Мавзу: “Teatr tarixi” kursiga kirish



Download 0,55 Mb.
Pdf ko'rish
bet29/63
Sana01.11.2022
Hajmi0,55 Mb.
#859085
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   63
Bog'liq
театр тарихи (жахон маъруза)2

VIKTOR GYUGO
(1802-1885-y.) 
Viktor Gyugo romantik teatr olamida yirik nazariyotchi va dramaturg sifatida 
tanildi. V. Gyugoning allaqachon ona tilimizga ag'darilgan «Xo'rlanganlar», 
«Dengiz zahmatkashlari», «Kazetta», «Gavrosh» kabi asarlari adib hayotligi 
davridayoq unga katta shuhrat keltirgan, xalqlar orasida keng tarqalgan edi 
Gyugo Napoleon qo'shinida xizmat qilgan general oilasida tug'ilgan. 
Gyugoning dunyoqarashi 20-yillar fransuz inqilobiy muhiti ta'sirida shakllanadi. 


 
Adolatsizlikka nisbatan murosasizlik ruhida tarbiyalanganidan uning asarlari 
insonparvarlik g'oyasini ulugiash bilan ajralib turadi. 
Gyugo, avvalo, romantizm uslubining nazariyachisi sifatida tanildi. Uning ilk 
«Kromvel» (1827) romantik dramasida berilgan so'zboshi ushbu uslubning tub 
tamoyillarini asoslash bilan e'tibor topdi. U klassitsizmning san'atkorni ma'lum 
qoidalar doirasida cheklab qo'yishini keskin tanqid ostiga oldi. «Qoida ham yo'q, 
namuna ham, - dedi u. — Drama tabiat aks etadigan ko'zgudir. Lekin, agar bu 
shunchaki usti tekis, silliq oyna bo'lsa, u borliqning rang-tusini emas, faqat bemavj 
surati aksini beradi, xolos. Drama shunday yig'iq ko'zguki, unda chaqin nurga, nur 
alangaga aylanishi kerak». «San'atkor voqealar olamidan go'zalini emas, balki 
o'sha voqealarga xosini tanlab oladi», deb ta'kidladi, Gyugo klassitsizm aqidasiga 
shama qilib. 
«Kromvel» asarining so'z boshisida romantik bo'rtma (grotesk) nazariyasiga 
alohida o'rin ajratilgan. Bo'rtma muallif tomonidan kuchaytirish, qabartirish 
ma'nosidagina tushunilmaydi. Gyugo bo'rtmadan bir-biriga zid va bir-birini inkor 
qiluvchi holatlarni o'zaro uyg'unlashtirish vositasi sifatida ham foydalandiki, bu 
voqea ko'lamdorligini yana ham bo'rttirib ko'rsatishga imkon yaratdi. Hayot rang-
barangligi buyuklik va pastkashlik, musibat va kulgi, go'zallik va xunuklik 
uyg'unligidan bunyodga keladi. Gyugo san'atda bo'rtma omilini mohirona qo'llagan 
eng namunali san'atkor deb Shekspirni tan oldi. «Bo'rtma har o'rinda o'zini o'zi 
ko'z-ko'z qiladi,— deydi V. Gyugo,— zero to'pori kimsa o'tli ehtiroslardan xoli 
bo'lmaganidek, ulug'vor zotlar ham pastkashlikka boradi, kulgili ahvolga tushish 
ham hech gap emas. Shu bois bu omil sahnada doimo o'zini ko'rsatib turadi: 
tragediyaga goh kulgi baxsh etsa, goh iztirob bag'ishlaydi. Dorifurushning Romeo 
bilan, uch alvastining Makbet bilan, go'rkovning Hamlet bilan antiqa uchrashib 
qolishlari ham shu bo'rtma vositachiligidandir». 
Gyugo «Kromvel» asaridagi so'zboshida olg'a surilgan qoidalarga binoan badiiy 
namunalarni yaratishga chog'langan, lekin asarning dramatik tarqoqligi bunga 
imkon bermagan edi. 


 
Gyugoning keyingi «Mareon Delorm” (1829) pyesasi romantizm tamoyillari 
tugal va mohirona namoyon bo'lgan drama tarzida dunyoga keldi. Mazkur asarda 
saroy aslzodalar jamiyatiga qarama-qarshi qo'yilgan «quyi tabaqa»dan chiqqan 
romantik qahramon siymosi qad ko'tardi. Pyesada nasl-nasabi betayin Didye degan 
yigitning Mareon Delorm degan qizga bo’lgan muhabbati ya qirollik tazyiqiga 
uchrab maxv bo’lishi haqida hikoya qilingan edi. Voqea 1638-yili Lyudovik XIII 
saroyida ro'y beradi. Asardagi kuchlar rasamati shundayki, qahramonlarning 
o'limidan o'zga choralar yo'q. Didye va Mareon Delorm halok bo'ladilar, lekin 
ularning ruhiy beg'uborligi, mardligi zulm va zo'rlikka qarshi ezgulik tantanasi 
tarzida namoyon bo'ladi. 
Muallif bosh vazir Reshilye obrazini yaratishda alohida mahorat ko'rsatgan. U 
biron marta tomoshabin qarshisida ko'rinmaydi, ammo ichdan pishgan, ayyor, 
yovuz shaxs tarzida yaqqol namoyon bo'ladi. U asarning oxiridagina Mareon 
Didyega nisbatan qo'llanilgan o'lim jazosi bekor qilinishini iltijo qilib so'ragartda, 
taxtiravon pardasi ortidan uning mash'umona «Yo'q, bekor qilinmaydi!» degan 
dahshatli ovozi eshitiladi. 
«Mareon Delorm» asari XIX asr lirik she'riyatining ajoyib namunasi sifatida 
tug'ilgan edi. Gyugoning jonli va shoirona tasviri Didye va Mareon muhabbatini 
tarannum etuvchi ko'tarinki sahnalar bilan ajib uyg'unlik kasb etgan edi. 
«Ernani» (1830) Gyugoning sahna yuzini ko'rgan birinchi asari bo'ldi. Uni 
namunaviy romantik drama deyish mumkin. Unda erkin sevgi, insoniy qadr-
qimmat, or-nomus tuyg'ulari ulug'langan. Pyesa qahramonlari qonli intiqom 
jazavasiga tushadilar, chin sevgi yo'lida jonfidolik ko'rsatadilar; isyonkorlik ohangi 
asarning bosh qahramoni romantik qasoskor Ernani obrazi orqali ifodalangan. 
Ernanining qirol va o'rta asrcha qora kuchlar bilan to'qnashuvi asami fojiona 
nihoyalanishiga olib keladi. Asosiy voqealar xabarchilar orqali ma'lum qilinuvchi 
klassitsistik tragediyaga zid ravishda Gyugo dramasida romantizm talablariga 
binoan barcha voqealar sahnaning o'zida sodir bo'ladi. Bu yerda klassitsizmga xos 
birlik qoidalariga ham rioya qilinmaydi; qahramonlarning shiddatli his-tuyg'ulari 


 
klassitsizm dramasining tantanavor jaranglovchi ohangdor nazmiy ifodalaridan 
o'zining jonli va jo'shqinligi bilan ajralib turadi. 
«Ernani» dramasi 1830-yilning boshlarida «Komedi Fransez» teatrida sahnaga 
qo'yiladi. Spektakl «romantizm»ning yirik g'alabasiga aylandi. 
Gyugo ijodining demokratik ruhi uning «Shohona ishrat», (1832), «Ryui Blaz» 
(1838) asarlarida ayniqsa yaqqol namoyon bo'lgan. «Ryui Blaz» asarida voqea 
XVII asrda Ispaniyada ro'y beradi. Unda malay Ryui Blazning ayyor va riyokor 
xojasi qirolichadan qasos olish payiga tushadi. Shu maqsadda Ryui Blazga sayoq 
bir qarindoshi — don Sezar de Bazan nomini berib, uning qirolicha o'ynashiga 
aylanishiga erishadi. Ryui Blaz qirolichaning jazmaniga aylanib, saroydagi eng 
nufuzli shaxs darajasiga chiqadi. Hukmdorlik sharafiga faqat shu soxta don Sezar 
de Bazan loyiq bo'lib chiqadi. Malay ko'ngli pok inson edi, oilaviy kengashda 
yurtni xonavayron qilgan saroy a'yonlarini fosh etuvchi so'z aytadi, so'ng o'zi zahar 
ichib nobud bo'ladi; uning nomi ham, qirolicha bilan ishqiy munosabatlar ham 
sirligicha qoladi. 
Pyesada lirik nafosat va shoirona ruh siyosiy hajv bilan uyg'un tarzda namoyon 
bo'lgan. Pyesada hech vaqosi qolmagan mayxo'r, sayoq zodagon don Sezar 
obrazini kiritish bilan Gyugo unda birinchi bor romantizmning fojeiy hangomabop 
ohanglarni o'zaro uyg'unlashtirish usulidan foydalandi. 
O'zbek sahnasiga Gyugo Respublika yosh tomoshabinlar teatrida qo'yilgan 
«Gavrosh» asari bilan kirib kelgan. 1972-yili uning «Qirolning dil xushi» 
(«Shohona ishrat»ning E. Vohidov tomonidan ilk tarjimasi shunday nomlangan) 
asari Andijon teatrida (rej. R. Hamidov), so'ng televideniyada sahnalashtirildi. 
Tribule rolini Andijonda A. Ibrohimov televideniyada H. Umarov ijro etganlar. 

Download 0,55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   63




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish