Мавзу: “Teatr tarixi” kursiga kirish



Download 0,55 Mb.
Pdf ko'rish
bet32/63
Sana01.11.2022
Hajmi0,55 Mb.
#859085
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   63
Bog'liq
театр тарихи (жахон маъруза)2

 
SAHNA SAN'ATI
1791-yilgi dekretdan so'ng Parijda teatrlar soni tez ko'payib boradi. Lekin 
«Komedi Fransez» teatri, avvalgidek, bosh teatr bo’lib qolaveradi. Teatr 
jamoasining bir qismi burjua inqilobini qabul qilgan holda, ikkinchi qismi 
monarxiya tarafdori bo'lib qoladi. Shenyening «Karl IX» asari qo'yilgach, ayniqsa, 
ikki guruh orasida kurash qizib ketadi. Karl IX rolini o'ynagan Talma bilan keksa 
aktyorlardan Node o'zaro mushtlashadilar. Truppa «qora» va «qizil» degan ikki 
guruhga bo'linib ketadi. Talma dekretdan foydalanib o'z tarafdorlari bilan teatrni 
tark etadilar va o'zlari «Respublika teatri» degan nom ostida teatr tashkil etadilar. 
INGLIZ TEATRI 
XIX asrning dastlabki o'n yilliklari davomida Angliyada romantizm oqimi keng 
avj oladi va ayni paytda romantiklar orasida keskin bo'linish ham ro'y beradi. 
Xayolot tasvir maktabiga zid o'laroq Bayron va Shelling inqilobiy romantizmi 
yetakchi o'ringa chiqadi. 30-yillarning yarmiga kelganda Angliya adabiyotida 
tanqidiy realizm rivoj topadi. 
Angliyada aktyorlik san'ati yuqori darajada taraqqiy etgani holda dramaturgiya 
Dikkens va Tekkereyning ulug'vor romanchilik ijodidan ortda qoldi. Bu zaminda 
XIX asrda buyuk romantik aktyor — Edmund Kin yirik realistik aktyor Charlz 
Makre'di va boshqa sahna ustalari yetishib chiqdilar. 
JORJ GORDON BAYRON
(1788-1824-y.) 
Jo'rj Gordon Bayronning ijodi insoniy erkinlik g'oyasi bilan sug'orilgan 
shoirona drama tarixida hal qiluvchi bosqichga aylandi. Bayron muqimlashib 


 
qolgan g'oyalarga shubha bilan qarab, ularni doimo o'z tafakkuri taftishidan 
o'tkazib kelgan shoirdir. Bu dramaturgiyada ham o'zini namoyon qilgan. 
Bayron zodagon avlodi oilasida dunyoga kelib, yoshligini Shotlandiya 
qishloqlarida o'tkazgan. 17 yoshida tog'asi vafotidan keyin uning merosi va lord 
unvonini oladi, Kembrij universitetida tahsil ko'radi. Bayron lordlik burchini el-
yurt oldidagi, dunyo taqdiri oldidagi mas'ullik ma'nosida qabul qilgan edi. Lordlar 
palatasiga kirib nutq so'zlaydi, tirikchiligi xarob ahvolga tushib qolgan 
to'quvchilarni himoya qilib chiqadi. U mehnatkashlarni «aholining eng foydali 
qismi» deb ataydi va davlat buzrukvorlarini tartib o'rnata olmaslikda ayblaydi. 
Bayron dastlabki ikki qo'shig'i «Chayld Garold» va boshqa asarlari bilan 
dovrug' taratgach, 1816-yili bir umrga o'z yurtidan chiqib ketadi. U Shveysariya, 
Italiyada yashaydi, Yunonistonda vafot etadi. 
Bayron qahramoni favqulodda ko'rinuvchi va shu favquloddaligi bilan 
fahrlanuvchi qahramondir. U odamlarni sevadi, lekin ayni paytda ulardan 
jirkanadi. Ha, u boshqalarda ko'ringan badbinlikni dahshat ichida o'zida ham topa 
boshlaydi. Shunday bayronnamo haybatlilik «Manfred» dramatik poemasida keng 
namoyon bo'lgan. Asar 1816-yili Shvetsariyada yozilgan. 
«Manfred» «Gyotening «Faust» asari ta'sirida yozilgan. Bayron nemis tilini 
bilmaganidan shvetsariyalik bir do'sti unga Gyote asarining bir qismini tarjima 
qilib bergan. Bayron Gyote asaridan, avvalo, undagi olam sirini ochish, to'siqlarni 
yengishga qodir ruhiy qudratlilik g'oyasini qabul qiladi. Lekin «Manfred» asari 
umidsizlik ruhidagi asar bo'lib chiqdi. Bayron qahramoni olam va insoniy qalb 
sirlarini ochib, xilqat qudratini o'z izmiga olgan holatda ko'rinadi. Lekin bu bilan 
o'ziga ham, o'zgalarga ham naf keltirmaydi; sababi, Manfred nazdida dunyo qonuni 
— azob-uqubat chekish qonuni bo'lib chiqadi. Manfred jinoyat yo'li bilan odam va 
olamni anglaydi. Endi u shularning unutilishini o'ylaydi. Lekin buning aslo iloji 
yo'q. 
Bayron qahramoni vijdon azobida faryod chekadi. Shoir Manfred obrazi orqali 
ma'rifatparvarlar ezgu g'oyalari sarob bo'lib chiqqanligini ifodalaydi, odamlar 
sha'ni-nafsoniyati, deya kurash ochish lozimligini anglab, noaniq kelajak 


 
qarshisida hangu mang bo'lib qolgan avlodning umidsiz kayfiyati va his-xayajonini 
ifoda etgan. Shu bois Bayronning «Manfred» asarida olg'a surilgan nuqtayi nazarni 
«mardonavor umidsizlik» ma'nosida tushunish mumkin. Toleyiga yolg'izlik 
yozilgan Manfred yana ham qat'iylik bilan beshafqat xilqatning yovuzona 
kuchlariga qarshi yakka o'zi ro'baro' keladi, taslim bo'lmay, o'zligini saqlab boradi. 
«Manfred» asarining alohida shoirona ta'sir kuchiga egaligi uni 1834-yili 
«Kovent — Garden” teatrida qo'yilishiga, R. Shuman, P.I. Chaykovskiylar 
tomonidan musiqa yozilishiga sabab bo'ladi. 1821-yili Italiyada yozilgan 
«Sardanapal» asari Charlz Makredi tomonidan «Druri — Leyn» teatrida aynan 
1834-yili qo'yilgan. 
«Qobil» tregediyasi Bayron romantik dramaturgiyasining cho'qqisi bo'lib, u 
ham Italiyada 1821-yili yozilgan. Asar voqeasi butun koinot sarhadlarida ro'y 
beradi. Unda Odam ato, Momo havo, ularning farzandlari Qobil, Xobil, Iqlima, 
Olloh ra'yiga qarshi borgan shayton Azozil — Yelpik ishtirok etadi. O'z inisi 
Xobilni o'ldirgan Qobilning qilmishlari orqali jamiyatda hukm surmish 
adolatsizlikka qarshi isyonkorlik g'oyasi olg'a surilgan. Bayron «Bibliya» 
rivoyatiga suyanib, insoniyat tarixining keyingi o'n yilliklarida kelib chiqqan 
umumbashariy muammolarini badiiy idrok etish bilan haqiqat izlovchi faylasuf, 
komil insonparvar mutafakkir sifatida o'zini ko'rsatdi. 
Bayronning «Qobil» asari fransuz burjua inqilobidan keyin boshlangan 
mudhish muhitning mahsuli tarzida tug'ilgan. Inqilob va uning insoniylikka 
daxldor va dahlsizligi, inqilob davrida to'kilgan qonlarga javobgarlik muammosi 
Bayron asarining markaziy muammosiga aylandi. Bayron asarida Qobil jamiyatda, 
odamlar o'rtasida o'rnatilgan munosabatlardan, umuman, olam tartibotidan norozi
odatdagicha yashash tarzini aql taftishidan o'tkazib, boshqachasiga yashash 
tartibotini istovchi zot qiyofasida namoyon bo'ladi. Azozil — Elpikning xizmati 
Qobil uchun fojiona oqibat bilan yakun topadi. U o'z inisi Hobilni o'ldirib qo'yadi, 
ota-ona qahriga uchraydi, zaminni inson qoni bilan bo'yagani uchun o'z inisi 
jasadini ko'tarib yurtdan chiqarib sazoyi qilinadi. 


 
Bayronning «Qobil» asari Nafas Shodmonov tarjimasida G. Danatarov asariga 
qo'shilib, 2000-yili Qarshi «Eski masjid» teatri tomonidan «Qobil va Hobil» (rej. 
X. Avliyoquli) nomida sahnaga qo'yildi. 
Bayron dramaturgiyasi ingliz dramaturgiyasidagina emas, shu qatori XIX asr 
birinchi yarmi umumovro'po dramaturgiyasi tarixida ham ro'y bergan jiddiy 
voqeadir. Bayron dramaturgiyasining teran g'oyaviyligi, shoirona ehtiroslarga 
boyligi dramatik san'atning eng noyob ko'rinishi deb e'tirof etilgan. 

Download 0,55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   63




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish