Te= , soat
bu erda N – yonuvchi moddalar miqdori, kg/m3
V – moddalarning yonish tezligi, kg/m3*soat.
Agar binoda turli xil qattiq va suyuq materiallar hamda moddalar mavjud bo‘lsa, yong‘inning davomiylik vaqtini quyidagicha aniqlash mumkin,
Te= ( + + +…… ),
bu erda g1 , g2 ... gm -turli xil yonuvchi mahsulotlarning miqdori, kg/m2;
Sx - binoning yuzasi, m2;
So - binodagi derazalarning yuzasi, m2;
6 - bino yuzasining bino derazalari yuzasiga nisbati,
Sx/So=4...10;
n1,n2,...nm- modda va materiallarning enish tezligini hisobga
olish koeffitsienti, kg/m2soat.
Ushbu koeffitsient benzin uchun –n = 15; rezina, orgsteklo uchun p= 35, avtomobil shinasi uchun- 40, yog‘och materialar uchun – 65 .
Ma’lumki yong‘inni o‘chirishga nisbatan uni oldini olish ham oson, ham foydalidir. Shu sababli, har bir mutaxassis, har bir xodim ishlab chiqarishdagi yong‘in sabablarini bilishi, yong‘in xavfsizligi qoidalariga to‘liq rioya qilishi va yong‘inni oldini olishga qaratilgan tadbirlarni amalga oshirishi zarur. SHunga bog‘liq holda, GOST 12.1.004-85 bo‘yicha, ob’ektning yong‘in xavfsizligi- yong‘inni oldini olish tizimi, yong‘inga karshi himoya tizimi va tashkiliy-texnik tadbirlar orqali ta’minlanadi.
2. Yonish jarayonining mohiyati
Tayanch iboralar: yonish, yong‘in manbasi, havo tarkibi, kislorod, alanga, uchqun, kimyoviy reaksiya, alangalanish davri, induksiya davri, o‘z-o‘zidan alangalanish.
Yonish - murakkab fizik-kimyoviy jarayon bo‘lib, u yonuvchi modda yoki material bilan havo tarkibidagi kislorodning o‘zaro reaksiyasi ta’sirida yuzaga keladi. Yonish sodir bo‘lishi uchun albatta yonuvchi modda., kislorod va yonish manbasi bo‘lishi lozim. Agar havo tarkibida kislorod miqdori 14% dan kam bo‘lsa, yonish jarayoni susayadi, kislorod miqdori 10 % bo‘lganda esa tutash, buruqsish yuzaga keladi. Kislorod miqdori 8% bo‘lganda esa tutash ham to‘xtaydi.
Yong‘in manbasini ikki turga ajratish mumkin, ya’ni ochiq (alanga, uchqun, qizigan buyumlar va b .) va yashirin (kimyoviy reaksiyalar natijasida hosil bo‘ladigan issiqlik miqdori, mikrobiologik jarayonlar adsorbsiyasi, adiabatik siqilishlar, ishqalanish, zarba va b.).
Yong‘inni o‘chirishning moxiyati, yuqorida takidlangan uchta yonish jarayonining tashkil etuvchilarini o‘zaro ta’sirini to‘xtatishdan iboratdir.
Quyidagi grafikda yonish jarayoni vaqtida yonuvchi material haroratining o‘zgarishi keltirilgan. Bu erda tb – boshlang‘ich harorat; te –erish harorati; tt-tutaqish, o‘t olish harorati ; ta- alangalanish harorati; tyo – yonish harorati .
Do'stlaringiz bilan baham: |