Shryoder bilan chiqishdan bosh
tortgan.
Shryoder ham Garrik singari ma'rifatparvarlik realizmiga suyanib ish ko'rgan.
«Ham his-tuyg'u va aql-idrok uyg'uriligi» uchun kurashdi va o'z shijoatini
mohirona tarzda boshqara bildi. U har bir rolning ayricha, o'ziga xos qiyofada
ajralib turishiga alohida e'tibor berar edi. «Men har bir rolning o'ziga yarashiq
ifodasini topishga urinaman. Natijada, rol boshqacha emas, aynan o'z turqi va
qiyofasini topadi», der edi u. Shryoder o'z ijodi bilan Germaniyada
ma'rifatparvarlik realizmi rivojining eng yuqori cho'qqisini belgilab berdi. Uni
«nemis Garriki» deb atasa ham bo'lardi, lekin u nemis Shryoderi edi; uning
shuhrati o'ziga yetib ortardi.
1780-yillarda Germaniyada klassitsizm uslubi kuchayadi. Shu yo'nalishga
asoslangan Gyote boshliq Veymar teatri nemis sahna san'ati rivojida katta
ahamiyatga ega bo'ldi. Ulkan san'atkor bo'lganligidan Gyote fransuz klassitsizmiga
mutelarcha taqlidchi bo'lib qolmadi. Aslini olganda, u klassitsizm uslubiga
moslangan ma'rifatparvarlik realizmi yo'nalishida ish ko'rgan edi. Gyote bir xil
rollarni ijro etishusuli, «amplua»ni tan olmadi, u lanj, loqayd kimsalar rollarini
shijoatli aktyorlarga ham beraverdi. Bu bilan u o'zidan uzoqlashib, o'zgalar
qiyofasiga kirish usulini ko'zlar edi. Uning teatri repertuari klassitsistik
tragediyalar qatori Shekspir, Shiller, Kalderon,. Gotssi va boshqa jahon
dramaturglari asarlariga asoslangan edi. Muhimi, repertuarda shoirona ruhdagi
asarlar bo'lishi kerak edi. Veymar teatri aktyorlari Germaniyada she'rni eng yaxshi
o'qiydigan kishilar bo'lishgan. Ularning ulug'vor, biroz tantanavor nutqiy ifodalari
shoirona ruh bilan uyg'unlashib, teatrni chin nafosat gulshaniga aylantirgan edi.
Gyotening san'ati zamon ruhiga va jahoniy o'zgarishlarga mos bo'lib tushdi.
Lekin shu bilan birga, Veymar sahnasi eski klassitsizm teatriga xos shakl va
aqidalardan xoli emas edi. Bu Gyote tuzgan «Aktyorlar uchun qoidalar»da o'z izini
qoldirdi. Bu risolada klassitsizmning qoida va amaliyotini chuqur bilgan
san'atkorning qarashiarigina emas, Lessingning nazariy qarashlari ham o'z
ifodasini topgan.
XVIII asr teatr san'ati ma'rifatparvarlik tafakkuri tug'ila boshlagan palladan
dramaturgiya va aktyorlik san'atining noyob namunalari yaratilgunga qadar bo'lgan
g'oyat boy taraqqiyot yo'lini bosib o'tdi. Bu ijodiy kashfiyotlar avlodlar xotirasida
abadul-abad muhrlandi va ular sahna san'atining kelajak ravnaqi uchun mustahkam
poydevor bo'lib qoldi.
Do'stlaringiz bilan baham: |