Shisha sanoati uchun xom ashyo sifatida Ugin uchastkasi misolida kvartsli qumtoshlarni tajriba-sanoat yo’sinida qazib olgan holda mufassal baholash va qidirib chamalash ishlarini olib borish uchun yer qa’ri uchastkasidan foydalanish shartlarining namunaviy



Download 22.67 Kb.
Sana25.06.2017
Hajmi22.67 Kb.
Geologik jixatdan o'rganish ishlarini uchun shartlarining namunaviy loyihasi. Vazirlar Mahkamasi Komissiyasi yig’ilishining 30-sonli majlis bayoniga 3-ilova

Vazirlar Mahkamasi Komissiyasi 


yig’ilishining 30-sonli majlis 
bayoniga 3-ilova

Shisha sanoati uchun xom ashyo sifatida Ugin uchastkasi misolida kvartsli qumtoshlarni tajriba-sanoat yo’sinida qazib olgan holda mufassal baholash va qidirib chamalash ishlarini olib borish uchun yer qa’ri uchastkasidan foydalanish shartlarining namunaviy loyihasi

Yer qa’ri uchastkasidan foydalanishning uchbu shartlari “Tarkibida noma’dan foydali qazilmalar mavjud bo’lgan yer qa’ri uchastkasidan foydalanish huquqiga oid litsenziya berish tartibi to’g’risidagi Nizomni tasdiqlash haqida” O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2011yil 2 maydagi PQ-1524-sonli Qarori, hamda yer osti boyliklaridan foydalanish sohasidagi faoliyatni tartibga soluvchi boshqa me’yoriy-huquqiy hujjatlarga muvofiq ishlab chiqilgan.

Ugin uchastkasi Qashqadaryo viloyatining Yakkabog’ tumanida joylashgan Ko’rsatilgan uchastka bo’yicha kvartsli qumtoshlarning kutilayotgan zaxiralari 8000 ming tonnani tashkil qiladi.

“Qarshi Yo’lbarsi” XKga Ugin uchastkasida shisha sanoati uchun xom ashyo sifatida kvartsli qumtoshlarni tajriba-sanoat yo’inida qazib olgan holda mufassal baholash va qidirib chamalash ihlarini olib borish uchun yer qa’ri uchastkasidan foydalanish huquqiga oid litsenziya beriladi. (bundan keyin litsenziya).

Litsenziyaga ko’ra “Qarshi Yo’lbarsi” XKga litsenziyaning ajralmas tarkibiy qismi hisoblangan yer qa’ri uchastkasidan foydalanishning quyidagi shartlari belgilanadi:

I “Qarshi Yo’lbarsi” XKning majburiyatlari:

1. “Qarshi Yo’lbarsi” Ugin uchastkasida kvartsli qumtoshlarni tajriba-sanoat yo’sinida qazib olgan holda mufassal baholash va qidirib-chamalash ishlarini olib borish uchun yer qa’ri uchastkasidan foydalanish huquqi davlat ro’yxatidan o’tkazilgan kundan e’tiboran ishlarni boshlashdan oldin quyidagilarni bajarishlari shart:

o’n kunlik muddatda ushbu yer qa’ri uchastkasini davlat tomonidan hisobga olish uchun O’zbekiston Respublikasi geologiya va mineral resurslar davlat qo’mitasining davlat geologiya fondiga (bundan keyin Davgeolfond) zarur materiallar (litsenziya nusxasi, yer uchastkasidan foydalanish shartlari, yer uchastkasi ajratish to’g’risida joylardagi davlat hokimiyati organlarining qarori, ro’yxatga olinayotgan ishlar uchastkasi konturlari bilan birga kartogramma yoki obzorli xarita) bilan birga yer qa’ri uchastkasidan foydalanish huquqini ro’yxatdan o’tkazish haqida ariza taqdim etish;

Davlat byudjetiga O’zbekiston Respublikasi Soliq kodeksi bilan belgilangan tartibda Ugin uchastkasida kvartsli qumtoshlarni tajriba-sanoat yo’sinida qazib olgan holda mufassal baholash va qidirib chamalash ishlarini olib borish uchun yer qa’ri uchastkasidan foydalanishga oid

litsenziyaga muvofiq yer osti boyliklaridan foydalanish huquqi berilganligi uchun bonus to’lash; 
_________ № ____ shartnoma asosida ________________________________ e’tiboran geologiya-qidiruv ishlari o‘tkazilishini ta’minlash;

dala ishlari boshlanishidan oldin o’n kunlik muddatda geologiya-qidiruv ishlari boshlanganligi haqida O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi “Sanoatgeokontexnazorat” Davlat inspeksiyasiga yozma ravishda ma’lum qilish;

“Yer osti boyliklari to’g’risida” O’zbekiston Respublikasi Qonunining 11, 12, 16, 33, 35, 36, 40, 43, 45, 50-moddalari bilan belgilangan talablarga, tabiatni muhofaza qilish, suv va suvdan foydalanish to’g’risidagi O’zbekiston Respublikasi qonunlariga, yer qa’rini geologik o’rganish, foydalanish va muhofaza qilish sohasida boshqa me’yoriy-huquqiy hujjatlarga rioya qilish;

Ugin uchastkasida tajriba-sanoat yo’sinida qazib olgan holda mufassal baholash va qidirib chamalash ishlarini yer qa’rini geologik o’rganishga doir amaldagi qoidalar va normalarga hamda SM-2TR (YaTYuX)ga muvofiq qat’iy ravishda olib borishni ta’minlash; 


texnikaga, himoyalanmagan gruntlarga, neft mahsulotlarining tushishiga barham berishni ta’minlovchi yoqilg’i quyish uchun joylarni tashkil etish
ta’minlash ishlarini bajarish va mavjud yo’l tarmog’idan foydalanish;

uchastkaning ishlangan qismini parallel ravishda rekultivatsiyalash orqali tuproq-gruntlarga salbiy ta’sirni kamaytirish va tuproq eroziyasining oldini olish;

irrigatsiya tizimlari boshqarmasi tomonidan belgilangan suvni muhofazalash zonasidan tashqarida qazib olish ishlarini bajarish;

erozion va defilyatsion jarayonlar rivojlanishining oldini olish uchun ishlar tugaganidan keyin buzilgan yerlarni o’z vaqtida texnik va biologik rekultivatsiyalash;

relyefga, gruntlar va tuproq-o’simlik qoplamiga salbiy ta’sirini cheklash maqsadida transportning yo’llardan tashqarida yurishga barxam berish; 
Ugin uchastkasida tajriba-sanoat yo’sinida qazib olgan holda mufassal baholash va qidirib chamalash ishlari tugallanganidan so’ng foydali qazilmalarni qazib olishda bundan keyin foydalaniladigan tog’ inshootlari va quduqlarni, aholi hayoti va sog’lig’i hamda atrof muhit xavfsizligini ta’minlaydigan holatga keltirish, shuningdek bundan keyin foydalanilmaydigan tog’ inshootlari va quduqlarni tugatish;

geologiya-qidiruv ishlaridan ijobiy natijalar olingan taqdirda ishlar tugallanishiga qadar ikki oy muddatda Ugin uchastkasida foydali qazilmalar zaxiralari hisoblab chiqilgan holda hisobot tuzishni ta’minlash hamda uni ko’rib chiqish va tasdiqlash uchun O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi foydali qazilmalar zaxiralari bo’yicha Davlat komissiyasiga (bundan keyin ZDK) taqdim etish;

geologiya-qidiruv ishlaridan salbiy natijalar olingan taqdirda Ugin uchastkasida bundan keyin bajariladigan ishlarning istiqbolliligi aniqlanganidan keyin ikki oy muddatda qilingan ishlar to’g’risida Davgeolqo’mga hisobot taqdim etish;

Ugin uchastkasidagi kvartsli qumtoshlar zaxiralari ZDKda tasdiqlanganidan keyin bir oy muddatda zaxiralar hisoblab chiqilgan holda hisobotning birinchi nusxasi hisobga olish, saqlash va tartibga solish uchun majburiy tartibda va beminnat O’zbekiston Respublikasi Geologiya va mineral resurslar davlat qo’mitasining Davlat geologiya fondiga taqdim etish;

Geologiya-qidiruv ishlari fizik hajmlarining kamida 50 foizi bajarilganidan va “Sanoatgeokontexnazorat” DK bilan kelishilganidan keyin Ugin uchastkasida tajriba-sanoat yo’sinida qazib chiqarish ishlariga kirishish;

Ugin uchastkasida 2.0 ming tonnadan ko’p bo’lmagan holda kvartsli qumtoshlarni tajriba (proba) va tajriba-sanoat yo’sinida qazib chiqarishni ta’minlash;

Tarkibida noma’dan foydali qazilmalar mavjud bo’lgan yer qa’ri uchastkalaridan foydalanish huquqiga oid litsenziya berish sanasidan boshlab geologiya-qidiruv ishlarini bajarish muddati 2 yil qilib belgilanadi;

2. “Qarshi Yo’lbarsi” XKning ijtimoiy majburiyatlari: 


YaTIXda asoslangan holda hisoblab chiqilgan xodimlar soniga ko’ra geologiya-qidiruv ishlari olib boriladigan rayonda istiqomat qiluvchi aholi uchun korxonaning faoliyat yuritish muddatiga ish joylarini tashkil etadi;

aholini Ugin uchastkasidan foydalanish bilan bog’liq ishlarga jalb qilish maqsadida uning kasbiy tayyorgarligini tashkil etadi;

Ugin uchastlasiga oid infratuzilmani tashkil etadi.

II Ugin uchastkasidan foydalanish bilan bog’liq boshqa sharoitlar:

3. “Qarshi Yo’lbarsi” XK qayta tashkil etilgan yoki uning nomi o’zgartirilgan hollarda muassislik 


Hujjatlariga belgilangan tartibda o’zgartirishlar kiritilgandan keyin o’n kunlik muddatda korxona O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Komissiyasiga litsenziyani qayta rasmiylashtirish to’g’risida ariza beradi;

4. Yer qa’ri uchastkasidan foydalanish muddati litsenziya egasi tomonidan yer qa’ri uchastkasidan foydalanish muddati tugashiga qadar olti oydan kechikmay O’zbekiston Geologiya va mineral resurslar davlat qo’mitasiga yuborilgan arizaga ko’ra tarkibida noma’dan foydali qazilmalar mavjud bo’lgan yer qa’ri uchastkasidan foydalanish huquqiga oid litsenziya berish bo’yicha O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Komissiyasi tomonidan litsenziya egasi tomonidan yer qa’ri uchastkasidan foydalanish shartlari bajarilgan hamda Ugin uchastkasida kvartsli qumtoshlarni tajriba-sanoat yo’sinida qazib olgan holda mufassal baholash va qidirib chamalash bo’yicha ishlarni tugallash zarurati tug’ilgan hollarda uzaytirilishi mumkin.

5. Yer qa’ri uchastkasidan foydalanish huquqi “Qarshi Yo’lbarsi” XK Ugin uchastkasida shisha sanoati uchun xom ashyo sifatida kvartsli qumtoshlarni tajriba-sanoat yo’sinida qazib olgan holda mufassal baholash va qidirib chamalash ishlarini olib borish uchun yer qa’ri uchastkasidan foydalanish huquqi davlat ro’yxatidan o’tgan sanadan boshlab bir yil davomida geologiya-qidiruv ishlarini bajarishga kirishmagan hollarda to’xtatiladi.

6. “Qarshi Yo’lbarsi” XK tomonidan yer osti boyliklari, tabiatni muhofaza qilish, suv va suvdan foydalanish to’g’risida O’zbekiston Respublikasi qonunlariga, yer qa’ridan foydalanish va uni muhofaza qilish sohasida boshqa me’yoriy-huquqiy hujjatlarga rioya etilmagan, shuningdek “Yer osti boyliklari to’g’risida” O’zbekiston Resublikasi Qonunining 34-moddasi birinchi qismining ikkinchi va uchinchi xatboshlarida ko’zda tutilgan hollarda Ugin uchastkasida kvartsli qumtoshlarni sanoat-tajriba yo’sinida qazib olgan holda mufassal baholash va qidirib-chamalash ishlarini olib borish uchun yer qa’ri uchastkasidan foydalanish huquqi belgilangan tartibda cheklangan, to’xtatilgan yoki muddatidan oldin to’xtatilgan bo’lishi mumkin.

7. “Qarshi Yo’lbarsi” XK tomonidan Ugin uchastkasida kvartsli qumtoshlarni tajriba-sanoat yo’sinida qazib olgan holda mufassal baholash va qidirib-chamalash ishlarini olib borish uchun yer qa’ri uchastkasidan foydalanish shartlariga rioya qilinishi yuzasidan davlat nazorati, joylardagi davlat hokimiyati organlari, “Sanoatgeotexnazorat” DK, O’zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qo’mitasi va O’zbekiston Respublikasi Geologiya va mineral resurslar davlat qo’mitasi tomonidan qonunchilikda belgilangan tartibda amalga oshiriladi.

8. “Qarshi Yo’lbarsi” XK yer qa’ri uchastkasidan foydalanish shartlari yoki tegishli ravishda bajarilmaganligi uchun qonunchilikka muvofiq javobgardir.



9. Ugin uchastkasida kvartsli qumtoshlarni tajriba-sanoat yo’sinida qazib olgan holda mufassal baholash va qidirib-chamalash ishlarini olib borish uchun yer qa’ri uchastkasidan doydalanish shartlari bir xil yuridik kuchga ega bo’lgan holda ikki nusxada tuziladi, uning bir nusxasi O’zbekiston Respublikasi Geologiya va mineral resurslar davlat qo’mitasida va ikkinchi nusxasi “Qarshi Yo’barsi” XKda saqlanadi va u yer qa’ri uchastkasidan foydalanish huquqi davlat ro’yxatidan o’tgan kundan e’tiboran kuchga kiradi. 

O’zbekiston Respublikasi Geologiya va mineral resurslar davlat qo’mitasi raisi

Uz-Shindong Silikon” MCHJ

Bosh direktori

____________________I.B.To’ramuratov

________________Kim Yong Vuk

_______’ _________________2015 y

_______’ _________________2015 y


Do'stlaringiz bilan baham:


Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2017
ma'muriyatiga murojaat qiling

    Bosh sahifa