INGLIZ VA O‘ZBEK TILLARIDA “SEVGI-MUHABBAT” KONSEPTINI VOQELANTIRUVChI FRAZEOLOGIK VOSITALARNING QIYOSIY TADQIQI
Far Du o`qituvchi D.I.Mirzayeva
FarDU ingliz tili mutaxassisligi magistranti N. T.Ergasheva
Annotatsiya. Ushbu maqola “sevgi” konseptini verballashtiruvchi frazeologik birliklarning ingliz va o‘zbek tillaridagi qiyosiy tahliliga bag‘ishlangan bo‘lib, unda har ikki tildagi frazeologik birliklarning o‘xshash va farqli jihatlari o‘rganilgan, ularni taqozo etuvchi omillar ochib berilgan.
Kalit so‘zlar: antropotsentrik paradigma, frazeologizmlar, nominativ frazeologik birliklar, kommunikativ frazeologik birliklar, lingvokulturemalar.
Kognitiv tilshunoslikning zamonaviy bosqichi insonning ichki dunyosiga e'tibor qaratadigan antropotsentriklik bilan ajralib turadi. Binobarin, sevgi hissi insonning ichki dunyosining muhim tarkibiy qismi bo'lganligi uchun, shubhasiz, tilshunoslarni qiziqtiradi. Til insonlarga xizmat qilar ekan, u nafaqat aloqa vositasi, balki insonlarning madaniy hayotini, hissiy kechinmalarini, mentalitetini, tarixini, yashash tarzini ham o`zida aks ettiradi. Shuning uchun ushbu maqolada sevgi-muhabbatga oid frazeologik birliklarni har ikki tilda kognitiv tomondan tadqiq etmoqchimiz.
Avvalo, har ikki tildagi izohli lug‘atlarni o‘rganish mobaynida “sevgi” konseptining quyidagi ma’nolari va ta’riflari aniqlandi:
O`zbek tilida:
Sevgi-1. qarama-qarshi jins vakillarining bir-biriga nisbatan chuqur intim, chin qalbdan va fidokorona iliq munosabat tuyg`usi; ishq,muhabbat
2. Biron yaqin kimsa yoki narsaga nisbatan mehr-sadoqat, mehr-muhabbat tuyg`usi.[ O`zbek tilining izohli lug`ati,470]
Ingliz tilida:
Love-1. a profound and caring affection toward someone. 2. A deep or abiding liking for something; enthusiasm for something. [ Oxford English Dictionary]
(1.biror kishiga nisbatan kuchli va g`amxo`rlarcha mehr qo`yish. 2. Biror narsani chuqur va uzoq vaqt davomida yoqtirish, biror narsaga bo`lgan ishtiyoq)
Love- 1.a very strong emotional and sexual feeling for someone .2.the feeling of liking and caring for someone such as a member of your family or a close friend. [ Macmillan English Dictionary]
biror odamga nisbatan kuchli ruhiy va jismoniy mayl. 2. Oila a`zosi yoki yaqin do`st kabi biror yaqin insonni yoqtirish va g`amxo`rlik qilish hissi)
Yuqoridagi ta`riflardan ko`rishimiz mumkinki, sevgi tushunchasi asosan ikki jins odamlarining bir-biriga bo`lgan ishq munosabatini ifodalamoqda. Ikkinchidan, biz sevgi konseptini Vatanga, san'atga, mehnatga, tabiatga, Xudoga , ota-onalar va do'stlarga bo'lgan muhabbatni ifodalash uchun ham ishlatishimiz mumkin. Insoniyat muhabbatni ehtiros, bilimga, pulga, kuchga qaramlik, boshqalarga hurmat deb ta'riflaydi.
Ushbu maqolada sevgi-muhabbatga doir frazeologik birliklar tadqiq etilar ekan, avvalo, frazeologik birliklarni ta`riflab o`tish joiz. ”Frazema til qurilishining lug‘at bosqichiga mansub ikkinchi lisoniy birlik bo‘lib, bittadan ortiq leksemaning o‘zaro semantik−sintaktik birlashuvi bilan tarkib topgan bo‘ladi, shunga ko‘ra tuzma segment birlik deyiladi; sintaktik tuzilishi jihatidan birikmaga, gapshaklga teng bo‘lib, odatda nominativ va signifikativ vazifa bajaradi, lekin leksemadan ifoda jihati bilangina emas, mazmun jihati bilan ham farq qiladi.
Adabiyotlarda ushbu til birligi frazeologizm, frazeologik birlik kabi terminlar bilan ataladi; leksema, morfema terminlariga monand ravishda frazema deb atalishi ma'qul. Frazemalar o‘rganiladigan sohani esa frazemika deb nomladik (Adabiyotlarda frazeologiya termini ishlatiladi).”1 Demak, bu ta`rifdan bilishimiz mumkinki, frazema nutqda so`zlarni erkin tanlash yo`li bilan yuzaga kelmaydigan , so`z birikmasi va gapga teng bo`lgan, yaxlitligicha ko`chma ma`noda qo`llanuvchi ikki yoki undan ortiq so`zdan tashkil topgan avvaldan tayyor material ekan. Ma’lumki, frazeologik birliklar til egasi bo‘lgan xalqning ma’naviy madaniyati, urf-odati, kasbi, yashash tarzi, o‘tmishi, intilishi, voqelikka munosabati bilan uzviy bog‘liqdir. Jahon tilshunosligida hozirgi kunga qadar frazeologiya sohasi keng va tor ma’noda tushuniladi. Frazeologiyani keng doirada tushunuvchi olimlar uning tarkibiga maqollar, matallar, aforizmlar va boshqa turdagi turg‘un birliklarni kiritadilar. Tor doiradagi frazeologiya tarafdorlari esa yaxlit ko‘chma ma’noli turg‘un birliklarni o‘rganish bilan chegaralanadilar. Ular frazeologik tadqiqotlarida faqat birikmaga teng bo‘lgan frazeologik birliklarni tadqiq etib, maqol va matallarni frazeologiya ob’ekti sifatida baholamaydilar. Ushbu maqolada A. V. Kunin nazariyasiga ko‘ra frazeologik birliklar sirasiga ko‘chma ma’noga ega bo‘lgan, ya’ni ikkilamchi nomlash tamoyiliga asoslangan turg‘un so‘z birikmalarini, shuningdek maqol va matallarni ham kiritilishi tarafdorimiz. A. V. Kuninning ta’rifiga ko‘ra frazeologik birliklar butunlay yoki qisman ko‘chma ma’noni ifodalagan turg‘un birliklardir (Kunin, 1983). Uning fikriga ko‘ra, frazeologizmlar nominativ, stilistik, kommunikativ, pragmatik va xulosalovchi, yakunlovchi kabi bir qator vazifalarni bajaradi.
O‘zbek tilshunosligida yetakchi tilshunos – frazeolog olim Sh.Rahmatullaev frazeologik birliklarni ma’no turlari jihatidan a) nomlovchi (nominativ) frazeologik birliklar, b) ifodalovchi (kommunikativ) frazeologik birliklarga ajratib tasnif qiladi. Shu tasnifga asoslangan xolda “sevgi” konseptini voqelantiruvchi frazeologizmlarni quyidagi turlarga ajratishga to‘liq asos bor:
Do'stlaringiz bilan baham: |