Мавзу: “Teatr tarixi” kursiga kirish



Download 0,55 Mb.
Pdf ko'rish
bet38/63
Sana01.11.2022
Hajmi0,55 Mb.
#859085
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   63
Bog'liq
театр тарихи (жахон маъруза)2

SAHNA SAN'ATI 
1864-yili «Komedi Fransez» va «Odeon» teatrlarining alohida imtiyozga egalik 
maqomi bekor qilingach, Fransiyada tijoriy teatrlar keng avj oladi. Ayni chog'da 
sahna san'ati rivoji ikki yo'nalishda davom etdi: "Komedi Fransez” teatrida ikki 
tragik — Muna-Syulli va Sara Bernar misolida klassitsizm ijro an'analari 
yashashda davom etgan bo'lsa, 1880—1890-yillar fransuz teatrining birinchi 
professional rejissori Andre Antuanning «Erkin teatr», «Antuan teatr»larida yangi 
izlanishlar olib boriladi. 
SARA BERNAR 
(1844-1923-y.) 
Sara Bernar XIX asrning oxiri XX asr boshlarida ijod qilib, o'z yurti qatori 
xorijda ham tanilgan fransuz teatrining eng shuhratli aktrisasi edi. 
Sara Bernar Parij konservatoriyasida tahsil ko'rib, 1862-yili ilk bor «Komedi 
Fransez» teatrida Rasinning asarida Ifigeniya rolida sahnaga chiqqan. S. 
Bernarning san'ati g'oyaviy jihatdan cheklangan va katta hayot haqiqatidan bir 
qadar uzoq bo'lgani holda o'zicha hayratlanarli edi. U sahna texnikasining xassos 
ustasi edi. Ovoz tuslanishi, nutq. ohangdorligi, ishlanib, charxlangan gavdasi, 
turish holatlarining o'zi bir tomosha edi. Uning san'ati «taqlidiy maktab» estetik 
tamoyillarining ajoyib ifodasi edi. Sara Bernar o'tkir kuzatuvchanligi, kishini o'ziga 
rom etish jozibasi, ajib texnik omillari tufayli fojeiylik cho'g'i past asarlarda ham 
tomoshabin qalbini zabt eta olardi. 


 
Sara Bernar «Komedi Fransez» teatrida Rasin va Volter tragediyalarida fojeiy 
rollarni zo'r mahorat bilan o'ynagan. Lekin uning fransuz teatrining birinchi 
darajali aktrisasi ekanini zamonaviy asarlarda o'ynagan rollari tasdiq etdi. 
Dyumaning «Gul ko'targan xonim» asaridagi Margarita Gote aktrisaning eng 
noyob rollaridan biri bo'ldi. Atoqli rus munaqqidi A. Kugel S. Bernar o'yiniga tan 
berib, shunday yozgan edi: «Nomi chiqqan bu ayolni bundanda zo'r tasvir etish 
amri mahol; uning kasb-korining arzon garov tarovati, qalbi tubida pinhon tutilgan 
bedavo dil og'riqlari ajib tarzda namoyon bo'idi», «Uning ayollik malohatiga ta'rif 
yo'q, - deya xotirlaydi munaqqid, — yig'loqi qo'llari, faiyod chekuvchi qaddi-
qomati favqulodda zo'r ifodaviyligi bilan hayratlanarlidir». 
Sara Bernar erkaklar rollarini ijro etish bilan ham shov-shuv ko'targan. Sara 
Bernar «tafakkur sohibasi» toifasiga kiruvchi emas, balki tugal va go'zal ijro 
san'atining sohibasi edi. Sara Bernar iste'dodi tabiatan tug'yonli italyan aktrisasi 
Duze yoki rus aktrisasi Komissarjevskayadek darajasidan ancha uzoq va shu bois 
bu san'atkorlar qalbini band etgan davrning fojeiy muammolari uning san'atida 
hamisha ham aksini topavermadi. Lekin uning ijodi aktyorlik san'ati tarixida zo'r 
mahorat va chinakam artistlikning benazir namunasi tarzida o'rin oldi. 
INGLIZ TEATRI 
XIX asr oxiri va XX asr bo'sag'asida ingliz dramasi va teatrida realizm hamda 
simvolizmdan iborat ikki badiiy yo'nalish yetakchi o'rin tutdi. Birinchisi, ya'ni 
realizm B. Shou va J. Golsuorsi dramaturgiyasi hamda ,,Mustaqil teatr’’ va Ellen 
Terri, Genri Irving kabi atoqli ijodkorlar faoliyatida namoyon bo'ldi. Simvolizm ta-
moyillari esa Oskar Uayldning bir qator asarlarida hamda aktyor, rejissyor Gordon 
Kreg spektakllarida ko'zga tashlandi. 

Download 0,55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   63




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish