MA`RUZA - 14,15
Reja:
1. Yong‘in xavfsizligi bo‘yicha umumiy ma’lumotlar
2. Yonish jarayonining mohiyati
3. Yong‘in va portlashning sabablari
4. Yong‘in xavfsizligi tizimiga qo‘yilgan talablar
5. Materiallarning yonish va portlash bo‘yicha tasnifi
6. Ishlab chiqarishni portlash, yonib-portlash va yong‘in xavfliligi
bo‘yicha kategoriyalari. Yong‘inga xavfli zonalar
7. Yong‘inga qarshi himoya tizimi
8. O‘t o‘chiruvchi moddalar va ularning xususiyatlari
9. O‘t o‘chirgichlar, o‘t o‘chirish qurilmalari va mashinalari
10. Yong‘inga qarshi suv ta’minoti
11. Yong‘in muhofazasini tashkil etish
12.Yong‘inni aniqlash va o‘chirishning avtomat vositalari.
Yong‘in aloqasi va signalizatsiyasi
13. Yong‘inni o‘chirishni tashkillashtirish
14. Evakuatsiya yo‘llari va chiqish yo‘laklarini hisoblash
1. Yong‘in xavfsizligi bo‘yicha umumiy ma’lumotlar
Tayanch iboralar: yonish jarayoni, yong‘in, yong‘in xavfliligi, yong‘in xavfsizligi, yong‘in manbasi, yong‘in davomiyligi, yong‘inning xavfli va zararli omillari.
Yong‘in – bu maxsus manbadan tashqarida sodir bo‘ladigan va katta material zarar hamda talofatlar keltirib chiqaradigan nazoratsiz yonish jarayonidir.
Obyektning yong‘in xavfliligi deganda, obyektning yong‘in sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan holati va yong‘inning oqibatlari tushuniladi.
Obyektning yong‘in xavfsizligi deganda, belgilangan normalar va talablar asosida ob’ektda yong‘in sodir bo‘lish xavfi hamda uning xavfli va zararli omillarini inson hayotiga ta’siri cheklangan, ob’ektdagi materiallar to‘liq himoyalangan holati tushuniladi.
Yong‘in vaqtida sodir bo‘ladigan turli xil xavfli va zararli omillar ta’sirida material boyliklar nobud bo‘lishi va baxtsiz hodisalar ruy berishi mumkin. Yong‘inning xavfli va zararli omillariga asosan quyidagilarni kiritishimiz mumkin: ochiq alanga, atrof-muhitning va yong‘inda qolgan buyumlarning yuqori harorati, yonish vaqtida hosil bo‘ladigan turli xil zaharli gaz va bug‘lar, tutunlar, kislorodning kam konsentratsiyada bo‘lishi, qurilish konstruksiyalari va materiallarining qulab tushayotgan qismlari, yong‘in vaqtida sodir bo‘ladigan portlash, portlashdagi to‘lqin zarbasi, portlash ta’sirida uchib ketgan materiallar va zararli moddalar.
Yuqorida keltirilgan omillarning xavflilik darajasi birinchi navbatda yong‘inning davomiylik vaqtiga bog‘liq bo‘ladi va u quyidagi ifoda orqali aniqlanadi:
Do'stlaringiz bilan baham: |