Mavzu: yong‘in xavfsizligi


-Rasm. Yonish jarayonida yonuvchi material haroratining o‘zgarish grafigi



Download 0,69 Mb.
bet3/17
Sana11.06.2022
Hajmi0,69 Mb.
#655343
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17
Bog'liq
14,15-маъруза

1.-Rasm. Yonish jarayonida yonuvchi material haroratining o‘zgarish grafigi

Haroratining tb dan te oralig‘ida materialning erishi, bug‘lanishi ruy beradi. Harorat te dan oshgandan so‘ng oksidlanish jarayoni yuzaga keladi va oksidlanish reaksiyasi natijasida ajralib chiqadigan issiqlik ta’sirida harorat tez o‘sadi. Tutoqish, o‘t olish haroratida esa butun material tutashi kuzatiladi va nihoyat harorat ta ga etgach, alangalanish boshlanadi. Natijada, harorat oshib yonish harorati( tyo)ga etadi. Bu vaqtda tashqi manba olinganda ham yonish davom etadi. Tutaqish, o‘t olish harorati (tt) - bu yonuvchi moddaning eng past harorati bo‘lib, bunda buyumning ustida gaz va bug‘lar hosil bo‘ladi va ular tashqi manba ta’sirida alangalanadi. Lekin, ularni hosil bo‘lish tezligi, manbasiz yonish jarayonini kechishi uchun kam hisoblanadi. Alangalanish haroratida esa yonuvchi material tashqi manba ta’sirisiz ham yonadi. SHu sababli, har doim tt harorati ta haroratidan kichik bo‘ladi.


Materialga issiqlik (yonish manbasi) ta’sir etgan vaqtdan alangalanish davrigacha bo‘lgan vaqt oralig‘i induksiya davri deb ataladi.
Ayrim moddalar yoki materiallar ma’lum haroratda o‘z-o‘zidan alangalanish xususiyatiga ega bo‘ladi. Ularning bu xususiyati havoning ta’sirida, suvning ta’sirida va materiallarning (moddalarning ) o‘zaro ta’sirida yuzaga kelishi mumkin.
Alangalanish haroratiga bog‘liq holda yong‘inga xavfli suyuqliklar tez alangalanuvchi (TAS) va yonuvchi suyuqliklarga (ES) bo‘linadi. TASlarning bug‘lari 45oS haroratda, yonuvchi suyuqliklar esa 45oS dan yuqori haroratda alangalanadi. O‘z o‘zidan alangalanish harorati turli xil materiallar va moddalarda turlicha bo‘ladi, masalan, kerosin -250-265oS, benzin A-66 - 255oS, dizel yoqilg‘isi DZ- 240oS va h.k.
3. Yong‘in va portlashning sabablari
Tayanch iboralar: sabab, oqibat, ochiq alanga, saqlash qoidalari, texnologik jarayonni buzilishi, statik elektr zaryadlari, atmosfera zaryadlari, zo‘riqish, nosozlik,isitish tizimi, bug‘ qozonlari, issiqlik generatorlari, yong‘inga moyil bug‘, gaz va changlar.
Yong‘inning kelib chiqishini oldini olish tadbirlaridan eng asosiysi, uning sabablarini puxta bilishdan va shunga mos holda yong‘in xavfsizligi qoidalariga rioya qilishdan iboratdir.
Yong‘inning asosiy sabablariga quyidagilarni misol tariqasida keltirishimiz mumkin: taqiqlangan joylarda chekish, ochiq alangalardan foydalanish; yong‘in xavfsizligi bo‘yicha texnologik jarayonlarini buzish, ularga amal qilmaslik; materiallarni saqlash qoidalariga rioya qilmaslik (masalan, so‘ndirilmagan ohak yoki xlorli ohakga suv aralashsa, harorat 800 0S gacha etishi mumkin); statik elektr zaryadlariga qarshi texnik qurilmalardan foydalanmaslik; atmosferaning kuchli zaryadlaridan himoyalovchi qurilmalardan foydalanmaslik (yashin vaqtida 2V dan 8 mln.V kuchlanish, 200000 A tok kuchi miqdorida elektr zaryadlari hosil bo‘lishi mumkin); ichki yonuv dvigatellarini sinash va ulardan foydalanish qoidalariga rioya qilmaslik; elektr jihozlari va qurilmalarini noto‘g‘ri o‘rnatish yoki ularni zo‘riqtirish; isitish tizimlaridan noto‘g‘ri foydalanish; bug‘ qozonlari va issiqlik generatorlaridagi avtomatik qurilmalarning nosozligi yoki ularning noto‘g‘ri o‘rnatilishi; ishlab chiqarish binolari havosi tarkibidagi gaz , bug‘ va changlarni me’yorlashtirilmaganligi va boshqa shu kabilar.

Download 0,69 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish