Мавзу: “Teatr tarixi” kursiga kirish



Download 0,55 Mb.
Pdf ko'rish
bet37/63
Sana01.11.2022
Hajmi0,55 Mb.
#859085
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   63
Bog'liq
театр тарихи (жахон маъруза)2

ROMEN ROLLAN 
(1866-1944-y.) 
“Inson hayotini fayzli qiluvchi jamiki aql-zakovat ne'matlari orasida bizni 
tubsiz hayratga soluvchi ne'mat — teatrdir”. Bular XX asrning atoqli so'z ustasi, 
dramaturg va teatr nazariyachisi Romen Rollan qalamiga mansub so'zlardir. Ko'p 
jildlik «Jan Kristof» va «Maftunkor qalb» romanlarining muallifi Rollanning 
yozuvchilik, publitsistlik, san'at tadqiqotchiligi sohalarida kechgan ko'p qirrali 
faoliyatida dramaturgiya sezilarli o'ringa ega. Uning qalamiga mansub o'n ikki 
pyesaning bir-inchisi — «Valine'mat Lyudovik» 1897-yili yozilgan bo'lsa, 
«Robesper» degan so'nggisi 1938-yili yaratilgan. 
Rollan teatrni jamiyat hayotini aks ettiruvchi «jangovar qurol» deb atadi. Uning 
eng sara pyesalarida va ko'p jihatdan XX asr jahon teatr madaniyati rivojini 
belgilab bergan «Xalq teatri» (1903) kitobida ana shu g'oya o'z aksini topdi. 


 
Rollan «Xalq teatri» kitobida badiiy ziyolilarni xalq hayotini teran anglashga
o'z ijodini xalqqa xizmat qildirishga chaqirdi. Rollan qahramonlik ruhidagi san'at, 
insonning his-tuyg'usi, aql-idrokiga ta'sir ko'rsatuvchi yirik shakldagi shoirona 
realistik san'at yaratish muammosini olg'a surdi. U yangi teatrni «xalqning noni 
qatori tashvishiga sherik» bo'lishi lozimligini ta'kidladi. 
Rollanning kitobi Fransiyada xalq teatri tamoyillarini shakllantirishda dastur 
bo'lib xizmat qildi. Rollan o'z kitobida ulug' fransuz burjua inqilobi davriga 
murojaat etib, ziyolilarni xalq teatri uchun «Fransiyaning qahramonlik 
epopeyasini» yaratib berishga chaqirdi. Bu epopeyada u xalq kurashi manzaralarini 
jonlantiruvchi qudratli tarixiy shaxslar hayot haqiqati bilan uyg'un tarzda keng 
falsafiy umumlashmaga aylanishi kerak, degan fikrni olg'a surdi. 
Rollan o'zi shu g'oyani ro'yobga chiqarish niyatida «Inqilob dramalari» deb 
nomlanuvchi turkum pyesalar yaratdi. «Qashqirlar» (1898), «Aql tantanasi» 
(1899), «Danton» (1900), «o’n to'rtinchi iyul» (1901) shunday dramalarning 
dastlabkilari edi. Fransiya inqilobi davrining ur-yiqitlari, qatag'on dalishatlarini aks 
ettiruvchi mazkur asarlarning har biri Rollanning yangi shakl va g'oyalar yo'lidagi 
murakkab izlanishlari samarasi tarzida tug'ilgan.
«Qashqirlar» pyesasida Rollan inqilobiy ko'tarilishning fojiali ko'rinishlarini 
chizib, inqilobiy burchning insoniylik axloqiga zidligini ifoda etdi. «Aql 
tantanasi»da inqilobchi qon-qardoshlarning o'zaro qonli adovati, yakobinchilar 
qatag'oni, siyosiy gij-gijlardan aql-hushi uchib, jazavaga tushgan g'ofil olomon 
haqida so'z ochdi. «Danton»da Rollan inqilob dohiylari ustidan hukm chiqarishdan 
o'zini tiyadi, lekin ommaning xatarli ko'tarilishlaridan hangu mang bo'lib, ezgulik 
nimadayu, yovuzlik nimada degan jumboq qarshisida turib qoladi, javob izlaydi... 
Adib «o’n to'rtinchi iyul» pyesasidagina bu savolga javob topgandek bo'ladi. 
Unda xalq bosh qahramon tarzida ko'ringan edi. Ichki g'oyaviy-badiiy birlikka ega 
bo'lgan bu asar Bastiliyaning olinishi bilan bog'liq lavhalar asosiga qurilgan. 
Rollan 1939-yili «Robesper» dramasini yaratadi. Unda fransuz inqilobining 
yakobinchilar partiyasi ag'darilishi bilan xotitna topuvchi eng fojiali davri aks 
ettirilgan. Muallif inqilobning mag'lubiyatga uchrashi sabablarini badiiy tadqiq 


 
etgan edi. Inqilob dohiylarining fojiasi ularning xalq madadidan mahrum bo'lib 
qolganliklarida edi. Dramada Rollan Dantonning qatl etilishi lavhasidan 
Robesperning halokatigacha bo'lgan voqealarni chizish asosida psixologik jihatdan 
murakkab, qudratli insoniy sajiyalar yaratgan edi. El-yurt manfaatini shaxsiy 
manfaatdan ustun qo'yib, vatanining shon-shuhrati yo'lida jonini qurbon qilgan 
jafokash Robesper shunday qahramonlardan edi. Asar qahramonona romantik 
ruhda xotima topadi. «Robesper» asari «Inqilob dramalari» turkumiga yakun 
bo'libgina qolmay, shu bilan birga Rollanning «Xalq teatri» kitobida olg'a surilgan 
chinakam demokratik, hayotbaxsh san'at yaratish g'oyasini ham amalda ro'yobga 
chiqargan yirik shakldagi drama namunasi tarzida yuzaga keldi. 

Download 0,55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   63




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish