tanilgan bu adib va dramaturgning muborak nomi ingliz va jahon adabiyoti hamda
teatri tarixidan nufuzli o'rin oldi. Uayld ijodini, ayniqsa, estetika sohasidagi
qarashlarini har kim ham to'laligicha beistisno qabul qilolmaydi.
Lekin uning ijodi insonpaivarlik g'oyalari bilan sug'orilganiga shubha yo'q:
Uayld o'sha davr jamiyatida ko'zga tashlangan qabohatdan dili vayron bo'lib,
go'zallik shaydosi yanglig' ulkan iste'dod sohibi sifatida qalam tebratdiki, bu hol
uning ijodi kamyob san'at hodisasiga aylanishiga sabab bo’ldi.
Irlandiyada taniqli jarroh oilasida tug'ilgan Oskar Uayld Oksford dorilfununida
tahsil ko'radi. O'qib yurgan chog'idayoq u antik adabiyotni favqulodda zo'r
bilishi
bilan ko'zga tashlanadi; u olimlik martabasiga da'vo qilishga haqli edi, lekin erkin,
sarxush hayot nash'u namolariga berilib ketadi. U turli-tuman kiborlar davrasining
matlub ishtirokchisiga aylanadi. U yurish-turishi zavqbaxsh, so'zamol, fahm-
zakovati o'tkir kishi edi. Shu xislatlari tufayli u kiborlar davrasining jon-dili bo'lib
qoladi. Uayld shaxsiga xos bunday xususiyatlar uning ijodida ham o'z aksini
topgan. Uayld son-sanoqsiz aforizmlar to'qigan bo'lib, u
zid fikrlar ifoda tarziga
shu qadar mayldor ediki, bu uning shaxsiy hayotida ham, ijodida ham bosh
yo'riqqa aylandi. U go'zallik oldida sajda qiladi, shu go'zallikni ulug'lab, o'zini
buyuk «nafosatparast» (estet) deb e'lon qiladi. Bu so'zlar havodan olingan so'zlar
emas. U hayotda hamisha ko'hli, maftunkor bo'lishga intildi va o'z ijodida inglizlar
taomiliga kirgan go'zallik an'analarini davom ettirdi.
«Yolg'onning zavol topishi» (1891) essesida Uayld san'at da yolg'on-yashiqning
ta'sir
qudrati haqida yozib, har bir san'atkor bu ne'matdan bebahra qolmasligini
uqtiradi. «Axloqiy yoki axloqsiz kitoblar bo'lniaydi, faqat yaxshi yozilgan yoki
yomon yozilgan kitoblargina bo'ladi, xolos. Tamom-vassalom».
Uayld dramaturg sifatida 1890-yillardan dovrug' tarata boshlaydi. Uning
komediyalari ketma-ket yaratilib, darhol sahna yuzini ko'ra boshlagan.
U qorishiq hislarni jonlantirishda g'aroyib, turfa zid holatlar yaratish usulini
amalga kiritdi. «Uindermir xonimning yelpig'ichi yoki Batartib ayol haqida pyesa»
(1892) komediyasida eri va go'dak qizalog'ini tashlab, jazmani bilan qochib ketgan
Erlin xonim haqida hikoya qilingan. Qizig'i
shundaki, yomonotliqqa chiqqan bu
juvon o'zgalar deya shaxsiy huzur-halovatidan voz kecha oluvchi eng pokdomon,
mehr-shafqatli ayol bo'lib chiqadi.
«E'tiborga nomunosib ayol» (1893) pyesasida to'ralarcha bepisandlik bilan
«chiqit»ga chiqarilgan Arbetnot xonim aslida hurmatga loyiq edi, lekin uni yo'ldan
urgan, el-yurt ko'z o'ngida mo'tabar hisoblangan zodagon yigit esa, bir pulga
arzimas kimsa ekani ochib tashlanadi.
«Ermisaner» (1895) komediyasining nomidan ham uning piching asosiga
qurilganligi sezilib turadi. Pyesada davlat sirini sotib boylik va martaba orttirgan
siyosiy arbob xususida so'z boradi. Arbobning hurmacha qilig'idan bexabar xotini
va jamoatchilik uni o'zgalarga o'rnak bo'Iadigan zot deb biladilar. Qizig'i shundaki,
muallif «namunali er»
Robert Chilterni qoralamaydi, zero u yashayotgan jamiyatda
dovrug' va martaba egasi bo'lmoq uchun bundan o'zgacha yo'l tutib bo'lmasdi.
Uayld ingliz adabiyotida benazir uslubsoz ustalardan biri bo'lgan. Inson' fe'l-
atvorini ifodalashda unga ikki-uch jumla kifoya edi. Uning “Jiddiy bo'lish
qanchalik yaxshi” (1895) quvnoq komediyasi serzavq tasvir, lavhalarga boyligi
bilan e'tiborlidir. Hayot noxushliklaridan butkul holi bo'lgan bu komediyada o'tkir
dialoglar orqali serzavq lavhalardan yana ham serfayz lavhalar tug'ilib, turfa
manzaralar yaratilgan edi.
1893-yili Uayld dramaturgiyasidan alohida o'rin olgan pyesa dunyoga keladi.
Bu «Injil» voqealaridan olingan Yahyo payg'ambar (pyesada lokanaan deb
olingan)ning o'limi haqida fransuz tilida bitilgan bir pardali «Salomeya» dramasi
edi. Muallif rivoyatga o'zicha erkin tarzda yondashgan.
Pyesada Yahudiy malikasi
Salomeya sevgi, hirs-havas ramzi misolida namoyon bo'lgani holda payg'ambar
lokanaan o'lim va zohidlik ramzi yanglig' gavdalangan. Asarning boshidanoq
vahima va tahlika rulii jo'shib turadi: har kishi o'zini bostirib kelayotgan dahshatli
voqealar qarshisida turgandek his etadi.
Shoh Xirod, Salomeya bir o'yin tushib bersa, istagan xohishini ado etajagini
aytadi. Salomeya esa ishqi tushib qolgan Iokanaanning boshi keltirilishini so'raydi.
lokanaanning barkashga solingan boshini keltiradilar. Malika payg'ambarning
labidan bo'sa olib, ichgan qasamini ado etadi. Salomeyani ishq ehtirosi, lokanaanni
qahr-g'azab tuyg'usi shu qadar ko'r va kar qilib qo'yganki, ular yorug'
olamni hol-
jonini o'ziga rom etib olgan ana shu hislarsiz qabul qilolmaydilar; Xirod qo'rquv
dahshatidan joni bo'g'ziga tiqilayotgan kabi xotini Xirodiya qalbini egallab olgan
qasoskorlik alamidan faryod chekadi. «Salomeya» pyesasida oyning sarg'ish nuri
yana ham mash'umona ko'rinish hosil etuvchi zulumot olami hukmronki, uni aql-
idrok emas, dahshatli xohish-ehtiroslar boshqaradi, sevgi va o'lim, hirsu
havas va
shafqatsizlik bir-biriga qo'shilib ketadi«Salomeya» pyesasi Uayldning simvolizm
yo'lida qalam tebratganligi qatori real borliqdan ham uzoqlashganligini ko'rsatadi.
Uning Salomeya vujudini qoplagan dahshatli ehtiros va hatto shafqatsizlikdan
go'zallik axtarishi bejiz emas.
Uayld umri poyonida dramaturgiyaga murojaat etmay qo'yadi. Lekin yaratgan
asarlarining o'zi ham uning nomi jahon adabiyoti va teatri tarixidan o'rin olishiga
munosib kafolat bo'ldi.
Do'stlaringiz bilan baham: