Мавзу: “Teatr tarixi” kursiga kirish



Download 0,55 Mb.
Pdf ko'rish
bet22/63
Sana01.11.2022
Hajmi0,55 Mb.
#859085
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   63
Bog'liq
театр тарихи (жахон маъруза)2

DENI DIDRO (1717-1784-y.) 
Deni Didro Lengre degan viloyat shaharchasida pichoqdo'z oilasida tug'ilgan. 
Parijda tahsil ko'radi, mustaqil mutolaaga beriladi, nihoyatda keng bilim orttiradi. 
Didroning ana shu ko'p tomonlama bilimdonligi uning insoniyat tarixidagi yuksak 
mavqeyini belgilab berdi. U fransiyada nashr etilgan «Fanlar, san'atlar va hunarlar 
Qomusi»ning muharriri va mualliflaridan biri edi. 
Qomuschi olim, faylasuf ma'rifatparvar sifatida tanilgan Didro pyesalari va 
aktyorlik san'ati haqidagi nazariy risolalari bilan Ovro'po teatri rivojida sezilarli 
o'rin tutdi. U «Asrandi o'g'il» (1757) va «Oila otasi» (1758) degan ikki pyesa 
yozgan. Bular o'z tizimi, voqelikni ifoda etish usuli bilan ham yangilik edi. Klassit-
sizm estetikasiga ko'ra, dramaturgiya komediya va tragediya janrlariga ajratilgan. 
Didro o'rta janr muammosini olg'a surdi. Inson hamisha ham iztirobli yoki shod-
hurramlik holatida yashamaydi, aksincha, ko'proq o'rta holatda yashaydi: o'rta janr 
in-sonning shu oddiy va odatiy holatini ko'rsatishi kerak. Didroning yuqorida 
ta'kidlangan ikki asari shu janrda yozilgan edi. 


 
Didro asarlarida voqea Volter asarlariga qaragan hayotiy, tabiiy shart-
sharoitlarda ro'y beradi. Uning qahramonlari nasrda so'zlaydilar, kundalik turmush 
tashvishlari bilan yashaydilar. Shunday bo'lsa-da, Didro qaysidir masalalarda 
klassitsizmdan voz kecholmasdi. Boshqa ma'rifatparvarlar qatori Didro ham burjua 
jamiyatiga xos ziddiyatlarni borligicha ko'ra olmaydi. Burjua muhiti uning 
asarlarida ideallashgan holatda ifodalanadi. 
Didro «Asrandi o'g'il haqida suhbatlarda tubda yangi qoidalarni olg'a surgan. 
Bu yerda birinchi marta burjua dramasining nazariy tamoyillari asoslab berildi. 
Didroning biz uchun, ayniqsa, teatr haqidagi nazariy qarashlari qimmatli. Uning 
«Asrandi o'g'il»ga ilova tarzida yozilgan «Asrandi o'g'il haqida suhbatlar», «Oila 
otasi»ga ilova qilingan «Dramatik poeziya haqida mulohaza» risolalarida teatr 
san'ati haqida ko'plab qimmatli fikr-mulohazalar bayon qilingan. 
Aktyorlik san'ati masalalarini tahlil etishda Didroning «Aktyor haqida 
paradoks» (jumboq) risolasi benihoya katta ahamiyatga ega bo'ldi. Risola 1773-yili 
yozilgan bo'lib, faqat 1830-yili nashr etilgan. 
Didro o'ziga qadar bo'lgan nazariyachilar orasida birinchi bo'lib kechinma 
san'ati bilan taqlidiy san'at orasidagi farq, tafovutlarni aniq va qat'iy tarzda izohlab 
berdi. Ayni paytda u o'zini taqlidiy san'at tarafdori deb e'lon qildi. «Men uning o'ta 
zakovatli bo'lishini istayman,— deydi Didro aktyor haqida, — U sovuqqon, bosiq, 
kuzatuvchan bo'lsin. Demak, men undart mutlaqo hissiyotlilikni emas, idroklilikni 
talab etaman; zero, san'at har narsaga taqlid etish, har qanday rol va fe'l-atvorni 
ifoda eta bilishdir». «Uning iste'dodi his-tuyg'u orqali emas, balki hissiyotning 
tashqi belgisini tugal berish bilan namoyon bo'lishi kerak». 
Ma'rifatparvarlik realizmiga xos bo'lgan cheklanishlar Didroning badiiy va 
nazariy ijodida o'z izini qoldirdi. Lekin ayni zamonda, Didro shunday tamoyillarni 
olg'a surdiki, bu umuman, realizmning rivojlanishi tarixida muhim ahamiyatga ega 
bo'ldi. Didro maktabiga mansub ko'plab dramaturglar Fransiyada XVIII asr 
san'atidan asta sekin XIX asr san'atiga o'tishda yetakchilik vazifasini o'tadilar. 

Download 0,55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   63




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish