Мавзу: “Teatr tarixi” kursiga kirish



Download 0,55 Mb.
Pdf ko'rish
bet24/63
Sana01.11.2022
Hajmi0,55 Mb.
#859085
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   63
Bog'liq
театр тарихи (жахон маъруза)2

 
ITALIYA TEATRI 
Italyan ma'rifatparvarlari oldida yagona adabiy tilga asoslangan drama turini 
yaratish vazifasi ko'ndalang bo'lib turardi. Bu vazifa italyan teatrini tubdan isloh 
qilish orqali amalga oshirilishi mumkin edi. Atoqii italyan dramaturgi Karlo 
Goldoni butun faoliyatini shu vazifani ado etishga qaratdi. 
KARLO GOLDONI (1707-1793
-y.) 
Karlo Goldoni Venetsiyada doktor oilasida tug'ilgan, teatrga juda ishqiboz bu 
oilada Goldoni ham bolaligidan havaskorlik spektakllarida rollar o'ynab, kelajagi 
teatr bilan bog'liq bo'lishini belgilab olgan edi. Ota-onalari uning advokat bo'lishini 
istardilar, shunga ko'ra u Peduan universitetida tahsil ko'radi, ma'lum vaqt oqlovchi 
bo'lib ishlaydi. 1734-yili Venetsiya teatr truppasiga pyesalar yoza boshlab, shu 
bo'yi hayotini butkul badiiy ijodga bag'ishlaydi. 
Aktyorlarda adabiy drama ijrochiligi bo'yicha ko'nikma hosil qilish orqali del 
arte komediyasini isloh qilish mumkin edi. Boshlanishda Goldoni aktyorlarga 
odatdagidek senariylar yozdi, 1738-yili «Dunyoviy kishi yohud Mamolo jamoa 
yuragi» degan pyesada birgina rol uchun matn yozadi va aktyorlar bilan ishlab, 
matn ustida avvaldan ishlab sahnaga chiqish badiha usulidan afzal ekanligini 
amalda isbotlab beradi. Goldoni o'z islohotida del arte komediyasiga xos 
sahnaboblik jihatilarini saqlab qoladi. Xususan, majoro tuzish, holatlarini 
keskinlashtirish usullarini adabiy dramaga olib kirdi, lekin lof, — bo'rttirishlardan 


 
voz kechdi. Natijada, insoniy munosabatlarning tub ma'nosini anglatish Goldoni 
pyesalarining asosiy fazilatiga aylandi. 
Goldoni o'z komediyalarini «xulq-atvor komediyasi» deyish o'rniga ba'zan 
muhit komediyasi yoki jamoa komediyasi deb atagan. Bu o'ziga xos atamalarning 
mohiyati xalq hayotini keng tasvirlash, turli tabaqa kishilariga xos xususiyatlarni 
ochishdan iborat yagona ijodiy intilishning ifodasi edi. Bu toifadagi komediyalarda 
Goldonining fikricha, bosh qahramonlar bo’lmasligi kerak. Dramaturgning 
vazifasi, uningcha, haqqoniy umumiy ijtimoiy muhit manzarasini yaratishdan 
iboratdir. 
Goldoni «jamoa komediyasi» talablariga amal qilgan holda shahar turmush 
manzaralari, turli ijtimoiy tabaqalar hayotining kashfiyotchisi sifatida ko'rindi. 
«Qahvaxona», «Yangi uy» (1760), «Kiojiliklar hangomasi (1762), «Yelpig'ich» 
(1763) va boshqa pyesalar shular jumlasidandir. ”Kiojiliklar hangomasi” ayniqsa 
qiziqarli. O'sha davrda birorta dramaturg «quyi» tabaqa kishilari hayotini shu 
darajada yorqin ifoda etmagan. Bu baliqchilar hayotidan olingan xushchaqchaq 
komediyadir. 
Goldoni «jamoa komediyasi»ga kelish bo'sag'asida «Ikki boyga bir malay» 
(senariysini 1745-yili, to'la matnini 1749-yili yozgan) degan ilk pyesasida birinchi 
bor turlicha insoniy timsollarni yaratishga harakat qilgan.
«Mehmonxona bekasi» (1753) komediyasida Goldonining ko'p qirrali obraz 
yaratish niyati Mirandolina obrazi orqali ro'yobga chiqqan.
Goldoni o'z ijodi davomida 267 ta pyesa yozgan bo'lib, shulardan 155 tasi 
komediya, qolganlari tragediya, tragikomediya va boshqa janr asarlaridir. U 
yaratgan xulq-atvor komediyasi XVIII asrning o'rtasida noyob badiiy hodisaga 
aylandi. Goldonini umum Ovro'po miqyosida tan olinishining sabablaridan biri 
ham shundadir. 
Goldoni asarlari o'z sahnabopligi va umuminsoniy mazmunga egaligi bilan 
dunyo teatrlarida nufuzli o'rin tutib keldi. Ilk bor 1927-yili o'zbek sahnasida 
qo'yilgan «Ikki boyga bir malay» (Cho'lpon tarjimasi) Respublikamizda keng 
tarqalgan asarlardan biri bo'ldi. 1934-yili Hamza nomli akademik drama teatrida 


 
«Mehmonxona bekasi» asari qo'yiladi, Mirandolina rolini S. Eshon-to'rayeva 
mahorat bilan ijro etadi. 
K. Goldoni ijodi avjga chiqqan bir paytda italyan dramaturgiyasida yangi nom 
paydo bo'ladi. Bu Karlo Go'tssi edi. 1721-yili Venetsiya teatrida uning «Uch 
apelsinga sevgi» degan fiyabi (teatr ertagi) katta muvaffaqiyat bilan ko'rsatiladi. 
1762-yili Go'tssining «Malikai Turandot» fiyabi yanada shov-shuvli muvaffaqiyat 
qozonadi. Bular tomoshabinlarning Go'tssi tomoniga o'tib ketishi va Goldoni teatri 
nufuzining tushib ketishiga sabab bo'ladi. Parijdagi Italiya Komediyasi teatrida 
dramaturg bo'lib xizmat qilish haqidagi taklifga binoan Goldoni 1762-yili 
Venetsiyani bir umrga tark etadi. 

Download 0,55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   63




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish