Beshta muhim tashabbus ertamiz egalari istiqboli yo‘lida prezidentimiz tomonidan ilgari surilgan 5 ta muhim tashabbus doirasi amalga oshirilayotgan ishlar bayon etilgan



Download 24,14 Kb.
Sana11.07.2022
Hajmi24,14 Kb.
#775066
Bog'liq
BESHTA MUHIM TASHABBUS


BESHTA MUHIM TASHABBUS - ERTAMIZ EGALARI ISTIQBOLI YO‘LIDA
Prezidentimiz tomonidan ilgari surilgan 5 ta muhim tashabbus doirasi amalga oshirilayotgan ishlar bayon etilgan.
Bolalar bizga qarab intilishadi, bizdan saboq va o‘rnak oladi. Farzandlarimizning iqtidorni aniqlashda, ularni kitobga, san’at va musiqa, rassomchilik va sportga yo‘naltirishda birgalikda harakat qilishimiz va bu harakatlarni ta’lim tizimining ilk bo‘g‘ini maktabgacha ta’lim tashkilotlaridan boshlab uzviy davom ettirishimiz lozim. Maktabgacha ta’lim va tarbiya – bolalarni intellectual, ma’naviy – axloqiy, etik, estetik va jismoniy jihatdan rivojlantirishga, shuningdek, bolalarni umumiy o‘rta ta’limga tayyorlashga qaratilgan uzluksiz ta’lim turidir. Maktabgacha ta’lim tashkilotlarining maqsad va vazifalari:

  • Bolaning individual ehtiyojlarini hisobga olgan holda ilk va maktabgacha yoshdagi bolalarni rivojlantirishga qo‘yilgan Davlat talablari asosida hamda MTT davlat o‘quv dasturiga muvofiq uning har tomonlama va barkamol rivojlanishi uchun qaulay shart-sharaitlar yaratish;

  • Maktabgacha yoshdagi bolalarning o‘quv tarbiyaviy faoliyatini tashkil qilish va amalga oshirish;

  • Bolalarning ilk rivojlanishi masalalarida ota-onalar va jamiyatga tegishli bilimlar berishni tashkil qilish va amalga oshirish;

  • Bolalarning ilk rivojlanishi masalalarida oil ava jamiyat bilan o‘zaro hamkorlikni tashkil qilish va amalga oshirish

O‘tgan davr mabaynida mamlakatimizda o‘sib borayotgan avlodni sog‘lom va har tomonlama yetuk voyaga yetkazish, ta’lim – tarbiya jarayoniga samarali ta’lim va tarbiya shakllari hamda usullarini joriy etishga qaratilgan maktabgacha ta’limning samarali tizimini tashkil etish bo‘yicha keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda. Xususan, Maktabgacha ta’lim tizimi - uzluksiz ta’limning eng asosiy bo‘g‘ni hisoblanib, mamlakatiizda mazkur tizimini qayta ko‘rib chiqish va yanada takomillashtirish davlat siyosati darajasiga ko‘tarilgan. Bugungi kunda ta’lim tashkilotlarida ta’lim va tarbiya jarayonlari tubdan o‘zgarib, zamon talablariga mos, sifatli va samarali tarzda tashkil qilingan. Turli ziddiyatlar kuchayib borayotgan bugungi dunyo manzaralarida kelajak egalari bo‘lgan yosh avlodning ma'naviy immunitetini kuchaytirish, ularning bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazish har qachongidan ham dolzarbroq ekanini zamonning o‘zi ko‘rsatib turibdi. Jamiyat taraqqiyotida, yurt, millat taqdirida o‘sib kelayotgan yosh avlodning jismoniy va ma’naviy barkamolligi, intellektual salohiyati muhim o‘rin tutadi. Ze’ro, davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyev ta’kidlaganidek, “Dunyo shiddat bilan o‘zgarib, barqarorlik va xalqlarning mustahkam rivojlanishiga raxna soladigan turli yangi tahdid va xavflar paydo bo‘layotgan bugungi kunda ma’naviyat va ma’rifatga, axloqiy tarbiya, yoshlarning bilim olish, kamolga yetishga intilishiga e’tibor qaratish har qachongidan ham muhimdir”. Kelajak avlodni har tamonlama sog‘lom va barkamol bo‘lib voyaga yetishlari uchun maktabgacha yoshdan boshlab to‘g‘ri ta’lim va atarbiya tizimini yo‘lga qo‘yish va amalga oshirish ishlari har qachongidan ham kuchaygan. Bugungi kunda ta’lim tashkilotlaridagi jarayonlarning yanada sifatli tashkil etilayotganligining yana bir misoli sifatida Prezidentimiz rahbarligida
2019-yil 19-martda “Yoshlar bilan ishlashni samarali tashkil etishda madaniyat, san’at, sport, axborot texnologiyalari, kitob o‘qishga qiziqishini oshirish bo‘yicha
5 ta muhim tashabbus” doirasida amalga oshirilayotgan keng-ko‘lamli ishlarni ko‘rsatish mumkin.
Ikkinchi tashabbus bo‘yicha bolalarni jismoniy chiniqtirish va sport sohasida o‘z qobiliyatini namoyon qilishlari uchun zarur sharoitlar yaratib berish masalalari alohida e’tiborga olingan. Mazkur tashabbuslar yosh avlodni har tomonlama mukammal tarbiyalash, ularning bo‘sh vaqtini mazmunli va samarali o‘tkazish ishlarini qamrab olgan bo‘lib, tegishli sohalar ishtirokida amalga oshirib boriladi. Aynan maktabgacha ta’lim tashkilotlarida ham tashabbus bo‘yicha qator ishlar amalga oshirilmoqda. Bolalar turli xil sport to‘garaklariga jalb qilingan. Markazlarda ish olib borish jarayonida ham bolalar o‘zlari qiziqqan sohalarga jalb qilinadi, tarbiyachi esa bolalar bilan muntazam ish olib boradi. Maktabgacha yoshdagi bolalarga barcha ijtimoiy tarbiya turlari qatori jismoniy tarbiya ham berib boriladi. Shu o‘rinda jismoniy mashqlarning sihat-salomatlikka foydasi cheksizligini D.Adisson shunday ta’riflaydi: “Mutolaa aql uchun qancha zarur bo‘lsa, jismoniy mashqlar ham shuncha zarur”. Buyuk hakim Abu Ali ibn Sino “Badan tarbiya-sog‘liqni saqlashda ulug‘vor usuldir” deydiki, bu fikr “kimki qilsa harakat- sog‘lig‘ida barakat”, degan naqlni esalatadi. Darhaqiqat, bolaning jismoniy rivojlanishi uning har tomonlama uyg‘un rivojlangan inson bo‘lib o‘sishida muhim ahamiyatga ega. Besh muhim tashabbus doirasida ta’lim tashkilotlaridagi ishlar yanada jadallashtirilganki, bu borada bolalarning iqtidorini namayon qilish maqsadida turli xil tashkiliy ishlar ham amalga oshirilmoqda. Har bir bola sportga, jismoniy mashqlarni bajarishga juda qiziqadi. Ko‘pchilik sportchilarimizga havas ko‘zi bilan qarashadi. “Kelajakda kim bo‘lmoqchisiz?”,- degan savolga esa sport egalari bo‘lish xohishlari ekanligini bildirishadi. Yurtimizda aynan sport sohasiga ham juda kata e’tibor qaratilgan. Sog‘lom avlodni tarbiyalashga yuksak insoniy qadryatlarga asoslangan hayotiy o‘ringa ega bo‘lgan ma’naviy boy, axloqan yetuk, intellectual rivojlangan, yuqori bilimli, jismonan baquvvat, har tomonlama kamol topgan shaxsni shakllantirishga yo‘naltirilgan chora-tadbirlarni amalga oshirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasida 2000-yil “Sog‘lom avlod yili”, deya e’lon qilingan edi. Bundan3 ko‘zlangan maqsad barchamizning tayanchimiz va suyanchig‘imiz bo‘lgan farzandlarimizni har jihatdan sog‘lom va barkamol insonlar qilib tarbiyalashdan iborat edi. Ana shu ezgu maqsadlarga erishish, bu sohadagi ishlarni qat’iy reja asosida amalga oshirish uchun maxsus Davlat dasturi qabul qilingan edi. Sog‘lom avlodni voyaga yetkazishda jismoniy tarbiya va sportning nechog‘li ahamiyatga ega ekanligi hammamizga a’yon. Yurtimizda 2000-yildan boshlab o‘tkazib kelinayotgan “Alpomish o‘yinlari”, “Umid nihollari”, “Universiada”, “Sog‘lomjon, polvonjon”, “Barkamol avlod” musobaqalari fikrimizning dalilidir. “Sog‘lom avlod uchun” xalqaro xayriya jamg‘armaining tashkil qilinishi o‘sib kelayotgan avlod salomatligini saqlash va mustahkamlash ishlariga jahon jamoatchiligi e’tiborini jalb qildi. Sog‘lom, jismonan baquvvat bolaning ish qobiliyati yuqori bo‘ladi, sharoitga oson moslashadi, har xil topshiriqlarni osonlik bilan tez bajaradi. Ta’lim va boshqa tarbiya turlarini ham o‘zlashtirishi yaxshi bo‘ladi. Bu bilan jismoniy tarbiya boshqa barcha tarbiya turlarining negizini tashkil qiladi desak mubolag‘a bo‘lmaydi. Maktabgacha yoshdagi bola organizmining o‘ziga xos jihati shundaki, u juda tez o‘sadi va rivojlanadi, bola maktabgacha bo‘lgan davrida butun hayoti davomida o‘zlashtirishi mumkin bo‘lgan bilimlarining 70 foizini o‘zlashtirishi ko‘p mutaxasislar tamonidan ta’kidlanadi. Bolalarga jismoniy tarbiya berishda quyidagilar birinchi darajali vazifalar sanaladi:

  1. Sog‘lomlashtiruvchi vazifalar. Bolalar sog‘lig‘ini mustahkamlash, organizmning shakl va funksiyalarini uyg‘un rivojlantirish, ish qobiliyatini, oshirish, har xil tashqi ta’sirlarga chidamliligini oshirish, uzoq umr ko‘rishni ta’minlash.

2. Ta’limiy vazifalar. Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarga xos bo‘lgan o‘ta qabul qiluvchanlikni, sharoitning o‘zgarishiga yengil moslashish qobiliyati bir qator ta’limiy vazifalarni amalga oshirish imkoniyatini yaratadi. Chunonchi, kerakli ko‘nikma va malakalarni shakllantirish, jismoniy sifatlar (chaqqonlik, kuchlilik, chidamlilik, tezkorlik, egiluvchanlik, ko‘z bilan chamalash) ni o‘stirish, to‘g‘ri qad-qomat, gigiena ko‘nikamalarini tarbiyalash, jismoniy tarbiya haqidagi bilimlarini o‘zlashtirish. Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarga mashg‘ulotlarning foydasi, jismoniy mashqlarning ahamiyati va texnikasi, ularni o‘tkazish metodikasi haqidagi harakatli o‘yinlar va hakozalar haqidagi tushunchalarni berish muhimdir.
3. Tarbiyaviy vazifalar. Bolalarga sport mashg‘ulotlariga muhabbat, ularning natijalariga sportchilarning yutuqlariga qiziqish ruhida tarbiyalash lozim. Mana shu vazifalar asosida maktabgacha ta’lim tashkilotlarida jismoniy tarbiya jarayonlari samarali tashkil etiladi va bolalarning bilim, ko‘nikma va malakalarni egallashlari uchun barcha shart-sharoitlar yaratilgan. Prezidentimiz tomonidan ilgari surilgan
5 ta muhim tashabbus bilan uyg‘unlikda bu ishlar samaradorligi yanada oshmoqda. Bolalar o‘z qiziqishlari bo‘yicha turli xil sport to‘g‘araklari bilan mashg‘ul. Jismoniy mashqlar bolalarning to‘laqonli aqliy, axloqiy, estetik va mehnat tarbiyaning shakllanishiga yordam berib, ularning ma’naviy-idoraviy sifatlarini (jasurlik, halollik, qat’iyat va boshlalarni) rivojlantiradi. Ta’lim tashkiloti oila, ota-onalar, mahalla bilan doimiy hamkorlikni o‘rnatib, bolalar ta’lim-tarbiyasi, ularning kelajakda har tomonlama barkamol bo‘lib voyaga yetishlari uchun birgalikda harakat qilmoqdalar. 5 ta muhim tashabbus ijrosini ta’minlash maqsadida ta’lim tashkilotlarida tashkil qilinayotgan turli xil sport tadbirlarida ota-onalar faollik bilan ishtirok etmoqdalar, ular, albatta, bolalarining erishgan yutuqlari ko‘rib quvonadilar. Bolalar rivojlanishidagi mavafaqqiyat va kamchiliklar to‘g‘risida maslahat ishlarini olib boradilar. 5 ta muhim tashabbusni aynan maktabgacha ta’lim tizimidan boshlash kerakligi va bu, albatta, o‘z samarasini ko‘rsatishi barchamizga ma’lumdir. Ze’ro, maktabgacha ta’lim bola shaxsini har tomonlama rivojlantirishga, har tomonlama sog‘lom va barkamol avlodni shakllantirishga yo‘naltirilgan. Mamlakatimiz tub islohatlarining zamirida ham kelajak avlod ta’lim-tarbiyasiga alohida e’tibor berilib, ularning har tomonlama komil inson etib shakllantirishni bosh maqsad darajasiga ko‘tarilganligi ko‘rishimiz mumkin. Muhtaram prezidentimiz Sh.M.Mirziyoyev ta’kidlaganlaridek, “Farzandlarimizni mustaqil fikrlaydigan, zamonaviy bilim va kasb-hunarni chuqur egallagan, mustaqil hayotiy pozitsiyaga ega, chinakam vatanparvar insonlar sifatida tarbiyalash biz uchun hamisha dolzarb masala hisoblanadi”. Davlatimiz rahbari tomonidan yosh avlodni tarbiyalash ishlariga bunday aniq va maqsadli yondashuv, tizimli va tartibli qat’iy munosabat barcha soha vakillarini, shuningdek, keng aholi qatlami, ayniqsa, kelajak egalari bo‘lmish –yosh avlodni yanada sergaklantirib, daxldorlik hissi va mas’ulligini yanada oshirmoqda. Oliy hamda ezgu maqsadlar sari bir yoqadan bosh chiqarib, birgalikda harakat qilish, o‘zaro qo‘llab-quvvatlash orqali yuqori natijalarga erishish, yurt taraqqiyotiga munosib hissa qo‘shishga undamoqda. Barcha sa’y-harakatlar yurt ravnaqi, kelajak istiqboli uchun qaratilgan.
Download 24,14 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish